Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Iqtisodiy tizimda insonning o‘rni


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Iqtisodiy tizimda insonning o‘rni 
Insonning roli va mavjudligi uning ishlab chiqaruvchi kuchlar omili 
hamda ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning subyekti 
ekanligi bilan belgilanadi. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, ishlab 
chiqaruvchi kuchlar moddiy buyum va shaxsiy omillarining o‘zaro 
aloqador dialektik birligini ifodalaydi, bu ziddiyatli birlikdir. Buning 
ma’nosi shundan iboratki, faqat inson ishlab chiqarish vositalarini 
yaratadi, uni jonlantiradi va shu bilan ishlab chiqarish vositalarini ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning elementiga aylantiradi. Bundan ko‘rinadiki, 
inson – ishlab chiqaruvchi kuchlarning omili sifatida uning ikkinchi qismi 


 45
hisoblangan ishlab chiqarish vositalarini yaratib, ishlab chiqaruvchi 
kuchlarni to‘liq ma’noda vujudga keltiradi. Shuning uchun ham ish kuchi 
– jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining omiligina emas, balki asosiy 
ishlab chiqaruvchi kuchdir. Uning rivojlanish darajasiga ko‘ra inson 
kerakli ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va undan foydalanish yo‘l-
yo‘riqlarini aniqlab beradi. Bu esa ishlab chiqarish shaxsiy va moddiy 
omillarining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari tizimidagi o‘zaro 
aloqadorligining umumiy yo‘nalishini ifodalaydi. Shu bilan birga, bir 
muayyan davr uchun ish kuchining xarakteristikasi bu davr 
qo‘llaniladigan ishlab chiqarish vositalarining holati va o‘zlashtirilgan 
texnologiyalar bilan aniqlanadi. Bu orqali esa ishlab chiqarish 
omillarining muvofiqligi haqidagi umumiy iqtisodiy qonunning mohiyati 
namoyon bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish omillarining muvofiqligi, o‘z tabiatiga ko‘ra, 
miqdoriy emas, balki dinamik xarakterda bo‘ladi. Bu dinamika hech 
qachon ishlab chiqarishning bitta omiliga qarab belgilanmaydi. Buni 
quyidagicha tushunish kerak bo‘ladi: yangi ishlab chiqarish vositalari va 
texnologiya o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Uni inson yaratadi. Ammo, 
shu bilan birga, bu yangi ishlab chiqarish vositalari va texnologiya ishlab 
chiqarishda qo‘llanilishi bilanoq ishlab chiqaruvchi kuchlarning ichki 
rivojiga ta’sir etuvchi asosiy kuch bo‘lib qoladi, chunki u (yangi ishlab 
chiqarish vositalari va texnologiya), ya’ni ish kuchini yangi talablar 
darajasiga javob bera oladigan o‘z holatiga mos holda o‘zgarishga 
undaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mehnat vositalari va ayniqsa, 
mehnat qurollari ishlab chiqaruvchi kuchlarning nisbatan inqilobiy qismi 
deb aytish mumkin bo‘ladi. 
Inson – ijtimoiy munosabatlarning hammasini: iqtisodiy va siyosiy, 
milliy va oilaviy, g‘oyaviy va ruhiy munosabatlarni o‘zida 
mujassamlashtiradi. Bu xilma-xil ijtimoiy munosabatlarsiz insonni 
tushunish mushkul. Chunki, jamiyatda hamma narsa inson tufayli sodir 
bo‘ladi va unga xizmat qiladi. Agar inson tashqaridan keladigan 
qarorlarning faqat bajaruvchisi bo‘lsa, u mehnatga ijodiy yondasha 
olmaydi. Shuningdek, agar ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida undan 
faol faoliyat talab qilinmasa, u bevosita ishlab chiqarish jarayonida ham 
faol faoliyat ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun ham insonning ishlab 
chiqarishdagi faol rolini pasaytirish, tobora mukammallashayotgan va 
insonga bog‘liq bo‘lmay qolayotgan texnikaga uning bo‘ysunishi 
haqidagi texnokratik qarashlarni sindirib, yo‘q qilib tashlash – fan-texnika 
va umuman ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirishning muhim sharti 


 46
hisoblanadi. Hozirgi ishlab chiqarish sharoitida inson o‘z bilimi va kasb 
malakasini har tomonlama oshirmasdan hamda mustahkamlamasdan 
turib, samarali tarzda ish yurita olmaydi. Shunday qilib, yuqorida 
aytilganlardan shu narsa ravshan bo‘ladiki, mehnat ahlining sifat 
darajasiga qo‘yiladigan talablarning o‘sishi – uning ijtimoiy ko‘lamda 
takomillashuvi – ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining yana bir 
umumiqtisodiy qonunidir. 
Iqtisodiyotning darajalari, shakllari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, 
ularning hammasi bir maqsadga bo‘ysundiriladi, u ham bo‘lsa, 
insoniyatning yashashi, ko‘payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit 
yaratib berish, ehtiyojlarini qondirib berishdan iborat. Shunday ekan, 
iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning 
o‘zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va hech qanday 
mazmun kasb etmaydi. 
Insonning iqtisodiyotdagi juda katta va keng roli quyidagicha 
ta’riflanadi: 
1. Inson tabiatning bir bo‘lagi, uning ajralmas qismi sifatida harakat 
qiladi, tabiat ashyolarining shaklini o‘zgartirib iste’molga yaroqli holga 
keltiradi, boshqacha qilib aytganda, inson iqtisodiyotni harakatga 
keltiruvchi kuchi, hamma tovar va xizmatlarning iste’molchisi, ularni 
ishlab chiqaruvchisi va yaratuvchisidir. 
2. Inson hamma tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda 
iste’molchilarga yetkazib beruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida esa 
sotuvchi rolini bajaradi. Bunda ishlab chiqarish bilan iste’molchi 
o‘rtasidagi aloqani bajaruvchi sifatida namoyon bo‘ladi. 
3. Inson tovar va xizmatlarni sotib oluvchisi va ularning iste’molchisi 
hamdir. 
4. Inson iqtisodiyotning hamma davridagi uning tashkilotchisi, 
boshqaruvchisi bo‘lib, uning turli omillari, bo‘laklari, sohalari o‘rtasidagi 
uyg‘unlikni, aloqalarni, bir-biriga moslikni ta’minlab beradi. 
Inson ehtiyojlarini rivojlantirish va qondirish tabiiy ravishda ijtimoiy 
ishlab chiqarishning pirovard vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiy ishlab 
chiqarishning bu vazifasi uning biron-bir shakli tomonidan bekor qilina 
olmaydi va har qanday sharoitda ham uning pirovard maqsadi bo‘lib 
qolaveradi. 
Hozirgi zamon mutaxassislari insonni o‘ziga xos fenomen sifatida 
tavsiflash uchun «individ», «individuallik», «shaxs» tushunchalaridan 
foydalanmoqda. Mazkur tushunchalar zanjiri inson bilan jamiyat 
orasidagi o‘zaro aloqalarni har tomonlama tahlil etish imkoniyatini 


 47
vujudga keltiradi. Individ – inson jinsiga ato etilgan turli vakolatlarni 
aniqlaydi. Individ ijtimoiy munosabatlar mahsulidir, biroq bundan inson 
faoliyati faqat obyektiv shart-sharoitlar ta’siri ostida shakllanadi, degan 
xulosa kelib chiqmaydi. Insonning jamiyatdagi o‘rnini bilish, inson 
hayotining mazmuni va ma’nosini bilish nafaqat uning boshqalar bilan 
munosabatini, balki boshqalardan o‘zini ajratishini ham tahlil qilishni 
taqozo etadi. 
Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Asrlar davomida aqlu 
zakovat ila bunyod etilgan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag‘rur 
yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Ana shu milliy 
ong, ana shu milliy g‘urur bugungi istiqbolimizning oltin poydevoridir. 
Bu poydevorga Shiroq va To‘maris, Beruniy va Forobiy, Abu Ali ibn 
Sino va Al Xorazmiy, Amir Temur va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘ zotlar 
asos solganlar. Bobokolonlarimiz – Imom al-Buxoriy va Imom at-
Termiziyning nomlarini faxr bilan tilga olamiz. Ulug‘ bobolarimiz Xoja 
Ahmad Yassaviy va Xoja Bahouddin Naqshband ruhi poklariga 
ehtiromimiz benihoyat baland. Bugun ularning insonni ma’naviy 
yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlari qaytadan 
jaranglay boshladi». 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi sharofati bilan ijtimoiy 
hayotimizning hamma jabhalarida xalqimizning o‘tmish madaniyati – 
ma’naviyati, urf-odatlari hamda qadriyatlarini bilishga qiziqishi kuchaydi. 
O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tayotgan bir vaqtda yangi 
iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar barpo etilayotgan bir paytda 
odamlar ruhiyatida, ularning ma’naviyatlarida o‘zgarish bo‘lishi tabiiy va 
qonuniydir. Chunki insonning ichki dunyosi ijtimoiy-siyosiy shart-
sharoitlar o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liq, bozor munosabatlariga o‘tish 
albatta o‘ziga xos ma’naviy dunyoni shakllantiradi. 
Ajdodlarimiz asrlar davomida yaratgan ma’naviy meros shu qadar 
ulkan, keng qamrovliki, ularning barchasining umumiy xususiyatlarini 
tahlil qilish, ulardan ibrat olib, bu merosni ma’naviyatimizning kelgusi 
rivoji uchun asos qilib olishimiz zarur. O‘rta asrlar musulmon Sharqi 
madaniy hayoti, shu davrda yashab ijod qilgan mutafakkirlarning 
qimmatli asarlari, falsafiy va axloqiy ta’limotlari bugungi kunda ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotmagan. Sharqning mashhur axloqshunosi Husayn voiz 
Koshifiy insonning go‘zal xulqi va axloqiga quyidagicha baho beradi: 
«Yaxshi xulq, go‘zal (axloq) muomala shunday bir yo‘ldirki, bu yo‘ldan 
yurmay turib izzat va sharaf manzilini egallab bo‘lmaydi, hayvonot 
biyobonidan insoniyat dorilmulkiga yetib bo‘lmaydi». 


 48
Inson hayotining mohiyati, uning axloqi va ma’naviyati haqidagi 
fikrlar Ahmad Donish qarashlarida ham o‘z aksini topgan. U insonga 
quyidagicha baho beradi: «Inson yeru koinot orasida o‘rin olgan ajoyib 
mavjudotdir. … Agar u xayolga cho‘msa, yetti qavat osmonni xayol 
qutichasiga joylaydi. Agar u fikr qilsa, butun borliqni tokchasiga 
sig‘diradi, agar uning mehri tovlansa, bechora chumolini kiprigi ustida 
saqlaydi, agar uning saxiyligi jilva qilsa, to‘nini birovga berib o‘zi 
yalang‘och qoladi, agar uning xasisligi ruju qilsa, qumursqa og‘zidagi 
donni talashadi». 
Axloqiy fazilatlar, ularni shakllantirishning milliy jihatlari har doim 
saqlanib qoladi va jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga molik 
bo‘ladi. O‘zbeklarning milliy ma’naviyati, o‘ziga xosligi, erkak va 
ayollarning sharqona axloqiy fazilatlari, ota-ona va farzandlar, qo‘ni-
qo‘shnilar, mahalla-ko‘y aloqalari, halollik, iymon va vijdon bilan 
bog‘liq. Ma’naviyat faqat o‘tmish sadosi emas, balki hozirgi kundagi 
jamiyat taraqqiyotining muhim omili hamdir. 
Shu bois ham taraqqiyotning «O‘zbek modeli» inson va uning 
manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadi. 
Biz bugun taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarilish yo‘liga chiqib 
oldik. Endigi vazifa ma’naviyatni tiklash va takomillashtirishdir. Zero, 
Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «mamlakatning iqtisodiy 
qudratini, uning ertangi kunini, boringki, taqdirini ham pirovard natijada 
aql zakovat, ma’naviyat hal qiladi».
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad 
mamlakat aholisi uchun munosib bo‘lgan hayot va faoliyat, xalqimizning 
unutilayotgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini tiklash, ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikni ta’minlash, kelajagi buyuk davlatning iqtisodiy asoslarini 
yanada mustahkamlash ko‘zda tutiladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling