Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ikkinchidan, bu davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar bilan bir 
qatorda mehnat jamoalari, jamoat va xayriya tashkilotlari, 
jamg‘armalarning mablag‘larini keng jalb etish ham muhim o‘rin 
egallamoqda. 


 51
Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda mahalliy hokimiyat va 
boshqaruv organlarining ancha qisqartirilishi va ularning mas’uliyatlarini 
oshirilishi lozim. Mahalliy organlarning asosiy vazifasi – jamiyat 
a’zolarining farovonliklarini yuksaltirish maqsadida mehnat qilish uchun
keng imkoniyatlar yaratib berishdan iboratdir. 
Uchinchidan, bu odamlarning kuch va qobiliyatlari to‘la-to‘kis 
faollashuviga ta’sir etuvchi kuchli mexanizmni vujudga keltirish. Bu 
mexanizm, birinchi navbatda, har bir kishining iqtisodiy erkinligi, uning 
o‘zi va oilasining baxt-saodati uchun iqtisodiy javobgarligi bilan 
uyg‘unlashadigan shart-sharoitlarni yaratish hisobiga shakllantirish lozim. 
O‘z qobiliyat va mehnatiga tayanib ish tutish – farovonlikning birdan-bir 
va eng barqaror manbai bo‘lib qoladigan munosabatini vujudga keltiradi. 
To‘rtinchidan, oila iqtisodiyoti milliy iqtisodiyotning asosiy 
bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Asosiy iste’molchilar ham oila 
hisoblanadi. Oila iqtisodini tadqiq etganligi uchun Garri Bekker Nobel 
mukofoti laureati bo‘lganligi bejiz emas. Prezident Islom Karimovning 
«O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» asarida turg‘unlik va 
xo‘rlik yillarida oila-turmush munosabatlariga, uning moddiy va 
ma’naviy asoslariga yetarlicha e’tibor berilmagani, bu sohadagi 
muammolarni hal etishga qoldiq prinsipi asosida yondashilgani va buning 
salbiy oqibatlari ochib tashlangan. 
Shu bois Prezidentimiz o‘z kitobida oilaning sog‘lomligi va oilaviy 
muhitning qanday darajada bo‘lishi jamiyat rivojiga, undagi mavjud 
muammolarni hal etishga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi 
mumkinligini qayd etib qolmay, balki oilani mustahkamlash, uni 
sog‘lomlashtirish muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etadi. 
Shu o‘rinda mustaqillikkacha bo‘lgan davrlarda o‘zbek oilalarining 
ahvoliga oid ma’lumotlarni quyida keltirishni maqsadga muvofiq deb 
topdik. 
Mustaqillikka qadar (1989–1991) respublikamiz iqtisodiy rivojlanishi-
ning past darajasi, aholining moddiy ta’minotidagi yetishmovchilik va 
taqchilliklar oila-nikoh munosabatlarida keskin muammolarni keltirib 
chiqargan. O‘sha davrda O‘zbekiston aholisining jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan o‘rtacha daromadi oilalar bo‘yicha olib qaralganda: bir oyda 
kishi boshiga 75 so‘mgacha daromad oladigan kam ta’minlangan 
kambag‘al oilalar; 71 so‘mdan 125 so‘mgacha daromadi o‘rtacha 


 52
ta’minlanganlar; 125 so‘mdan 175 so‘mgacha daromad o‘rtachadan 
yuqori; 175 so‘mdan 225 so‘mgacha daromadi nisbatan yuqori darajada 
ta’minlangan va 225 so‘mdan oshiq daromad oladigan oilalar bo‘lgan. 
Daromaddagi tengsizlikni o‘sha davrlardagi ishchilar va kolxozchi 
dehqonlar sinfi misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan, ishchi va xizmat-
chilardan farq qilib, kolxozchilar orasida kambag‘allar ko‘p (56,6 foiz) 
bo‘lgan. Yuqori darajada ta’minlanganlar esa juda oz bo‘lgan. 
O‘zbekistonda kolxozchilarning daromadlari oyiga 70,6 so‘m bo‘lib, bu 
ko‘rsatkich sobiq SSSRda jon boshiga oyiga 121 so‘mdan to‘g‘ri keluvchi 
daromadning o‘rtacha darajasidan ancha pastdir. Bu O‘zbekistonda o‘tkir 
ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, o‘tgan 
asrning 80-yillarida O‘zbekistonda jon boshiga daromadning o‘sishi, 
o‘rtachadan yuqori daromad oluvchi oilalarning soni bo‘yicha boshqa 
respublikalardan borgan sari ko‘proq orqada qolgan. Oyiga 50 so‘mgacha 
daromad oluvchi eng kambag‘al aholining salmog‘i O‘zbekistonda 
RSFSRdagidan 32 barobar, 51 so‘mdan 75 so‘mgacha daromad oluvchi-
lar soni 6 barobar ko‘p bo‘lgan. 
Respublikamiz ishchi va xizmatchilarining jon boshiga o‘rtacha oylik 
daromadi o‘sishi bo‘yicha ham boshqa respublikalardan orqada qolgan. 
1975–1988-yillarda ushbu ko‘rsatkich (so‘m hisobida) RSFSRda – 53,5, 
Ukrainada – 49,5, Qozog‘istonda – 57, Litvada – 72,2, O‘zbekistonda – 
28,7 so‘mga to‘g‘ri kelgan. Kolxozchilarning oilalaridagi daromadning 
o‘sishidagi ahvol yanada yomonroq bo‘lib, ko‘rsatilgan davrda SSSRda 
46,3 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, respublikamizda 12,9 so‘mdan oshmadi. 
Natijada respublikamiz kolxozchilari turmush darajasi bo‘yicha Estoniya 
kolxozchilaridan uch barobar, Gruziya, Ukraina, RSFSR kolxozchilaridan 
ikki barobar orqada qolib ketgan. 
Respublikamiz tub yerli aholisi katta oilalardan iboratligi, tabiiy o‘sish 
sur’atining balandligi uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Aytish 
joizki, 1989-yilda o‘tkazilgan Butunittifoq aholi ro‘yxatining natijalariga 
ko‘ra, sobiq SSSRda 71,1 million oila hisobga olingan va oila tarkibining 
miqdori mamlakatda keyingi 10 yil davomida asosan bir xil holatda 
bo‘lib, u 3,5 kishiga, shundan shaharda 3,3 kishi, qishloq joylarda esa 3,8 
kishiga to‘g‘ri kelgan. 
1989-yildagi aholi ro‘yxati ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda 
3 million 415 ming oila mavjud bo‘lgan. Albatta, o‘sha paytdagi paxta 


 53
yakkahokimligi, mustamlaka tuzumiga xos bir yoqlama rivojlangan 
iqtisodiyotning halokatli oqibatlari, avvalo, odamlarning turmush tarzida, 
eng muhimi, ularning jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad darajasining 
o‘ta pastligida, tomorqa yerlarining keskin kamayib borishida, millatning 
salomatligi, uning genofondiga salbiy ta’sirlarning kuchayishida, bolalar 
va onalar o‘limining avj olishida, o‘lkamizning ekologik nochor holatida 
va boshqa ko‘plab masalalarda yaqqol namoyon bo‘lgan edi. Lekin bu 
fojialarning barchasini aniq misol va raqamlar asosida, SSSRdagi 
umumiy ko‘rsatkichlarga qiyoslagan holda, mustabid imperiyaning 
balandparvoz g‘oyalar bilan niqoblangan mustamlaka siyosatining 
ayanchli natijalari sifatida har tomonlama chuqur tahlil etib, butun 
mohiyatini davlatimiz rahbari Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiya-
sining XXII syezdida qilgan ma’ruzasida ochib tashladi. Ushbu ijtimoiy-
tarixiy ahamiyatga molik ma’ruzada davlatimiz rahbari tomonidan xotin-
qizlar masalasi, oilaga bo‘lgan munosabatlarni tubdan o‘zgartirish, xotin-
qizlarning ijtimoiy-siyosiy huquqlari, sharafi va qadr-qimmatini himoya 
qilish ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda, davlat va jamiyat qurilishida 
ishtirok etishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish, onalar va bolalar 
sog‘lig‘ini, aholining bilim va madaniyat darajasini uzluksiz har 
tomonlama oshirib borish ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy jihatdan 
ta’minlanishi kerakligi muhim ijtimoiy vazifa sifatida qo‘yildi. Shuning-
dek, O‘zbekiston oilalarining moddiy ahvolini hisobga olgan holda Yurt-
boshimiz Islom Karimov rahnamoligida umumta’lim maktablarining 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul nonushta bilan ta’minlash, 
onalarning uch yilgacha ish stajlari saqlangan holda bolalariga qarab 
turishlari uchun qo‘shimcha ta’til imtiyozlari berish, ayni paytda uning bir 
yarim yiliga qisman ish haqi to‘lanishini joriy etish, bolalarga beriladigan 
nafaqalarning miqdorini oshirish kabi vazifalarning amalga oshirilishi 
onalik va bolalikni muhofaza qilishda muhim qadam bo‘lgan edi. 
Har bir kishi o‘z mamlakatining fuqarosi ekanligini his qilishi uning 
o‘ziga berib qo‘yilgan huquq va erkinliklariga ongli munosabatda bo‘lishi 
va qadrlashi, mashaqqatli mehnat bilan qo‘lga kiritilgan demokratik 
qadriyatlarni asrab-avaylash va himoya qilishi g‘oyat muhimdir. 
Respublikamiz ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida asosiy va hal 
qiluvchi o‘rinda inson turadi. 
Respublikamizda ko‘p bosqichli bozor iqtisodiyoti qurilayotgan ekan, 


 54
aholining bu ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarida aholining bandligi ham 
katta e’tiborni jalb qiladi. Nodavlat korxona va tashkilotlarda, nodavlat 
ijtimoiy-iqtisodiy ukladlarda band aholi salmog‘ining oshib borishi – bu 
korxona va tashkilotlarning davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylash-
tirilishi va bozor munosabatlari taraqqiy etishining natijasidir. 
Respublikamizda aholi farovonligini oshirish hamda joylardagi 
mavjud ishsizlikni minimal darajaga tushirish maqsadida kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bu zaminimizda yashayotgan insonlarning munosib va erkin, farovon 
hayotini ta’minlash har bir kishi huquq va imkoniyatlaridan to‘liq 
foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaratishdir. 
O‘zbekistonda mehnat salohiyatining muhim xususiyati – uning 
yoshi va kasbiy tarkibidir. O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 25,9 
yoshga teng. Bu XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi boshida mehnat 
zaxiralari yuksak mehnat faolligi va kasb tayyorgarligi bilan ajralib 
turadigan odamlar ko‘pchilikni tashkil etishiga imkon beradi. 
Ish bilan band bo‘lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash 
hamda mehnat layoqatli yoshlarni faoliyatning yangi ilg‘or tarmoqlariga 
va sohalariga jalb qilish ham mehnat salohiyatidan samarali 
foydalanishning qudratli zaxirasidir.
Shuning uchun ham, hozir respublikada hal qilinayotgan eng dolzarb 
muammolardan biri ishlashni xohlovchilarning hammasini ish bilan 
ta’minlash hisoblanmaydi. Balki eng maqbul ijtimoiy yo‘naltirilgan ish 
bilan bandlikni vujudga keltirishdan iboratdir. Vazifa respublikaning har 
bir fuqarosiga mehnat faoliyatining turi va shaklini erkin tanlash uchun 
chinakam imkoniyat yaratishdir. 
Prezident Islom Karimov O‘zbekistondagi mehnat salohiyatining 
muhim xususiyati – uning ta’lim darajasi yuqoriligiga alohida e’tibor 
beradi. Respublikada aholining yalpi savodxonligi muammosi to‘la hal 
qilingandir. Savodxonlik darajasi qariyb 100 foizni tashkil etadi. Bu esa 
respublikani inson salohiyati yuqori darajada rivojlangan iqtisodiy 
taraqqiy etgan mamlakatlar bilan bir qatorga olib chiqadi. 
Mehnat zaxiralarining umumiy va professional ta’lim darajasi ham 
yuqoridir. Respublikada majburiy umumiy o‘rta ta’lim qonun yo‘li bilan 
mustahkamlab qo‘yilgan. Bunday ta’limni umumiy ta’lim maktablari, litseylar, 
kollejlar va tijorat maktablarining keng tarmog‘i orqali olish mumkin. 


 55

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling