Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Miqdor jihatdan tadqiq etish metodlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Miqdor jihatdan tadqiq etish metodlari – faktlarga oid materialni 
iqtisodiy hodisalarni o‘lchash, qiyoslash va solishtirish maqsadida ishlash 
usullari va vositalarining majmui. 
Iqtisodiy nazariya metodlari – iqtisodi voqelikni tadqiq etishning 
umumiy (metodologiya) va juz’iy usullari tizimi. 
Umumiy metodlar – voqelik hodisalarini tadqiq etish borasidagi 
muayyan prinsiplar va yondashuvlar. 
Iqtisodiy qonunlarning ochiq tizimlari – muayyan iqtisodiy tizim 
ichidagi barqaror va takrorlanuvchi aloqalarni izlash va topish bilan bog‘liq 
tadqiqot jarayoni. 
Tadqiqotning pozitivistik (neopozitivistik, postpozitivistik) metodi – 
iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishidagi tashqi shart-sharoitlar va omillarni 
tavsiflovchi xususiyatlar tizimini ifodalovchi usul. 
Iqtisodiy nazariyaning bilish funksiyasi – iqtisodiy rivojlanishning 
obyektiv qonunlarini bilish funksiyasi. 
Iqtisodiy nazariyaning o‘zgartirish funksiyasi – xo‘jalik yuritish 
sohasidagi o‘zaro munosabatlarning butun tizimini tartibga soluvchi va 
muvofiqlashtiruvchi an’anaviy institutlarni ilmiy asoslangan holda qo‘llash va 
yangilarini yaratish funksiyasi. 
Iqtisodiy nazariyaning bashoratlash funksiyasi – iqtisodiy manfaatlarni 
maqbullashtirish (optimallashtirish) istiqbollarini ilmiy asoslash. 
Iqtisodiy nazariyadagi sintez – tahlil (analiz) natijasida olingan 
bilimlarni keyingi umumlashtirishlar va xulosalar bilan fikran birlashtirish. 


 39
Tizimli tahlil – muayyan obyektning «parchalangan» tuzilishini ham, 
yaxlit obyektning o‘zini ham bir vaqtda tadqiq etishga imkon beruvchi usul va 
vositalar majmui. 
Tadqiqotning tizimli metodi – iqtisodiy munosabatlar va o‘zaro 
munosabatlarning ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarini aniqlash va tahlil 
qilishga asoslangan usul; tizimli metodning obyektiv asosini yaxlit iqtisodiy 
tizim tashkil qiladi. 
Statistika 
– ommaviy hodisalar va jarayonlarning miqdor 
ko‘rsatkichlarini ularning sifat jihatlari bilan chambarchas aloqada to‘plash 
usullarini o‘rganuvchi fan. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling