Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Moddiy shart-sharoit belgilari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Moddiy shart-sharoit belgilari – bu yaratilgan mahsulot va 
xizmatlarning qanday bo‘lishi, ya’ni ularning natural mahsulot yoki tovar 
mahsuloti bo‘lishi, ularning tarkibiy tuzilishining qandayligi, moddiy 
shakldagi yoki nomoddiy xizmat shaklida bo‘lishidan iboratdir. Tizimlar 
belgilarini aniqlashda ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy insoniy 
omilining sifatli tavsiflari ham ahamiyatlidir (resurslar, kapital, ish kuchi 
malakasi va ma’naviyati, kasbiy mahorat, texnologiya, innovatsiya va 
h.k.). Barcha tizimlar mehnat taqsimotiga asoslanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimlar tafsilotida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni ham 
muhim mezon rolini o‘taydi.
Tizimlar iqtisodiyotni boshqarish usullari bilan ham tavsiflanadi. Bir 
yerda boshqarishning iqtisodiy zo‘rlash mexanizmi bo‘lsa, boshqa yerda 


 44
guruhiy manfaatga intilish yoki individual manfaatlarni yuzaga chiqarish, 
ya’ni iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmi amal qiladi, yana boshqa yerda 
mehnatga siyosiy-g‘oyaviy undash, moddiy emas, balki ma’naviy-ruhiy 
rag‘batlarga urg‘u beriladi. 
Tizim deganda uning tarkibida noiqtisodiy munosabatlarni, xususan, 
mafkuraviy munosabatlarni ham hisobga olish zarurki, ular siyosiy
huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa shakllarga ega bo‘ladi. Ammo ularning 
har birida iqtisodiyotning muhri bor. Turli tizimning o‘z iqtisodiyotiga 
mos ravishda o‘z dunyoqarashi mavjud bo‘ladi. G‘oyasiz odam 
bo‘lmaydi, u ma’lum g‘oyaga rioya qilib ish tutadi. Demak, mafkurasiz 
tizim bo‘lmaydi. Bir tizimda mustabidlik va zo‘rlik g‘oyasi bo‘lsa, 
boshqasida erkinlik va demokratiya, yana boshqasida davlatga tobelik va 
itoatkorlik g‘oyasi ustuvor bo‘ladi. Mashhur ingliz iqtisodchisi M. Keyns 
aytganidek, dunyoni iqtisodchilar va siyosatchilar g‘oyasi boshqarib 
turadi. G‘oya e’tiqodning o‘zi bilan cheklanmay, ma’lum xatti-
harakatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy siyosat ham tizimga kiradi. Bu 
iqtisodiy sohadagi yo‘l-yo‘riq va chora-tadbirlar majmuasi bo‘lib, ma’lum 
maqsadni ko‘zlaydi. Ular iqtisodiyotga ta’sir etish vositasi hisoblanadi. 
Iqtisodiy siyosatni davlat yoki ayrim mulk sohiblari yuritadilar. Bundan 
umumdavlat manfaati, individual yoki guruhiy manfaat ko‘zlanadi. 
Demak, tizimlarning qiyofasini bir qator belgilar shakllantiradiki, bular 
moddiy-ashyoviy, shaxsiy-insoniy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-g‘oyaviy 
belgilardir. Bulardan eng asosiysi ijtimoiy-iqtisodiy belgilardir. Ammo 
boshqa belgilarni ham nazardan qochirib bo‘lmaydi, chunki ular ham 
iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shu sababli tizimlar asosida iqtisodiyot 
yotsa-da, ularni sof iqtisodiy holda emas, balki boshqa belgilar bilan ham 
tavsiflash zarur. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling