696
2009
21209,6
11771,3
9438,3
2010
21844,2
13044,5
8799,7
2011
25537,1
15027,2
10509,9
* O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining tegishli yillar
bo‘yicha statistik to‘plamlari asosida tuzilgan.
Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshlik salohiyati uning tabiiy resurs
imkoniyatiga, ishchi
kuchining miqdori va sifatiga, ishlab chiqarishning
zamonaviy asosda texnologik jihatdan modernizatsiya qilinishiga,
iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining takomillashuv darajasiga,
davlatning
iqtisodiy rivojlanish va islohotlar strategiyasiga tayanadi.
Mamlakatimizda ishlab chiqaruvchilarni ichki va tashqi bozorlarda
raqobatdoshligini oshirish, eksportni diversifikatsiya qilish va uning
tarkibiy tuzilishini takomillashtirish borasidagi XIX asrning birinchi o‘n
yilligida amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli
eksportimizning tovar
tarkibida muttasil ijobiy siljish jarayoni ro‘y bermoqda. Xususan, eksport
hajmida qayta ishlangan va ilmtalab tovarlarning salmog‘i jadal
sur’atlarda
ortib borayotgan bir davrda, paxta tolasining eksportdagi
ulushi izchillik bilan qisqarish tendensiyasiga ega.
Jumladan, umumiy
eksportda paxta tolasining salmog‘i 2000-yilda 27,5 foizni tashkil etgan
bo‘lsa, 2009-yilda esa atigi 8,6 foizga tengligi yoki 3,2 barobarga
pasayganligi kuzatilmoqda.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: