Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Mehnat unumdorligi vaqt birligida yaratilgan mahsulot va xizmatlar 
birligini yaratish uchun sarflangan ish vaqti. Mehnat unumdorligi mehnat sarfi 
minimum bo‘lgani holda, mahsulotning maksimum bo‘lishini bildiradi. 
Inson kapitalining bazisligi – uning boshqa barcha turdagi kapitallar 
yaratilishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lish xususiyati. 
Inson kapitalining bazaviy subyektiv tuzilishi – individ, uy xo‘jaligi, 
tashkilot, millat va umuman jahon hamjamiyati a’zosi sifatida shaxsning 
insoniy kapitali. 
Ichki institutsional kapital – inson uchun ichki xususiyatga ega bo‘lgan 
norma va qoidalarda ko‘rinadigan qadriyat bo‘lib, ularning daromad keltirish 


 75
xususiyati ichki transaksion xarajatlar, ya’ni «ichki shaxsiy» o‘zaro 
munosabatlardagi kamchiliklarni kamaytirish bilan bog‘liq. 
Ichki aqliy kapital – insonning yangi bilimlar, ichki institutlar va shu 
kabilar shaklida daromadli ichki nomoddiy qadriyatlar yaratish qobiliyatida 
namoyon bo‘ladigan qadriyat. 
Inson kapitalining ichki tartiblashuvi – uning muayyan yaratuvchilik 
vazifalarini bajarishda shaxs xislatlari va sifatlarining yaxlit tizimini 
faollashtirish qobiliyati. 
Institutsional kapital – transaksion xarajatlarning kamaytirilishini 
ta’minlovchi, binobarin yaratuvchilik jarayonini tezlashtirib umumiy daromad 
keltirish xususiyatining o‘sishini ta’minlovchi norma va qoidalar tizimi. 
Inson kapitalining integratsiyalovchi roli uning ishlab chiqarishning 
mavjud omillarini texnologik birlashtirish hamda tabiiy va ashyoviy 
kapitalning jalb etilgan elementlaridan foydalanishning eng yuqori 
samaradorligini ta’minlovchi qulay ijtimoiy-iqtisodiy va institutsional muhitni 
shakllantirish xususiyati. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling