Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mehnat unumdorligining ahamiyati


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2.5. Mehnat unumdorligining ahamiyati. Mehnat unumdorligi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik vaqtning qadri oshadi, chunki vaqt 
birligida shunchalik ko‘p mahsulot va xizmatlar yaratish va shu tufayli 
ko‘proq pul topish mumkin. «Vaqt – bu pul demakdir» degan iboraning 
ma’nosi ham shunda. Mehnat unumdorligi va turmush farovonligi to‘g‘ri 
mutanosiblikda bo‘ladi. Unumdorlikning farovonlikka ta’siri ikki 
yoqlama bo‘ladi. Birinchidan, unumdorlikning yuksalishi ehtiyojni 
qondiradigan mahsulot va xizmatlarni ko‘paytiradi. Qayerda unumdorlik 
yuqori bo‘lsa, shu yerda turmush darajasi ham yuqori bo‘ladi. 
Kambag‘allik va muhtojlikning asl sababi esa mehnat unumdorligining 
past bo‘lishidir, chunki oz yaratgan qo‘p iste’mol qilishi mumkin emas, 
chunki bunda yaratilgan ne’matlar yetmay qoladi. 
Ikkinchidan, mehnat unumdorligining ortishi ish vaqtini tejab
kishilarning bo‘sh vaqtini ko‘paytirib beradi. Bo‘sh vaqt esa jamiyatning 


 69
boyligidir. Iqtisodiyotdagi har qanday tejam vaqtning tejalishi demakdir. 
Agar mahsulot yaratish uchun zarur bo‘lgan vaqt muttasil qisqarib borsa, 
kam vaqt sarflangan holda ehtiyoj to‘laroq qondiriladi, chunki bu kam 
sarflab ko‘p ishlab chiqarishni bildiradi. Nafaqat ishlab chiqarishda, balki 
iqtisodiyotning boshqa jabhalarida, xususan, iste’mol borasida ham vaqt 
tejalishi talab qilinadi. Ehtiyojni qondirishga zarur vaqt qisqarishi bilan 
bo‘sh vaqt ortib boradi, bu esa inson rohat-farog‘atini ta’minlovchi vaqt 
bo‘ladi. 
«Yaxshi ishlagan – yaxshi yashaydi» degan qoidani farovonlikning 
bevosita mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lishi yuzaga keltiradi. Bu 
qoida ayrim ishlovchi, butun bir jamoa va hatto butun bir mamlakat 
xalqiga ham taalluqli bo‘ladi. Unumdorlikning ijtimoiy ahamiyatini unga 
mos ravishda farovonlikning ortib borishi isbotlaydi. 
Masalan, 2000-yilda dunyodagi iqtisodiyoti yuksak rivojlangan 
mamlakatlarda bir ishlovchi yaratgan mahsulot va xizmatlar 51,3 ming 
dollar, iqtisodiyot zaif mamlakatlarda esa 836 dollar bo‘ldi (Bu 
unumdorlikni bildiradi). Shunga mos ravishda birinchi guruh 
mamlakatlarida jon boshiga aholi iste’moli 14,8 ming dollar, ikkinchi 
guruh mamlakatlarida 236 dollar bo‘ldi. Bu farovonlik ko‘rsatkichidir. 
Mehnat unumdorligi korxonalar, sektorlar va mamlakatlar miqyosida 
jiddiy farqlanishini inobatga olib, unga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib 
chiqiladi. Jumladan, ichki ishlar idoralari faoliyatidagi mehnat 
unumdorligi, shuningdek, ixtisoslikka qarab mehnat unumdorligini 
oshirishda vaqtning qadri, vaqt birligida qanchalik darajada samaraga 
erishish mumkinligi kabi masalalar bugungi kunda dolzarbdir. 
Yoshlarga insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun 
uzluksiz ravishda ishlab chiqarish bo‘lishi kerakligini va ushbu 
masalaning bevosita inson faoliyatida o‘ta muhimligini ta’kidlash joizdir. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mehnat unumdorligi o‘sishi: 
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni obro‘mand qiladi; 
demokratik o‘zgarishlarni yanada samaraliroq etadi; 
Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligini oshiradi
xalqaro munosabatlarda ishtiroki va obro‘sini oshiradi; 
aholini ish bilan band etishni ta’minlaydi; 
aholi daromadlarini va turmush darajasini oshiradi; 
jinoyatchilikning kamayishiga xizmat qiladi. 


 70

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling