Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


«Fitch Reytings», «Mudis», «Standart end Purs» xalqaro reyting


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

«Fitch Reytings», «Mudis», «Standart end Purs» xalqaro reyting 
kompaniyasi – faoliyati banklar, moliyaviy institutlar, investitsiya va aksio-
nerlik kompaniyalarining kredit layoqatini o‘z vaqtida va aniq baholashga 
yo‘naltirilgan xalqaro reyting agentliklari. 
Hozirgi kunda banklarning umumiy aktivlari aholi va yuridik shaxslar 
hisobraqamlaridagi mablag‘lar miqdoridan ikki barobardan ham ortiq bo‘lib, 
bu ularning to‘liq himoyasini va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini 
kafolatlaydi.


 429
Bank aktivlari – banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda 
foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank 
kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog‘ozlari, investitsiyalari, 
valuta boyliklari ko‘rinishida bo‘ladi. 
Bank tizimining umumiy joriy likvidligi banklarning tashqi to‘lovlar 
bo‘yicha joriy majburiyatlaridan 10 barobar ko‘pdir. Boshqacha aytganda, 
respublikamiz bank tizimining mustahkam himoyasi yaratilgan. Bank 
tizimining mustahkamlanishi va unga nisbatan aholi ishonchining ortishi 
natijasida omonatlar hajmi sezilarli ravishda ortib bormoqda.
Bank tizimining likvidligi – bankning o‘z majburiyatlarini vaqtida va 
so‘zsiz bajara olish imkoniyati.
Banklar likvidligi – banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga 
aylanish qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar 
o‘sishini moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag‘lari 
darajasining pasayishini samarali boshqarishni ham bildiradi.
5-jadval 
Banklardagi aholi omonatlarining o‘sishi dinamikasi,
1-yanvar holatiga, mlrd. so‘m 
yillar 
2003 
2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 
170,0 245,0 323,0 450,0 678,3 994,6 1644,0 
2750,0
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2003–2011-yillar mobaynida aholi daromadlari 
hajmi 16 barobardan ko‘proq oshgan. Bu aholining bank tizimiga ishonchi 
ortib borayotgani banklar faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichi 
hisoblanadi.
Keyingi yillarda banklarning kredit portfeli tarkibi tubdan o‘zgarib 
bormoqda. Agar 2000-yilda kredit portfelining qariyb 54 foizi tashqi qarzlar 
evaziga shakllangan bo‘lsa, 2011-yilda banklarimiz jami kredit portfelining 
85,3 foizi ichki manbalar – yuridik va jismoniy shaxslar depozitlari hisobidan 
shakllantirildi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotimiz tarmoqlariga investitsiya 
kiritish va shuning hisobidan taraqqiyotimizning ta’minlashda ichki 
imkoniyatlarimiz tobora ortib borayotganining dalilidir.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling