Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Soliqlar quyidagi vazifalarni bajaradi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Soliqlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) fiskal – budjetni mablag‘ bilan to‘ldirish; 2) ijtimoiy – daromadni qayta taqsimlash; 3) izga solib turuvchi – iqtisodiy munosabatlarni izga soladi; 4) nazorat qiluvchi – soliq tizimida o‘zgarishlar kiritishni aniqlaydi; 5) jamlovchi – yagona iqtisodiy maydonni tashkil etishga imkon yaratadi. Tarixiy jihatdan soliqlarning birinchi bo‘lib fiskal vazifasi ko‘riladi, chunki soliqlar yordamida davlat budjetiga mablag‘ tushishi ta’minlanadi. Bu asosiy vazifalardan biri bo‘lib, uning hisobiga davlat budjetining daromad qismi shakllantiriladi. Ushbu vazifa tovar-pul muomalalari va ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida davlat daromadlari oshishini aniqlab beradi. Soliqning boshqa vazifalarini fiskal vazifasining hosilasi, deb atash mumkin. Soliqlarning ijtimoiy (qayta taqsimlash) vazifasi har xil daromadga ega bo‘lgan aholini soliqqa tortish natijasida hosil bo‘lgan jamiyat daromadlarini har xil toifadagi aholi o‘rtasida qayta taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu vazifa yordamida jamiyatning boy qatlamiga soliq yukini oshirish hisobiga 436 aholining iqtisodiy zaif va himoyalanmagan qatlamlari mablag‘ bilan ta’minlanadi. Soliqlarning ijtimoiy vazifasiga jismoniy shaxslarning daromadlarini progressiv shkalada soliqqa tortish, jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlariga daromad solig‘idan berilgan imtiyoz, qimmatbaho buyumlarga aksiz solig‘ini qo‘llash va boshqalar misol bo‘la oladi. Ko‘pgina davlatlarda jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda O‘zbekiston kabi yondashiladi va ko‘p daromad olganlarga nisbatan yuqori stavkada soliqqa tortish qo‘llaniladi. Ba’zi bir ijtimoiy yo‘nalishdagi davlatlarda (Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya) rasmiy darajada soliqlar bu yuqori daromad oladigan aholi qatlamlarining kamroq daromad oluvchi qismiga ijtimoiy mo‘tadillik (ijtimoiy xavfsizlik) uchun to‘laydigan to‘lovlari, deb tan oladilar. Buyuk ingliz iqtisodchisi D.Keynsning fikricha, jamiyatda soliqlar faqat iqtisodiy munosabatlarni izga solib turish uchun mavjud. Soliqlarning keyingi – izga solib turuvchi vazifasi davlatning iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish davrida kelib chiqadi. U maqsadli ravishda hukumatning dasturlari asosida xalq xo‘jaligining rivojlanishiga ta’sir etadi. Bunda davlat soliqlarning shakli, soliq stavkalarining o‘zgarishi, undirish usullari, imtiyozlar va chegirmalardan foydalanib, tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ajratib oladi. Ushbu soliqlarning izga solib turuvchi vazifasi yordamida davlat ishlab chiqarishga, uning natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotga ta’sir etadi, bundan tashqari, faoliyat turlari va ishlab chiqarishning jamiyat uchun foydali bo‘lganlarini rag‘batlantiradi. Ko‘pgina davlatlar uchun bular quyidagi sohalarni, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish, ilmiy texnika rivojlanishini rag‘batlantirish, transport va boshqalarni rivojlantirishdan iboratdir. Izga solib turuvchi vazifaning asosiy ma’nosi bu iste’mol uchun yo‘naltirilgan resurslarini soliqqa tortib, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan resurslarni soliqdan ozod qilishdir. Navbatdagi vazifa – nazorat qilish vazifasi bo‘lib, u budjetga undirilayotgan soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish bilan birga, ularni moliyaviy resurslarga bo‘lgan talablar bilan taqqoslaydi. Ushbu vazifa orqali soliq siyosatini budjet siyosatiga moslab olib borish zaruriyati aniqlanadi. XX asrning oxirlarida bozor iqtisodiyotining davlat mexanizmlarini tartibga solishda soliqning yana bir yangi xususiyatiga, ya’ni tashqi savdo va tashqi iqtisodiyotni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan integrallashtiruvchi 437 (jamlovchi) vazifasiga ega bo‘ldi. Bu vazifa davlatlar xo‘jaliklarining rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotning o‘zaro munosabati va dunyo xo‘jalik hayotida har tomonlama integratsiya jarayonlarini kuchayishida namoyon bo‘ladi. Soliqlar o‘zaro qo‘shni, xo‘jalik va siyosiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat uchun yagona iqtisodiy maydonni tashkil etishda asosiy vosita sifatida xizmat qilmoqda. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling