Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mehnat unumdorligi va unga ta’sir etuvchi omillar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir etuvchi omillar 
Resurslarning cheklanganligi sharoitida, ularni tobora ko‘proq 
ishlatish orqali ehtiyojlarni to‘la qondirib bo‘lmaydi. Shu sababli jamiyat 
resurslarni tejab, resurs birligidan ko‘proq mahsulot oladi, bunda ham 
moddiy, ham mehnat resurslari tejaladi. Mana shu mehnat unum-
dorligining o‘sishi bo‘ladi. 
Mehnat unumdorligi mehnat sarfi minimum bo‘lgani holda, 
mahsulotning maksimum bo‘lishini bildiradi. 
Mehnat unumdorligi turlicha darajada ifodalanadi: 
Ish o‘rnidagi mehnat unumdorligi. Bu alohida olingan ishlovchi vaqt 
birligida o‘z ish joyida qanday miqdorda mahsulot yaratgani yoki 
qanchalik xizmat ko‘rsatganini bildiradi. 
Korxona darajasidagi unumdorlik. Bu jamoada ishlovchi bir kishi 
vaqt birligida o‘rtacha qancha mahsulot yoki xizmat yaratganini bildiradi. 
Sektor sohasidagi unumdorlik. Mazkur sektor bo‘yicha bitta 
ishlovchi muayyan vaqtda qancha ishlab chiqarganini bildiradi. Masalan, 
agrar sektorda 3 mln. kishi band bo‘lgani holda 15 mlrd. dollarlik 
mahsulot yetishtirilsa, bir kishi mehnatining unumdorligi 5 ming dollarni 
tashkil etadi (15 mlrd. : 3 mln. = 5 ming). 
Milliy iqtisodiyot darajasidagi unumdorlik. Bu mamlakat 
miqyosidagi bir nafar ishlovchi o‘rtacha qancha mahsulot va xizmatlar 
yaratganini bildiradi. Masalan, mamlakatda jami aholi 40 mln., shundan 
20 mln. kishi ishlaydi va 240 mlrd. dollarlik mahsulot va xizmat yaratadi. 
Bunda bir ishlovchining yillik mehnat unumdorligi jamiyat miqyosida 12 
ming dollarga teng bo‘ladi. Mehnat unumdorligi turli korxonalar
sektorlar va mamlakatlar miqyosida jiddiy farqlanadi va bu mehnat 
unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq. Bu omillar quyidagicha: 
 2.1. Mehnat qurollarining naqadar mukammalligi, ya’ni ishlab 
chiqarishning texnik-texnologik darajasi. Qo‘l mehnatiga asoslangan 
ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi past va aksincha, mashinalashgan 
ishlab chiqarishda u g‘oyat yuqori va muttasil ortib boradi. Yangi texnika 
va texnologiyani qo‘llash unumdorlikda burilish yasaydi. Masalan, 
zamonaviy robotlar texnikasining qo‘llanilishi mehnat unumdorligini 8–
10 marta oshiradi. Olimlar hisobiga ko‘ra, mehnat unumdorligi 
o‘sishining 2/3 qismi fan-texnika taraqqiyoti hisobiga, 1/3 qismi esa 
boshqa omillar hisobiga yuz beradi. Aytaylik, mehnat unumdorligi yiliga 
6 foiz o‘sgan bo‘lsa, shundan 4 foizi texnika taraqqiyoti hissasiga tushadi. 


 67

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling