Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
O‘zbekiston eksportining mintaqalararo taqsimlanishi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
O‘zbekiston eksportining mintaqalararo taqsimlanishi
Yillar Jami eksport mln. AQSh Mintaqalarning salmog‘i, foizda 700 dollari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Uzoq xorij mamlakatlari 2000 3264,7 36,0 64,0 2001 3170,4 35,0 65,0 2002 2988,4 28,0 72,0 2003 3725,0 26,0 74,0 2004 4853,0 31,0 69,0 2005 5408,8 32,0 68,0 2006 6389,8 42,0 58,0 2007 8991,5 47,5 52,5 2008 11493,3 35,0 65,0 2009 11771,3 34,0 66,0 2010 13044,5 45,0 55,0 2011 Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatan jahon bozorlaridagi talablarni aniqlashtirish, shundan so‘ng bunday bozorlarga kengroq kirib borish va raqobatlashish strategiyasini ishlab chiqish eksportga chiqarilayotgan tovarlar turini va tashqi bozorlar geografiyasini kengaytirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Xorijiy davlatlar bozorlarida milliy kompaniyalarimiz mahsulotlarining raqobatdoshligiga erishish uchun eksportga tovar taklif qilayotgan korxonalarga mahsulotlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarini kamaytirishga, ularga jahon bozori konyunkturasidagi o‘zgarishlar va istiqbolli bozorlar, shuningdek, raqobatchilar haqida qilingan tadqiqotlar asosida axborotlar berish, tashqi savdo jarayonida ishtirok etayotgan transport-kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish va yangi transport yo‘laklarini ochish orqali transport sarf-xarajatlarini kamaytirishga ko‘maklashish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarda tayyor mahsulotlarni yangi tashqi bozorlarga chiqarish, eksport hajmini keskin oshirish, eksportga chiqarilayotgan yuklarni tashish tizimini va infratuzilmasini takomillashtirish, tashqi bozorlarga tovar taklif qilayotgan milliy kompaniyalarning marketing tadqiqotlari, moliyaviy va tashkiliy-huquqiy jihatdan izchil qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Qisqa qilib aytganda, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish va tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, umuman milliy tashqi savdo aylanmasining diversifikatsiya qilinishi iqtisodiyotimiz tarkibida sifat o‘zgarishlarining qo‘lga kiritilishi, ishlab chiqaruvchilarning jahon 701 bozorida raqobatbardoshligining mustahkamlanishi asosida iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada oshirish maqsadlariga xizmat qiladi. Respublikamizning tashqi savdo aylanmasi va uning tarkibiy tuzilishi bozor munosabatlari rivojlanishi bilan chuqurlashib borayotir. Ayniqsa, so‘nggi yillarda eksport tarkibida bir tomondan raqobatbardosh va chuqur qayta ishlangan tayyor mahsulot salmog‘i barqaror o‘sib borayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa xomashyo hisoblangan mahsulotlarning ulushi izchil ravishda kamayish tendensiyasiga egaligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida eksportda paxta tolasining salmog‘i qariyb 50 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda 6 baravarga kamayib, 8 foizni tashkil etmoqda. Bunday natijalarga milliy tashqi savdomiz geografik yo‘nalishining kengayishi va birinchi galda barqaror rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi mamlakatlari bozorlari bilan savdo aloqalarimizning izchil o‘sishi asos bo‘lmoqda. Mazkur tendensiya milliy eksport tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan va chuqur qayta ishlangan raqobatdosh tayyor mahsulot hajmining barqaror oshayotganligini, iqtisodiyotimizning izchil rivojlanib borayotgan salohiyati va imkoniyatlarini isbotlaydi. Jahonda o‘ta murakkab bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida bunday yutuq va o‘zgarishlar alohida ahamiyatga ega. Mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab- quvvatlash va rag‘batlantirish jarayonlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo‘lmagan stavkalarda 12 oygacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kreditlar berib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni qo‘shimcha qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliq va to‘lovlardan ozod qilish muddatini 2012-yilgacha uzaytirgan edi. Shuningdek, banklar kreditlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish, budjetga to‘lanadigan to‘lovlarning penyasidan kechishdek muhim imtiyozlar va preferensiyalar kabilar yaratilgan shart-sharoitlardan darak beradi. Bundan tashqari, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida tijorat banklari tomonidan aylanma mablag‘larini to‘ldirishi uchun katta miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi. Yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal 702 xizmatlarning qarzlarini budjetga to‘lashni muayyan muddatga kechik- tirilganini ta’kidlash o‘rinli. Bu qulayliklar va imtiyozlar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mahsulotni eksport qilish borasida ro‘y bergan muvaqqat qiyinchiliklarga qaramasdan, eksport qiluvchi korxonalarda ishlab chiqarish pasayishining oldini olishga va eksportning barqaror o‘sib borishiga imkoniyat yaratdi. Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash tashqi savdo balansining muttasil ijobiy saldo bilan yakunlanishiga, to‘lov balansining ishonchliligi va iqtisodiyotimiz barqarorligini mustahkam- lashga olib keldi. Ta’kidlash joizki, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bilan birga, tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikatsiya qilish jarayoni umuman ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi, ulardan birinchisi, eksportga chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar tarkibini zamonaviy mahsulotlar bilan to‘ldirish va kengaytirish hisobiga, ikkinchisi esa, tashqi savdo jarayonida ishtirok etayotgan mamlakatlar tizimini va geografik tarkibiy tuzilishini kengaytirish asosida ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish- ning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida: «Jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz chuqurlashib bormoqda. Takror aytaman, O‘zbekiston bunday salbiy voqealardan uzoq bo‘la olmaydi. Nega deganda, mamlakatimiz iqtiso- diyoti jahon iqtisodiyotining uzviy bir qismiga aylanib bormoqda. Bugun biz xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida dunyo bozoriga chiqib, turli davlatlar bilan samarali hamkorlik qilayotgan ekanmiz, o‘z- o‘zidan ayonki, jahondagi iqtisodiy-moliyaviy o‘zgarishlardan chetda qololmaymiz. Bu haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimizni istardim», – deb ta’kidlaydi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling