Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Turli xil savdo-iqtisodiy, valuta-moliya, kredit, tarmoq va


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Turli xil savdo-iqtisodiy, valuta-moliya, kredit, tarmoq va 
ixtisoslashgan tashkilotlar. Asosiy davlatlararo universal tashkilotni 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi tashkil qiladi. U o‘z asosiy va 
yordamchi organlari bilan birga, 18 ta ixtisoslashgan muassasani, Xalqaro 
atom energiyasi bo‘yicha agentlikni (MAGATE), bir qator dasturlar, 
kengash va komissiyalarini qamrab oladi. 
Jahon savdo oqimlarini shakllantirishda asosiy rolni Jahon savdo 
tashkiloti (JST) o‘ynaydi. JSTning huquqiy asoslarini Tariflar va savdo 
bo‘yicha bosh bitim (1994-yilgi tahrirda), Xizmatlar bilan savdo qilish 
haqidagi bosh bitim (GATS), Intellektual mulk huquqlarining savdo 
jihatlari to‘g‘risidagi bitim (TRIPS) tashkil etadi. 
JST 1947-yilgi Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim vorisi sifatida 
1995-yilning yanvaridan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda va 140 tadan 
ortiq davlatni o‘z ichiga olgan. JSTning bosh vazifalari: xalqaro savdoni 
erkinlashtirish, iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish hamda odamlarning 
iqtisodiy farovonligini oshirishdan iborat. 
BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi 
(YUNKTAD) Bosh Assambleyaning organi sifatida 200 
ga yaqin 
davlatlarni birlashtiradi. YUNKTADning asosiy vazifalari – rivojlangan 
va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida savdoni kengaytirish, tavsiyalar 
ishlab chiqish, jahon savdosi bo‘yicha BMT muassasalarining faoliyatini 
muvofiqlashtirish. 
Xalqaro bojxona tashkiloti – XBT (Bryussel, 1953-y.) 140 dan 
ortiq davlatlarni birlashtiradi. Uning asosiy vazifasi – jahon tovar 
aylanmasini (oborotini) tezlashtirish uchun yagona bojxona qoidalarini 
ishlab chiqish va yoyish, bojxona organlarining nazorat va fiskal 
funksiyalarini ta’minlash. XBTning oliy rahbarlik organi – Kengash, 
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organi esa , kotibiyat. 
XBT Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirish bo‘yicha uyg‘unlashgan 
tizimni, ya’ni bojxona tariflari va tashqi savdo statistikasini tuzish uchun 


 673
tovarlarning universal klassifikatorini ishlab chiqqan va joriy etgan 
(1983 -y.). 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling