Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Ishlab chiqarishning modernizatsiya etilishi, yangilanishi, uning


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

 Ishlab chiqarishning modernizatsiya etilishi, yangilanishi, uning 
qaytarilib turishi takror ishlab chiqarish (oddiy, kengaytirilgan, 
toraygan takror ishlab chiqarish) deyiladi. Kengaytirilgan takror ishlab 


 71
chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotlarning bir qismi iste’molga 
ketadi, boshqa bir qismi jamg‘arilib, milliy boylikka kelib qo‘shiladi. 
Takror ishlab chiqarishning muayyan davrda (oy, chorak, yil, yillar) 
mamlakatda to‘plangan moddiy, madaniy-ma’naviy ne’matlar va tabiiy 
boyliklar yig‘indisi bo‘lgan milliy boyligimizga ta’siri katta. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – takror ishlab chiqarishning 
muhim omili hisoblanadi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash quyidagi 
vositalar bilan amalga oshiriladi: 
ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan 
jihozlash; 
eskirgan asbob-uskunalarni foydalanishdan chiqarish; 
ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish; 
ishlab chiqarilgan mahsulot turlarini kengaytirish; 
ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish resurslarini tejash; 
mahalliy resurslar bazasini, innovatsion texnologiyalarni ishlab 
chiqarishga joriy etish
chiqitsiz va ekologik sof texnologiyalarni joriy etish. 
Eng asosiy jihat bunda to‘plangan bilimlar, kasbiy malaka va tajriba 
inson kuchini takror ishlab chiqarish bo‘lib, buni islohotlar, iqtisodiy 
o‘sish, farovonlikni ta’minlashdagi rolini muhokama etish orqali yoshlar 
ongiga singdirishdir. 
2011-yilda protokol bilan belgilangan topshiriqqa binoan mamlakati-
mizning barcha yirik korxonalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida 
o‘tkazilgan texnik audit natijasida 37 mingga yaqin asbob-uskuna va 
texnologiyalarning jahon miqyosida sinovdan o‘tgan, zamonaviy turlariga 
almashtirilishi lozimligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasi ushbu audit natijalari asosida zudlikda moddiy 
va ma’naviy jihatdan eskirgan asbob-uskunalarni yangilash bo‘yicha 
loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan, ularni moliyalashning aniq 
manbalariga alohida e’tibor qaratgan holda, tarmoq jadvallarini tasdiqlab 
tegishli ishlarni amalga oshirmoqda. 
Chunki bugungi kunda iqtisodiyotimizning samarasi haqida so‘z 
borar ekan, shuni tan olishimiz kerakki, bu yo‘nalishda eskidan qolgan va 
hali-beri ro‘y berib kelayotgan oqsoqlik holatlariga barham berib, birinchi 
navbatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning material va energiya 
sarfini minimal darajaga tushirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini 
joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash 


 72
masalasiga mamlakatimizda katta e’tibor qaratilmoqda. Yengil sanoat, 
farmatsevtika va qurilish materiallari sanoati kabi iste’mol tovarlari ishlab 
chiqariladigan tarmoqlarni rivojlantirishga ustuvorlik berilmoqda. 
Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydala-
nish borasida ishga solinmagan ulkan imkoniyatlardan foydalanish, ishlab 
chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish uchun sarflanayotgan ko‘p 
miqdordagi xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish maqsadida 
hamda mahsulotlar tan narxining asossiz ravishda o‘sib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun davlatimiz tomonidan quyidagi masalalarni 2012-yilda 
hal etish zarurligi ko‘rildi
1
:
birinchidan, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, 
kompaniya va korxonalar ishtirokida sanoatda mahsulot tannarxini 10–15 
foizga pasaytirish yuzasidan har bir sanoat korxonasi bo‘yicha kompleks 
chora-tadbirlarni ko‘zda tutadigan dastur ishlab chiqish lozim; 
ikkinchidan, mamlakatimiz korxonalarida qishloq xo‘jaligi xom 
ashyosini qayta ishlash darajasini tanqidiy tahlil qilish va uni 
rivojlantirish bo‘yicha mavjud resurs va imkoniyatlarni aniqlash hamda 
sanoatning qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ishlab 
chiqarilayotgan iste’mol tovarlari turlarini ko‘paytirish va sifatini 
yaxshilash, buning uchun qo‘shimcha imtiyozlarni ko‘zda tutadigan 
maxsus qaror qabul qilish kerak. 
Bu borada, birinchi navbatda, mahalliy xom ashyo va materiallar 
asosida sanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
tizimini yanada rivojlantirishga oid ishlarni davom ettirishga alohida 
e’tibor qaratish darkor; 
uchinchidan, bugungi keskin raqobat sharoitida mahsulot-
larimizning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo‘lishi va 
mustahkam o‘rin egallashi uchun bu boradagi ishlarni yana bir bor 
tanqidiy ko‘rib chiqish lozim. Bunda tashqi bozorda xaridorbop, yuqori 
likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eksportga 
mahsulot chiqaradigan korxonalarni rag‘batlantirishni yanada 
kuchaytirish, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar tayyorlash zarur; 
to‘rtinchidan, mamlakatimizdagi raqobatdosh mahsulotlar ishlab 
chiqaradigan sanoat korxonalari va boshqa tarmoqlarning eksport 
yarmarkalari o‘tkazishni kengaytirish, shuningdek, mahsulot sotishning 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. 2012 ɣɢɥ
ȼɚɬɚɧɢɦɢɡ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬɢɧɢ ɹɧɝɢ ɛɨɫԕɢɱɝɚ
ɤʆɬɚɪɚɞɢɝɚɧ ɣɢɥ ɛʆɥɚɞɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2012. – Ȼ. 23–25.


 73
zamonaviy usullaridan keng foydalanish, asosiy ishlab chiqaruvchilarning 
o‘z mahsulotlari taqdimotini o‘tkazishi va yangi eksport shartnomalari 
tuzishi uchun nufuzli xalqaro yarmarkalarga jalb etish bo‘yicha alohida 
hukumat qarorini qabul qilish lozim. 
Tarkibiy yangilanishda alohida e’tiborni talab etadigan navbatdagi 
muhim masala – bu xizmatlar sohasining jadal rivojlanishini 
ta’minlashdan iborat. 
Xizmatlar va servis sohasining joriy yilda keskin o‘sishi, avvalo 
qurilish, transport, moliya-bank va axborot-kommunikatsiya sohalarida, 
aholiga tibbiy va kommunal-maishiy xizmatlar ko‘rsatishda, ayniqsa, 
qishloq joylarda bu sohani yanada kengaytirish uchun hali-beri 
foydalanilmayotgan katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. 
Xizmatlar sohasining rivojlanishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va 
sifati bo‘yicha biz iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan hamon jiddiy 
orqada qolmoqdamiz.
Eng muhimi, shuni unutmaslik kerakki, katta kapital qo‘yilmalar 
talab qilmaydigan bu soha iqtisodiyotning yuksalishiga, aholi bandligi va 
daromadlarining ortishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-yanvardagi yig‘ilishida xizmat 
ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2012–2016-yillarga 
mo‘ljallangan dastur loyihasini tasdiqlash uchun kiritishi, bunda 
mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida bu sohaning ulushi 54–56 
foizga yetkazilishini nazarda tutish darkorligi vazifa etib belgilandi.
Takror ishlab chiqarish iqtisodiy o‘sishning sharti bo‘lar ekan, unda 
ta’lim omilining o‘rni beqiyos. O‘zbekistonda ta’lim har bir insonning 
butun umri davomida hayotining tarkibiy qismiga aylanishi imkonini 
yaratadigan ta’lim tizimi joriy etildi. Shu munosabat bilan «Bilim – 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling