Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Mamlakatimiz bo‘yicha meliorativ tadbirlarga ajratilgan
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloqda boshqaruv tuzilmalarini qayta tashkil etish.
Mamlakatimiz bo‘yicha meliorativ tadbirlarga ajratilgan
mablag‘lar, milliard so‘mda Shu jumladan Tadbirlar nomi Jami 2008–2011- yillarda 2008-y. 2009-y. 2010-y. 2011- y. Meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga 225,1 22,4 57,3 63,8 81,6 Meliorativ obyektlarni ta’mirlash va tiklash ishla- riga 222,9 38,6 48,1 59,2 77,0 Lizing asosida meliorativ texnikalar yetkazib berishga 101,9 29,3 25,4 27,2 20,0 Jami: 550,0 90,3 130,8 150,2 178,6 Qishloqda boshqaruv tuzilmalarini qayta tashkil etish. Preziden- timizning qishloq hayotiga oid ma’ruzalarini sinchiklab o‘rganar ekanmiz, eng muhim yutuq sifatida mustaqillik yillarida fuqarolarimizda mulkka bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, dehqonlarimizda yerga egalik hissini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasi sifatida qishloq xo‘jaligida tub burilishlar ro‘y berganini kuzatish mumkin. Qishloq mehnatkashlarining dunyoqarashi o‘zgarib, ularda tashabbuskorlik, tadbirkorlik, yer hamda suv resurslariga mas’uliyat va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish fazilatlari yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari amalda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, uni barqaror rivojlantirishni ta’minlashda yetakchi harakatlantiruvchi kuchga aylanganligini ta’kidlash joiz. 2008- yilda respublikamizda 215 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi faoliyat yuritgan, ularda 1,6 million kishi yoki sohada band bo‘lgan aholining qariyb 90 foizi mehnat qilgan, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining qariyb 85 foizi ana shu xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qishloqda 491 bozor infratuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish va rag‘batlantirish, sohani boshqarish tizimi sifat jihatdan mutlaqo yangicha tamoyillar asosida yo‘lga qo‘yildi. Joylarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsata- digan bozor infratuzilmasi subyektlarining keng tarmog‘i yaratildi. Qishloq xo‘jaligi xom ashyosini kompleks qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan ziyod agrofirma faoliyat ko‘rsatmoqda. Eng muhimi, qishloqda haqiqiy mulkdor – yer egasi paydo bo‘ldi, uning mehnatga munosabati, o‘z ishining natijalaridan manfaatdorligi butunlay o‘zgarmoqda. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda sezilarli natijalar bermoqda. Faqat 2007-yilning o‘zida qoramol boqish bilan shug‘ullanadigan 350 mingdan ziyod fuqaroga mehnat daftarchasi ochilgan bo‘lsa, 2009-yilning 1-yanvarigacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boquvchi sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni 1 million 100 mingdan ko‘proqni tashkil etdi. Shulardan 54 ming kishiga yangi mehnat daftarchasi berildi, 111 ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi. Bu esa ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlash imkonini berdi. Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish bilan band bo‘lganlar sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni esa bir million nafardan oshib ketdi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling