Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Davlatning demokratik negizlari barqarorligining


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Davlatning demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy 
asosini – mulk shakllarining xilma-xilligi, birinchi navbatda xususiy mulk 
tashkil etadi. 


 81
Davlatning demokratik negizlari barqarorligining siyosiy asosini 
 real ishlab chiqarish vositalarining o‘rta mulkdorlaridan iborat kuchli 
qatlamlarning mavjud bo‘lishi tashkil etadi. Aholi orasida haqiqiy 
mulkdorlar o‘rta qatlamining ko‘pchilikni tashkil etishi mamlakatda 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni orqaga qaytarish imkoniyatlarini bartaraf 
etishning kafolati hisoblanadi. 
Odam o‘zini chinakam mulkdor deb his etmas ekan, o‘z huquqlari, 
pirovard natijalar va ishlab chiqarish samaradorligi uchun mulkdor 
sifatida kurash-maydi. Jamiyatda barqarorlikni saqlab qolish va himoya 
qilishga intil-maydi.
Mamlakatimizda ro‘y berayotgan barqaror iqtisodiy o‘sish odamlar 
ongidagi o‘zgarishlar mahsuli sifatida baholanayotgani bejiz emas. 
Mehnatga, mulkka bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Joylarda, nihoyat, 
tadbirkor va fermerlarga mustaqillikning dastlabki yillaridagidek o‘gay 
ko‘z bilan qaralmayotgani xususiy mulkka iqtisodiyotning tayanchi 
sifatida munosabatda bo‘linayotgani mahsulidir.
Muhim yutug‘imiz sifatida bozor islohotlarini chuqurlashtirish, 
iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustah-
kamlashga qaratilgan choralarning amalga oshirilishi mamlakatimizda 
investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan 
xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligini 
ta’kidlash lozim. 
Iqtisodiy munosabatlar mazmunini mulkka bo‘lgan munosabat 
belgilaydi. Bu munosabat jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, ishlab 
chiqarishni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab beradi. Mulkka bo‘lgan 
munosabatni joriy qilish huquqning me’yorlariga bog‘liq bo‘lib, mulkka 
egalik qilish, undan foydalanish, muayyan shaxslarga biriktirish, mulk 
huquqi orqali amalga oshiriladi. 
Mustaqil O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida 
mulkning barcha shakllari uchun yagona huquqiy tartibotni joriy etish 
«mulk huquqi» degan yagona tushunchani hamda uning shakllarini sifat 
jihatidan yangicha chegaralash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Davlat 
mustaqilligi qo‘lga kiritilishi bilan, boshlangan tub o‘zgarishlar xususiy 
mulkchilikning ham egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning 
boshqa shakllari bilan bir qatorda respublika iqtisodiy tizimining asosini 
tashkil etishga olib keladi.


 82

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling