Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Soliq tizimi va amal qilishining huquqiy asoslari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Soliq tizimi va amal qilishining huquqiy asoslari 
Davlat soliq tizimini davlat tomonidan o‘rnatilgan barcha soliqlar, 
yig‘imlar va boshqa budjetga undiriladigan majburiy to‘lovlar majmui, 
ularning shakli va tuzilish metodlari tashkil etadi. Shuningdek, soliq 
tizimi – davlat soliq modelining asosiy unsuri – soliq siyosati, mexanizmi 
va imtiyozlaridan foydalanish jarayoni; soliq unsurlarining davlat 
miqyosida o‘zaro bog‘liqlikda va uyg‘unlikda harakat qilishi. Soliq tizimi 
soliq modelining asosiy ko‘rsatkichlaridan bo‘lib, olimlar tomonidan 
liberallashgan, markazlashgan va insonparvarlashgan guruhlarga bo‘lib 
tahlil qilinadi. Ular soliq mexanizmlari, soliq olish va to‘plash tartiblari 
bilan farqlanadi. Har bir davlatning o‘z soliq tizimi mavjud bo‘lib, 
mezonlarining o‘ziga xosligi bilan boshqa davlatnikidan farq qiladi. 
Soliq tizimining samaradorligi – shu tizimni tashkil qiluvchi barcha 
kuch, vosita, omillar, ish uslublarining uyg‘un harakati tufayli soliq va 
to‘lovlar o‘z vaqtida, to‘liq hajmda yig‘ilib, jamiyat taraqqiyotiga xizmat 
qildirilishi, soliqning barcha funksiyalari muvaffaqiyatli amalga 
oshirilishining asosiy ko‘rsatkichi. Bu umumiy ko‘rsatkich soliq 
tushumining o‘sishi, uning iqtisodiy yuksalishiga ta’siri va soliq 
organlarining mehnat unumdorligi bilan o‘lchanishi mumkin. Soliq 
tizimining tushunarli, sodda, aniq va hayotga moslashuvchan bo‘lishini 
taqozo etadi. Soliq tizimi soliq to‘lovchilar bilan adolatli qonun talablari 
asosida ish olib borish yo‘li orqali mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish, har tomonlama yuksak taraqqiyot darajasi ta’minlanishida o‘z 
ifodasini topadi.
Soliq tizimi yetarli darajada murakkab bo‘lib, u ko‘pgina soliq turlari, 
har xil soliq to‘lovchilar, soliqni undirishni tashkil etish usullari va soliq 
imtiyozlaridan iborat. Ammo, soliqlar har xil bo‘lishiga qaramasdan, 
ularning bog‘lab turuvchi elementlari mavjud. Soliq elementlariga 
quyidagilar kiradi:
soliqqa tortish subyekti
– soliq obyekti; 


 438
– soliq qonunchiligi; 
– soliq siyosati; 
– soliq bazasini hisobga olish usuli;
– soliq stavkasi;
– soliqni hisoblash tartibi va to‘lash muddatlari;
undirish usullari;
– hisobot topshirish davri;
– soliq bo‘yicha imtiyozlar va h.k. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling