Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet419/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII) – mamlakatlarning ishlab 
chiqarishni baynalminallashtirish, ya’ni xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi 
va xalqaro mehnat taqsimoti asosida iqtisodiy hamkorlik qilishidan iborat 
jarayon. 
Tashqi savdo siyosati – ichki bozorni himoyalashga, tashqi savdo 
hajmining o‘sishini rag‘batlantirishga, uning tuzilishini va tovar oqimlarining 
yo‘nalishlarini maqbullashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi. 
Tashqi savdo siyosati erkin, bojsiz savdo darajasi hamda proteksionizm 
(tanish-bilishlik), ya’ni o‘z bozorini importdan himoya qilish darajasi bilan 
ajralib turadi. 


 704
Hozirgi tashqi savdo siyosati tashqi savdo almashuvining cheklovlari 
susaytirilgani, uning yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga intilish, ya’ni 
savdoni liberallashtirish bilan ajralib turadi (savdoning erkinlashtirilishi 
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng barcha mamlakatlarda kuzatilgan 
nihoyatda keskin iqtisodiy o‘sishning asosiy sabablaridan biridir). 
Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi deganda, tovar ishlab 
chiqarishining bozorning sotiladigan tovar va xizmatlar yaratish talabiga javob 
berish imkoniyati tushuniladi. 
Tovarning raqobatbardoshligi deganda, uning iste’mol va narx 
ko‘rsatkichlarining xorijiy analoglar bilan qiyoslanishi va iste’mol talabini 
qondirish qobiliyati tushuniladi. 
Jahon savdo tashkiloti – xalqaro savdo tizimining qonunchilik va 
institutsional asosi, tovar va xizmatlar bilan savdo qilish sohasidagi ko‘p 
tomonlama kelishuv va boshqaruv, savdo nizolarini hal qilish hamda tashqi 
savdoning standart hujjatlarini ishlab chiqish mexanizmidir. 
Jahon iqtisodiyoti asosiy sohasini, ya’ni tovar va xizmatlar savdosini 
Jahon savdo tashkiloti boshqaradi. U 1995-yilda Tariflar va savdo bo‘yicha 
bosh kelishuv asosida tashkil qilingan. Mazkur kelishuv esa 1947-yilda 
imzolangan edi.
Jahon iqtisodiyotidagi boshqaruv mamlakatlarning u yoki bu muammoni 
hal qilish bo‘yicha muayyan xalqaro mexanizmni yaratish, shartnomalarni 
buzuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan jazolar haqidagi qarorlarni ixtiyoriy 
qabul qilishlariga asoslangan JST doirasida savdo prinsiplari belgilangan 
bo‘lib, ularga 130 dan ortiq mamlakat rozi bo‘lgan. 
Jahon savdo tizimining eng muhim prinsiplari quyidagilar: 
1) kamsitishlarsiz savdo; 
2) xalqaro savdoni erkinlashtirish, ya’ni savdodagi to‘siqlarni bartaraf 
etish (tariflarni pasaytirish va hokazo); 
3) importni cheklash choralarini faqat JST qoidalari asosida qo‘llash; 
4) savdo siyosatini oldindan aytish mumkinligi; 
5) raqobatga ko‘maklashish; 
6) savdo standartlari, qoidalarini joriy etish va hujjatlarni birxillashtirish. 
Xizmatlar bilan savdo qilish bo‘yicha bosh kelishuv 1994-yildan boshlab 
xalqaro xizmatlar savdosini tartibga soluvchi asosiy xalqaro hujjat hisoblanadi. 
Kelishuvda belgilanishicha, xizmatlar ko‘rsatish orqali amalga oshiriladigan 
xalqaro savdo, tovarlar savdosi kabi JST prinsiplariga mos keluvchi eng ko‘p 
qulayliklar yaratish tartibi prinsiplariga asoslanishi kerak. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling