Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti – jahon xo‘jaligining


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet412/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti – jahon xo‘jaligining 
 tarkibiy qismi ekanligi. Eksport va import 
Ma’lumki, xalqaro savdo-sotiq eksport va import shaklda amalga 
oshiriladi.
Eksport – tovarning xorijga chiqarilishini nazarda tutuvchi sotish. 
Import – tovarning xorijdan olib kirilishini nazarda tutuvchi xarid. 
Savdo aylanmasi – eksport va import hajmining qiymatda 
ifodalanadigan hajmlar summasi. 
Eksport o‘lchami tovarga bo‘lgan ortiqcha taklif bilan, import hajmi 
esa tovarlarga bo‘lgan ortiqcha talab miqdori bilan belgilanadi. 
Eksport va importning nisbati tashqi savdo balansi hisoblanadi, u 
aktiv va passiv holda bo‘ladi.
Eksport importdan ko‘p bo‘lganda, tashqi savdo balansi aktiv, import 
eksportdan ko‘p bo‘lganda, u passiv bo‘ladi. Aktiv balans tashqariga 
tovarlar ko‘p sotilishini, passiv balans esa ular tashqaridan ko‘proq xarid 
etilishini anglatadi.
Iqtisodiyotning eksport salohiyati ikki omilga bog‘liq bo‘ladi: 
1) ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi
2) ishlab chiqarishning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va 
ixtisoslashuv darajasi. 
Eksport va import narxining nisbatiga bir qator omillar ta’sir etadi: 
1) muayyan tovarlarga tashqi bozordagi talab va shu tovarlarning 
taklif etilishi; 
2) tovarlarga mamlakat ichkarisidagi va tashqarisidagi narxlarning 
past yoki balandligi; 
3) tovarlarning tashqi bozorlarga yetkazish xarajatlari
4) milliy valuta kursidagi o‘zgarishlari; 
5) davlatning tashqi savdoga oid siyosatining qandayligi. 
Ochiq iqtisodiyot rivojlanishi bilan xalqaro savdo-sotiqdagi tovarlar 
tarkibi o‘zgarib turadi. Agar XIX asrning ikkinchi yarmidagi xalqaro 
savdo-sotiqda xomashyo, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari 
1
O‘sha
manba. – 
B
. 298–299.


 692
ayirboshlangan bo‘lsa, XXI asrning boshiga kelib ilmiy texnikaviy 
yangiliklar, texnologik murakkab mahsulotlar, shuningdek axborot 
texnologiyalari va axborotning o‘zi sotila boshlandi. 
O‘zbekistonning jahon bozorida o‘ziga xos nufuzini ta’minlashda 
xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi imkoniyatlaridan samarali 
foydalanishi, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni barpo etish va 
chuqur qayta ishlangan sanoat mahsulotlari eksportini mustahkamlash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, Prezident Islom Karimov: 
«Mamlakatning jahon xo‘jaligi aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida 
keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning 
asosidir. Biz iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini shakllantirish tadbirlarini izchillik bilan amalga 
oshirmoqdamiz. Bunda bozor iqtisodiyoti – erkin iqtisodiyot ekanligi,
u ochiq tusda bo‘lib, yakkalanish va biqiqlik unga yot ekanligidan 
iborat haqiqatga asoslanib ish tutmoqdamiz. Shu bois iqtisodiyotimizning 
kelajagi uning jahon xo‘jaligiga qo‘shilishiga bog‘liqdir»
1
, – deb tashqi 
bozorning ahamiyatini ta’kidlab o‘tgan. 
O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga 
uning jahon xo‘jaligi bilan aloqalarining rivojlanib borayotganligi, 
eksport salohiyati kengayayotganligi va shu maqsadlar ko‘zda tutilib 
belgilanayotgan aniq chora-tadbirlar asos bo‘lmoqda. 
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tashqi 
iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish mamlakatning XXI asrda rivojlanish 
strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki milliy 
iqtisodiyot ochiqlik darajasining kengayishi ishlab chiqarish samara-
dorligining ortishiga va erkin raqobatning kuchayishiga, ichki imko-
niyatlar hisobiga eksport salohiyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. 
Eksport salohiyatini oshirish barqaror valuta tushumlarini ta’min-
lashga va jahon bozorida munosib o‘rin egallashga olib keladi. Shuning 
uchun respublika eksport salohiyatini oshirishda ichki ijtimoiy-iqtisodiy 
imkoniyatlardan va nisbiy afzallikka ega bo‘lgan sohalar mahsulotlaridan 
unumli foydalanilmoqda. 
Ayni paytda aholi daromadlarining ahamiyatli darajada ortib borishi 
milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda rivojlanishi bilan birga tashqi 
savdo va eksport faoliyatining samaradorligini ham talab etadi. 
1

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling