Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɛɭɸɤ ɤɟɥɚɠɚɤ ɫɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1999. 
– Ȼ. 267.


 693
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish va eksport 
tuzilishini diversifikatsiya qilish orqali tashqi bozorlarga chiqarilayotgan 
tovarlar va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish samaradorlikni 
oshirishga olib keladi. Chunki xorijiy mamlakatlarga sotilayotgan 
mahsulotlar tarkibida alohida tovarlar yoki xizmatlar turlarining, xususan, 
tabiiy resurs va xomashyolar salmog‘ining ortib ketishi, agar jahon 
bozorida bu mahsulotlarning narxi pasayib ketsa yoki ularga tashqi talab 
kamayadigan bo‘lsa, mazkur vaziyatlarda eksportchi mamlakatlar og‘ir va 
tang holatlarga duch kelishi mumkin. Milliy eksport hajmining qisqarishi 
va savdo shartlarining yomonlashuvi valuta tushumlarining kamayishiga, 
tashqi savdo balansining beqarorlashuviga va eksportchi korxonalar 
moliyaviy ahvolining tanglashishiga olib keladi. 
Shuningdek, mamlakatning umumiy eksporti yoki importida kam 
sonli davlatlar ulushining kattaligi, u mamlakat tashqi savdosining ana shu 
sanoqli mamlakatlar iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib qoladi. 
Shu bois tashqi savdo tarkibini diversifikatsiya qilishdan tashqari, uning 
mamlakatlar geografiyasini ham kengaytirish va xilma-xillashtirish zarur. 
Bu esa ko‘zda tutilgan natijalarni qo‘lga kiritishga, milliy xo‘jalikning 
tashqi bozordagi salbiy o‘zgarishlariga ta’sirchanligini pasaytiradi. 
O‘zbekistonda tashqi savdo tarkibini diversifikatsiya qilish va 
mamlakatlar geografiyasini takomillashtirish maqsadida olib borilgan 
chora-tadbirlar o‘zining samarali natijasini bermoqda. Respublikamizning 
tashqi savdosi va eksporti hajmi barqaror sur’atlarda o‘sib, tarkibi izchil 
takomillashib bormoqda. 
Bunday yutuqlarga erishishda asos bo‘lgan omillar haqida Prezident 
Islom Karimov: «Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qo‘lga kiritgan 
yutuqlarimiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy 
o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo 
yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash 
dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllan-
tirish borasida o‘z vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq 
istiqbolga mo‘ljallangan ishlarimizning natijasidir»
1
, – deb ta’kidlagan. 
Mamlakatlarning texnologik jihatdan chuqur qayta ishlangan va 
tayyor raqobatdosh tovarlar eksportini jadallashtirish va bu mahsulotlar 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ.
ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ, ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
ɲɚɪɨɢɬɢɞɚ ɭɧɢ ɛɚɪɬɚɪɚɮ ɷɬɢɲɧɢɧɝ ɣʆɥɥɚɪɢ ɜɚ ɱɨɪɚɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 
2009. – Ȼ. 54–55.


 694
yetkazib berilayotgan mamlakatlar geografiyasini izchil ravishda 
kengaytirib borish uning tashqi savdo va eksport hajmini barqaror 
rivojlantirishga, jahon bozoridagi salbiy o‘zgarishlar ta’siri va xavf-
xatarlardan himoyalashga sharoit yaratadi. Qolaversa, tashqi bozorlarga 
taklif qilinayotgan tovarlar tarkibini diversifikatsiyalash, ularni xarid 
qiluvchi davlatlar geografiyasini kengaytirish, bu mamlakatlardan biri 
yoki bir nechtasining iqtisodiyotida sodir bo‘lgan muammolar tufayli 
eksport hajmi keskin kamayib ketishining oldini olish imkoniyatini 
ta’minlaydi. 
Mamlakatimizda uzoq yillardan beri tashqi savdoni, xususan, 
eksportni rivojlantirish va eksport qiluvchi korxonalarni izchil qo‘llab-
quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar milliy iqtisodiyoti-
mizning eksport salohiyatini yuksaltirishga, tashqi savdo tarkibini 
chuqurlashtirishga va uning hajmini barqaror sur’atlarda o‘stirishga asos 
bo‘lmoqda. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, samarali 
ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasini shakllantirish va izchil iqtisodiy o‘sish 
sur’atlariga erishish aholi farovonligini oshirishning va taraqqiyotni 
ta’minlashning muhim asosi hisoblanadi. 
Prezident Islom Karimov O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiyo-
tiga integratsiyalashuvi borasida quyidagi vazifalarni belgiladi: «Jahon 
iqtisodiyotida vujudga kelayotgan tendensiyalardan, shuningdek, mamlakati-
mizni kelajakda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib 
chiqqan holda, 2012-yilda va undan keyingi yillarda quyidagi ustuvor 
vazifalarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchi darajali e’tibor mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdosh-
ligini oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirishga qaratilishi 
zarur. 
Bu maqsadning dolzarbligi va ahamiyati avvalo shu bilan belgilanadiki, 
biz o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik 
davlatlar darajasiga olib chiqishni hozirgi bosqichdagi bosh strategik vazifa 
sifatida o‘z oldimizga qo‘yganmiz. 
O‘z-o‘zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, 
pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul 
qilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da ko‘zda tutilgan maqsadli 
vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so‘z yuritish mumkin 
emas. 


 695
Bu vazifaning o‘rtaga qo‘yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining 
chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga 
muvofiq tarzda jahon bozorida xomashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor 
mahsulotlar bo‘yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan 
ham bog‘liq, albatta. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon 
iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz 
isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, 
birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish 
va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslan-
gan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini 
ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va 
texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi 
mumkin. 
Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning 
yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012–2016-yillarda hisob-kitoblar bo‘yicha 
qiymati 6 milliard 200 million dollar bo‘lgan 270 dan ziyod investitsiya 
loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash bo‘yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish 
ko‘zda tutilmoqda»
1
. O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi mustaqillik 
yillarida takomillashdi. Uni quyidagi jadvallarda ko‘rish mumkin. 
1-jadval

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling