Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

An’anaviy iqtisodiyot – bu o‘ta zaif kuch omillariga tayangan, kam 
unumli natural ishlab chiqarishga, an’analar shakliga kirgan ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiyotdir.
An’anaviy tizim dastlab jamiyat mulki, so‘ngra esa individual 
xususiy mulkka tayanadi.


 42
Jamoa mulki – bu qon-qarindoshchilik asosida birlashgan yoki 
yagona hududda yashovchi kishilarning umumiy mulki hisoblanadi.
An’anaviy tizimga natural kuch xos bo‘ladi, bunda mahsulotlar onda-
sonda sotiladi yoki barter qilinadi (almashtiriladi). 
Natural xo‘jalik – bunda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o‘z 
iste’molini qondirish va ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun ishlab chiqariladi. 
Bu an’anaviy tizim o‘rniga keluvchi yangi tizimdir. U bir qator belgilari 
bilan o‘tmishdoshlaridan ajralib turadi.
Bozor iqtisodiyoti – bu mukammal ishlab chiqarish omillariga ega 
bo‘lgan, tovar-pul munosabatlariga asoslangan, aniq ijtimoiy mo‘ljali bor, 
bozor signallariga binoan va pul vositasida bajarilib turuvchi 
iqtisodiyotdir. Bozor tizimi xilma-xil mulkchilikka asoslanadi, ammo 
xususiy mulkchilik ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari jamoa va davlat 
mulki ham amal qiladi.
Totalitar-rejali tizim. Bu tizim bozor iqtisodiyoti rivojlanishini 
zudlik bilan, ya’ni revolyutsion tarzda to‘xtatib qolish va uni majburan 
rejalashtirish yo‘liga o‘tkazish orqali yuzaga keladi.
Totalitar-rejali iqtisodiyot – bu davlatlashtirilgan, ijtimoiy mulkka 
tayangan, bir markazdan turib, rejalashtirishga va boshqarishning 
ma’muriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan iqtisodiyotdir.
Bu tizimga iqtisodiyotning hamma jabhalarini ham resurslar, ham 
mahsulot, ham xizmatlarga davlatlashtirish xosdir. Bu yerda barcha 
moddiy resurslar davlat mulkiga aylantiriladi, hatto unga kirmay qolgan 
boshqa mulkka oid resurslar ham amalda davlat ixtiyorida bo‘ladi. Davlat 
mulki monopoliyasining o‘rnatilishi natijasida iqtisodiyot ham 
davlatlashtiriladi. Resurslar va tayyor mahsulotlar narxini ham davlat 
yuqoridan belgilab beradi, narxlar qat’iy bo‘lib, uni hech kim o‘zgartira 
olmaydi.
O‘zbekiston erishgan yutuq va marralarni xolis va munosib baholash 
uchun avvalambor barchamiz mustaqillikning dastlabki yillarida qanday 
murakkab vaziyat bo‘lganini esga olishimiz o‘ta zarur. Bu holat Islom 
Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobida 
batafsil yoritilib, unda: «Markazlashtirilgan rejalashtirish va taqsimlash 
mexanizmi asosida faoliyat ko‘rsatgan butun sovet tizimiga xos bo‘lgan 
illatlar bilan bir qatorda, respublikamiz iqtisodiyotining bir yoqlama 
rivojlanib, faqat xom ashyo yetkazib berishga yo‘naltirilgani, iqtisodiyot, 
ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir ko‘rsatgan to‘la va mutlaq 
paxta yakkaxokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib 
qo‘ygan edi. 


 43
Buning oqibatida, ulkan tabiiy, mineral xom ashyo, mehnat va inson 
salohiyatiga ega bo‘lishiga qaramasdan, respublikamiz sobiq SSSRda 
aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha 
oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. SSSR parchalanib ketganidan keyin 
vujudga kelgan sharoitda iqtisodiyotning fojiali ravishda inqirozga yuz 
tutishi, inflatsiyaning o‘ta keskin o‘sishini jilovlash, ilgari qaror topgan 
xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqib 
ketishi oqibatlariga barham berish, ishsizlikning yanada avj olishiga yo‘l 
qo‘ymaslik favqulodda muhim ahamiyat kasb etganligi haqida 
ma’lumotlar olish mumkin», – deya ta’kidlangan. 
O‘zbekiston Islom Karimov rahnamoligida mustaqillikning ilk 
kunlaridan boshlab umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan 
voz kechib, jahon tajribasini har tomonlama puxta o‘rganish, umumin-
soniy qadriyatlarni chuqur anglash, milliy urf-odat va an’analarimizni 
asrab-avaylash va yanada mustahkamlash asosida ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etishga 
qaror qildi. 
Inson taraqqiyoti to‘xtovsiz bo‘lganidan tizimlar ham rivojlanadi. 
Ular kelib-ketib turadi. Tizimlar taraqqiyoti tabiiy tarixiy jarayondir. 
Tizimlar rivojlanishida ularning o‘rin almashuvi yuz beradi. Bir tizimning 
rivojlanish imkoniyatlari tugallangach, boshqa tizimga o‘tiladi. 
Tizimlarning o‘rin almashuvi iqtisodiy zarurat bo‘lganda yuz beradi. 
Bir tizim salohiyati tugallangach, boshqa salohiyatli iqtisodiy tizimga 
o‘tiladi. 
Tizimlar baholanganda, moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va g‘oyaviy 
sharoit birgalikda qaraladi. Bunda nimaning qanday usullar bilan ishlab 
chiqarilishi aniq bo‘ladi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling