Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Xalqaro savdo palatasi – XSP (Parij, 1919-y.)ning maqsadi – savdo, 
investitsiyalar va ochiq bozorlarni, kapitallarning harakatini erkin 
rag‘batlantirish orqali jahonda tadbirkorlikning rivojlanishiga ko‘mak-
lashish, erkin xalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida iqtisodiyot va 
huquqqa oid samarali choralar ko‘radi, xususiy tadbirkorlik tizimini 
himoya qiladi. 
Xalqaro valuta fondi (XVF) 1947-yilda tashkil qilingan. Uning oliy 
rahbarlik organi – Kengash, ijroiya organi esa (24 nafar ijro etuvchi 
direktordan iborat) Direktoratdir. XVF shartlanganlik prinsipiga 
asoslanadi. Ushbu prinsipga ko‘ra, mamlakatlar muayyan iqtisodiy 
siyosatni yuritgan taqdirda, kredit olishlari mumkin. XVF kreditini olish 
shartlari: budjet taqchilligining kamaytirilishi, pul massasining o‘sish 
sur’atlarini pasaytirish, kreditlar bo‘yicha olinadigan foiz stavkalarini 
inflatsiya darajasiga nisbatan ko‘tarishdan iborat. 
XVF xalqaro valuta tizimining institutsional asosi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Jahon banki guruhi o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan va 
rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadiga 
ega beshta institutdan tashkil topgan. Guruhga quyidagilar kiradi: 
1. Xalqaro Tiklanish va taraqqiyot banki yoki Jahon banki (XTTB)
(Vashington, 1945-y.). XTTBning ustav kapitali – 142 mlrd. dollar.
2. Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi – XTA (Vashington, 1960 -y.). 
XTTB (Jahon banki)dan kredit olishga qurbi yetmaydigan eng kambag‘al 
davlatlarga o‘ta imtiyozli kreditlar beradi. 
3. Xalqaro moliya korporatsiyasi – XMK (Vashington, 1956-y.). 
Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash (texnik yordam ko‘rsatish, 
maslahatlar berish) orqali rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy 
o‘sishiga ko‘maklashadi. Ustav kapitali – 1,4 mlrd. dollar. 
4. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik – 
MAGI (Vashington, 1988 -y.). Investorlarga notijorat tavakkallardan zarar 
ko‘rmaslikni kafolatlab, rivojlanayotgan davlatlarga xorijiy investitsiya-
larning kiritilishini rag‘batlantiradi. Ustav kapitali – 1 mlrd. dollardan 
ortiq. 
5. Investitsiya nizolarini tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz – 
INTSBXM (Vashington, 1966-y.). Arbitrajda ko‘rib chiqish orqali 


 674
hukumatlar va xorijiy investorlar o‘rtasida nizolarning tartibga solinishiga 
ko‘maklashadi, investorlarga yuridik maslahat beradi. 
Jahon banki ishtirokchilarining barcha loyihalari moliyaviy yordam-
dan eng samarali foydalanish maqsadida siyosiy-iqtisodiy ekspertizadan 
o‘tkaziladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling