Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet421/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Xarakteriga ko‘ra: 
1) mavsumiy – amal qilish muddati bir oydan bir yilgacha (bunda ushbu 
tovarga belgilangan oddiy tariflarning amal qilishi muddati to‘xtatiladi); 
2) aksildemping bojlar – tovarlar ularni eksport qilayotgan mamlakatdagi
me’yordagi bahodan ancha past narxda olib kirilayotganida, agar u bunday 
tovarlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga iqtisodiy zarar yetkazsa yoki 
bunday tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirishga to‘sqinlik 
qilinganda qo‘llaniladi; 


 706
3) kompensatsion bojlar – ishlab chiqarishda bevosita yoki bilvosita 
ravishda subsidiyalardan foydalanilgan tovarlarni import qilishda ularga yo‘l 
qo‘yiladi. 
 Kvota – tovar eksporti yoki importini muayyan sifat yoki muayyan vaqt 
oralig‘idagi summa bilan cheklashning miqdoriy chorasi. 
Litsenziyalashtirish – bu davlat organlari tomonidan tashqi iqtisodiy 
faoliyatni amalga oshirish maqsadida tovarni muayyan muddat ichida 
belgilangan miqdorda eksport yoki import qilish uchun beriladigan 
ruxsatnoma. 
Eksportni ixtiyoriy cheklash – importyorning siyosiy bosimi ostida 
eksport hajmini oshirmaslik yoki cheklash majburiyatiga asoslangan miqdoriy 
cheklov. 
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi XXI asrda turli 
mamlakatlar iqtisodiyotini bir-biriga bog‘liq qilib qo‘ymoqda. Bir 
mamlakatda yetishmay qolgan resurslarning o‘rni boshqa mamlakatlardan olib 
kelingan resurslar bilan to‘ldirilmoqda. Yirik ilmiy texnika va loyihalar 
birgalikda amalga oshirilmoqda.
2. Globallashuv sharoitida mamlakatlaro muntazam iqtisodiy aloqalar 
integratsion jarayonlarni faollashtirmoqda. Bugun integratsiya iqtisodiy 
yaqinlashuvdan boshlanib, iqtisodiy birlashuv bilan yakunlanmoqda. Buning 
natijasida dunyoda turli iqtisodiy ittifoqlar paydo bo‘lmoqda.
3. Integratsiya mamlakatlar iqtisodiy chegaralarining bir-biri uchun 
ochilib, yagona iqtisodiy makon hosil bo‘lishiga shart-sharoit yaratmoqda. 
Ushbu makonda iqtisodiy resurslarning cheklovlarsiz erkin harakati yuz 
bermoqda. Yagona umumiy bozor vujudga kelmoqda. Bojxona to‘lovlari 
bekor qilinmoqda yoki eng kam darajaga tushirilmoqda. Eksport va import 
cheklanishlarga ham olib kelmoqda. Turli davlatlarning ichki va tashqi 
siyosatini muvofiqlashtirmoqda. Turli milliy pullar o‘rniga yagona pul birligi 
kiritilmoqda.
4. Erkin savdo hududlari, erkin iqtisodiy hududlar, umumiy bozor, 
iqtisodiyot va valuta ittifoqidagi kabi iqtisodiy integratsiyaning quyi shaklidan 
oliy shakli tomon rivojlanishi yuz bermoqda. Bu mamlakatlar milliy 
iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylantirmoqda. 
6.Bugungi globallashuv ish kuchi, kapital, xomashyo, energiya omillari, 
yangi texnologiyalar oqimini dunyo uzra yoymoqda. Innovatsiyalar 
umumbashariy miqyosda yuz bermoqda. Bu, bir tomondan, iqtisodiy o‘sishni 
jadallashtirsa, ikkinchi tomondan, o‘sishning notekis borishini bildiradi. Ayrim 
hollarda integratsiya oqibatlari ziddiy hisoblanadi. Uning ijobiyligi 


 707
taraqqiyotni tezlatsa, salbiyligi uning g‘oyat notekis borishiga ta’sir qiladi. 
Dunyo miqyosida turmush darajasi o‘sib borgani holda, qoloq mamlakatlarda 
aholining katta qismi kambag‘allikda yashamoqda. Iqtisodi zaif mamlakatlarda 
ishsizlik darajasi kuchli bo‘lib, kishilar ish axtarib, o‘z ona yurti va oilalarini 
tashlab o‘zga yurtlarga ketadilar. Sayoq ishchilarning soni ko‘payadi, ular 
amalda huquqsiz bo‘lib, yashirin mehnat faoliyatini olib boradilar. Shu bois 
globalizatsiya muqarrar bo‘lganida, uning talablari bilan hisoblashib, ularga 
moslashib yashash talab qilinadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling