Iqtisodiy faoliyatning yakunlovchi bosqichi – iste’mol jarayonidir.
Iste’mol bu yaratilgan mahsulot va xizmatlarning pirovard natijada
ehtiyojni qondirish yo‘lida ishlatilishidir.
Iste’mol, birinchidan, kishilarning kundalik ehtiyojlarini qondirishni,
ikkinchidan, ishlab chiqarishni rivojlantirishni ko‘zlaydi.
Iste’mol uch xil bo‘ladi: a) xususiy iste’mol; b) davlat iste’moli; c)
ishlab chiqarish iste’moli.
Xususiy iste’mol yuz berganda, iste’mol buyumlari va xizmatlar
kishilarning juz’iy ehtiyojini qondiradi.
Davlat iste’moli bu davlat idora va tashkilotlaridagi iste’mol bo‘lib,
bu ularning ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish iste’moli esa turli moddiy vositalar, moddiy
resurslarning korxona va xo‘jaliklarda ishlatilishini bildiradi. Bular
tarkibiga mehnat qurollari, bino-inshootlar, xom ashyolar, yarim fabrika
mahsulotlari, butlovchi qismlar va nihoyat, yoqilg‘i va energiyalar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi iste’mol oxir-oqibatda shaxsiy iste’molni
ta’minlashga, ya’ni iste’mol buyumlari va xizmatlarni yangidan
yaratishga xizmat qiladi.
Kishilarning hayoti bir maromda borishi uchun iqtisodiy faoliyat
uzluksiz bo‘ladi, shu bois, iqtisodiyotda ishlab chiqarish birlamchi bo‘ladi
va aholi iste’molini qondirishga qaratiladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali
tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish
sur’atlariga erishish Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini
ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish
uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish
zarur bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, 2008-yilning yarmida boshlangan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektori
korxonalarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib,
respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha
amalga oshirildi.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |