Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Intellektual qadriyatlar – ishlab chiqarishning takroran ishlab 
chiqariluvchi omillaridan foydalanish, ya’ni tabiiy kapitalni yo‘q qilmaslik 
asosida yaratilgan ne’matlar. 
Inson kapitalining hosil bo‘lgan subyektiv tuzilishi – uy xo‘jaliklari, 
tashkilotlar (firmalar), jamiyat va jahon hamjamiyatining inson kapitalini o‘z 
ichiga oladigan muayyan majmui. 
Ish kuchi – shaxsning yaratuvchilik faoliyatiga potensial tayyorligi va 
qodirligini ifodalovchi muayyan insoniy resurs. 
Inson kapitalining o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi xususiyati insonning 
muayyan, ongli ravishda belgilangan yo‘nalishda amalga oshiradigan zarur 
yaratuvchilik xususiyatlari va ko‘rsatkichlarini shakllantirib va takror ishlab 
chiqarib, o‘zini o‘zi rivojlantirish qobiliyati. 
Ijtimoiy kapital – shaxsning ijtimoiy maqomini yaratuvchi, uning 
ijtimoiy transaksiyalar tizimidagi o‘rnini belgilovchi va shaxsga muayyan 
daromad olishini ta’minlovchi ijtimoiy o‘zaro aloqalar jarayonida yuzaga 
keladigan va rivojlanadigan barqaror ijtimoiy aloqa va munosabatlar tizimidan 
iborat o‘ziga xos qadriyat. 
Mehnat – shaxs mehnat kapitalining u yoki bu hayotiy ne’matni yaratish 
borasidagi real maqsadga qaratilgan, ongli faoliyatiga aylanib, yaratuvchilik 
yo‘lida sarflanishidir. 
Mehnat kapitali – insonning hayotiy moddiy ne’matlarni yaratishda 
foydalanadigan bilimlari, mahorat va uquvlari hamda qobiliyatlarining 
daromad keltiradigan yig‘indisi (kombinasiyasi)da ko‘rinadigan qadriyat. 
Inson kapitali (ichki va tashqi insoniy kapitalning birligi) – doimiy rivojlanib 
boruvchi, yaratuvchilikka qaratilgan va talab etiladigan insoniy xislatlar tizimida 


 76
namoyon bo‘ladigan hamda ongli ravishda va maqsadga yo‘naltirilgan holda 
foydalanilishi inson rivojlanishi uchun talab etiladigan hayotiy ne’matlarning 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan o‘ziga xos qadriyat. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling