Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqsimotning bosh tamoyili
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
1. Ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy sharti Iqtisodiyot deganda kishilarning doimo yuksalib borayotgan hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Ishlab chiqarish munosabatlari tizimida ishlab chiqarish birlamchi hisoblanadi. Shu bois ham mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish iqtisodiyotning asosi hisoblanadi. Iqtisodiy faoliyat mana shundan boshlanadi. Jamiyat uchun iste’mol ne’matlarini ko‘paytirish birlamchi ahamiyatga ega. Ehtiyojlar doimo cheksiz ekanligi barchaga ma’lum. Biroq ehtiyojlar anglangan ehtiyoj bo‘lishi lozim. Ehtiyojni qondirishning bosh vositasi ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarish munosabatlarining ikkinchi muhim sharti ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ayirboshlash hisoblanadi. Tovar ayirboshlash usuli savdo-sotiqni bildiradi. Ayirboshlash orqali jamiyat ahli ehtiyojlari uchun zarur mahsulot va xizmatlarga ega bo‘ladi. Ishlab chiqarish munosabatlarining uchinchi muhim sharti taqsimlash munosabatlari hisoblanadi. Taqsimlash ishlab chiqarishning hosilasi hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, u ishlab chiqarishga qaytadan ta’sir eta oladi. Agar kishilar taqsimlash jarayonida ne’matlarga qanchalik ko‘p ega bo‘lsalar, shunchalik ularda motivatsiya kuchli bo‘ladi va aksincha. Taqsimlashda kishilarning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi, manfaat esa ehtiyojni bildiradi. Iqtisodiyotda shunday bog‘liqlik bor; ehtiyoj manfaatni, manfaat maqsadni, maqsad motivatsiyani, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy stimullarni, ya’ni rag‘batlantiruvchi kuchlarni yuzaga keltiradi, mana shunday tartibda taqsimlash iqtisodiy faollikni yuzaga keltiradi. Taqsimotning bosh tamoyili – bu adolatlilik tamoyilidir. Bunga ko‘ra iqtisodiyotda har bir ishtirokchining yaratilgan mahsulot va xizmatlaridan oladigan ulushi bularni yaratishga qo‘shgan hissasiga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘lishi talab qilinadi. Taqsimlash orqali yaratilgan mahsulot va xizmatlarning bir qismi joriy iste’molga yuborilsa, boshqa qismi ishlab chiqarishni 59 kengaytirishga, modernizatsiyalashga hamda diversifikatsiyalashga va shu orqali bo‘lg‘usi ehtiyojlarni qondirishga yuboriladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling