Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Mulkiy munosabatlarning tiplari, shakllari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2.2. Mulkiy munosabatlarning tiplari, shakllari
Mulk tipi – har xil turdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga xos bo‘lgan mulkiy munosabatni, mulk xarakterini bildiradi. Shu jihatdan ekspluatatsiyaga asoslangan va ekspluatatsiyani inkor etuvchi mulkiy tizimlar mavjud. Birinchi tizim azaldan mavjud bo‘lgan va ozchilikning mulkdor bo‘lishi ko‘pchilikning mulksiz qolishi va ekspluatatsiya qilinishi bilan xarakterlanadi. Bunday tipdagi mulkchilik quldorlik, feodalizm, kapitalizm va byurokratik davlat sotsializmiga xos bo‘lgan. U ishlab chiqarish moddiy omillarining hukmron sinf va toifalar qo‘lida to‘planishi; mehnat omilining esa mazlumlar tomonida bo‘lishi bilan ajralib turgan. Shunday sharoitda har xil mulkiy maqomdagi kishilar qo‘lidagi omillar birikib ishlab chiqarish yuz bergan. Mehnat sohiblari ishlab turib, kam daromad olishgan, vositalar egalari ishlamay turib, o‘zgalar mehnati hisobidan boylik orttirishgan. Ekspluatatsiyaga asoslangan mulkiy tizim uzoq vaqt hukm surgan, uning rivojlanish zaminida yangicha tizim paydo bo‘lgan. O‘z mehnati, bilimi va mahoratidan kun ko‘rishni taqozo etgan mulkchilik ham ko‘hna, lekin u hukmron bo‘lmagan. Quldorlik, feodalizm, kapitalizm va davlat sotsializmida ham o‘z kuchi bilan yashagan dehqon, kosib, ishchi va xizmatchilar bo‘lgan, lekin ular mulki jamiyat iqtisodiy tuzumining hal qiluvchi asosi bo‘lmagan. Iqtisodiyot o‘sib, oddiy fuqaro qo‘lida ham mulk jamlanib borgach, yangi mulkiy tizim paydo bo‘ladi. Ekspluatatsiyani inkor etuvchi mulkiy tizim aralash iqtisodiyotga xos bo‘lib, u yuksak rivojlangan, to‘kinchilikni ta’minlay oladigan ishlab chiqarish sharoitida paydo bo‘ladi. Bu tizimda ko‘pchilik mulk egasi bo‘ladi. Nafaqat ish kuchi, balki moddiy resurslarni va yaratilgan boyliklarni o‘zlashti-rishda ham aholining tobora keng qatlami ishtirok etadi. Bu yerda iqtisodiy o‘sishdan hamma bahramand bo‘ladi. Mulk ko‘pchilikniki bo‘lganidan topilgan daromad ham ko‘pchilik manfaati yo‘lida taqsimlanadi. O‘zbekistonda yaratilayotgan yangi mulkiy tizim yuksak ishlab chiqarish maqsadini ko‘zlagan bo‘lib ommaviy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan. Har bir mulk tipiga xos belgilar birdan paydo bo‘lib yoki yo‘qolib ketmaydi. Shunisi borki, biz yuqorida ko‘rib o‘tgan mulk tizimlarining mavqei har xil bo‘lsa-da, ular birgalikda amal qiladi, chunki sof mulkiy tizim hech qayerda, hech qachon bo‘lmaydi. O‘z mehnati evaziga o‘zlashtirish, birovlar yaratgan boylikni tekinga o‘zlashtirish, yakka va jamoa tarkibida, sherikchilik asosida 87 o‘zlashtirishlar borki, ular har xil mulkchilikni bildiradi. Tarixan turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bo‘lganki, ularga jamoa mulki, ekspluatatsiyani bildiruvchi quldorlar mulki, feodal mulki, kapitalistik mulk hukmron bo‘lgan. Bir mulkdan ikkinchisi o‘sib chiqqan. Mulkiy munosabatlar rivojida ekspluatatsiyani inkor etuvchi mulkdan uni taqozo etuvchi mulklarga va nihoyat ulardan ekspluatatsiyaga yot bo‘lgan mulkka o‘tish yuz beradi. Sobiq SSSRdagi sotsialistik eksperiment natijasida «byurokratik kazarma sotsializmi» yaratilib, unga monopollashgan davlat mulki xos bo‘lgan. Bu mulk xalqning davlat tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan. Butun sovet tizimiga xos bo‘lgan markazlashtirilgan usulda rejalashtirish va taqsimlashdek illatlarning ta’siri natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti asosan xom ashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo‘rt va nochor holga tushib qolgan bo‘lib, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘yganini eslash zarur. Chunki, buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xom ashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega bo‘lishiga qara- may, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. Buni aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha 1989-yilda o‘tkazilgan statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Iqtisodiyot va demokratiya o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Demokratiyani samarali joriy qilish iqtisodiyotning muayyan darajada rivojlanganligi bilan bog‘lanadi, chunki moddiy taqchillik holatidagi aholining ongiga zo‘rma-zo‘raki demokratik qadriyatlarni singdirib bo‘lmaydi. O‘z navbatida, demokratiyaga asoslanmagan iqtisod rivojlanmaydi. Undan tashqari demokratlashtirish maqsad emas, unga iqtisodiyotni rivojlantirib, aholining munosib turmush darajasini ta’minlashning vositasi sifatida qaralmog‘i lozim. Mamlakatni rivojlantirishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalasini tahlil qilishdan oldin mustaqil O‘zbekistonga sobiq Ittifoqdan qanday iqtisodiy meros qolganligini eslatib o‘tish maqsadga muvofiq. Bu savolga Prezident Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida aniq javob bergan. Bular: – mo‘rt, zaif, biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligiga asoslangan xo‘jalik; 88 – xom ashyoni qayta ishlash, texnika va texnologiyani chetdan keltirishga rejalashtirilgan ishlab chiqarish; – respublika yoqilg‘i, g‘alla, shakar, go‘sht-sut va boshqa oziq- ovqat mahsulotlari bo‘yicha boshqa mintaqalarga qaram bo‘lib qolgan edi; – respublikada og‘ir ekologik vaziyat vujudga kelgan edi; – ishlab chiqarishning samarasi past, boqimandalik hukmron edi. Bu holatning bosh sababi Sobiq Ittifoqda hukmron bo‘lgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan iqtisodiy boshqaruvning samarasiz ekanligidir. Uning bosh sababi kommunistik partiyaning xo‘jalikni boshqarishda iqtisodiyotning ichki rivojlantirish qonuniyatlarini inkor etganligi, uning siyosiy maqsadlarga bo‘ysundirilganida ekanligini isbotlashga hojat yo‘q. Aksincha, bozor munosabatlariga asoslangan rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti nafaqat moddiy boyliklar yaratishi, balki o‘z xalqi turmush darajasini ko‘tarish, uning iste’mol ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha ham bir qancha muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi, jamiyatning barqaror rivojlanishiga erishdi. Muvaffaqiyatlarning negizida ishlab chiqaruvchilarning erkin raqobatda bo‘lishi, iste’molchilarning talablariga doimo moslashib borish, iqtisodiy huquqlarni qonun bilan mustahkamlab qo‘yilishi kabi bir qancha demokratik prinsiplar yotadi. Bunday iqtisodni rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlar O‘zbekiston aholisining an’analariga ham mos keladi. Abu Ali ibn Sino shunday yozgan edi: «Odamlarning mulkiy tengsizligi, vazifasining bir xil emasligi, o‘zaro farqlari, inson ijtimoiy faoliyatining sababidir» 1 . Boshqacha aytganda, inson iqtisodiy erkinligi o‘zining moddiy ahvolini yaxshilash uchun intilishiga yo‘l ochib beradi. Iqtisodni rivojlantirishning yana bir sharti Alisher Navoiyning zamondoshi Voiz Koshifiyning ta’kidlashicha, ishlab chiqaruvchilar hokimiyatga so‘zsiz itoat etishlari emas, balki keyingilari mehnatkash dehqon, kosib-hunarmand, bog‘bonning tinch mehnati uchun shart- sharoitni yaratib berishlari kerak, boshqacharoq aytganda, ularga xizmat qilishlari lozim 2 . Demak, so‘z jahon tajribasi bilan milliy iqtisodiy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish ustida bormoqda. Yuqoridagi fikrlarning o‘zi bozor munosabatlari jamiyatning barqaror rivojlantirishning eng 1 ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɞɚ ɢɠɬɢɦɨɢɣ-ɮɚɥɫɚɮɢɣ ɮɢɤɪɥɚɪ ɬɚɪɢɯɢ. – Ɍ., 1995. – Ȼ. 68. 2 ɆɚΣɦɭɞɨɜ Ɋ. Ⱦɟɝɨɧɢɦɧɢ ɭɥɭɫԕɚ ɦɚɪԑɭɛ ɷɬ. – Ɍ., 1992. – Ȼ. 29. 89 muhim omillaridan ekanligini va uni joriy qilish obyektiv zarurat ko‘rsatib turibdi. Lekin bozor munosabatlariga o‘tishning mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston uchun ma’qul bo‘ladigan tayyor andozasi yo‘q edi. Bunda, albatta, har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Bu masalaga keyingi mavzuda to‘xtalamiz. Jamiyat taraqqiyoti tarixiy-tabiiy jarayon sifatida, o‘z izidan chetga chiqmay borganda, mulkiy munosabatlar bir xil mulk hukmronligidan turli-tuman mulkning muvozanatiga o‘tish tomoniga qarab rivojlanadi. Turli-tuman mulkchilik hozirgi aralash iqtisodiyot tizimiga xosdir. O‘tmishdagi iqtisodiy tuzumlarda ekspluatatsiyani taqozo etmaydigan mulk bo‘lgani kabi hozirgi o‘ta rivojlangan davlatlarda aralash iqtisodiyot bo‘lsa-da, baribir har ikkala mulkiy tizimga xos belgilar mavjud. Agar o‘tmishdagi mulkiy tizim muayyan mulk shaklining hukmronligi bilan ajralib tursa, hozirgi yangi mulkiy tizim turli mulk shakllarining muvozanati va birgalikda rivoji bilan xarakterlanadi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling