Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Xalqaro hisob-kitoblar banki


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Xalqaro hisob-kitoblar banki – XHB (Bazel, 1930-y.). Milliy bank-
lar, asosan Yevropa davlatlari milliy banklarining harakatlarini 
muvofiqlashtiradi. 
Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki – YETTB (London, 1991-y.). 
Markaziy, Sharqiy Yevropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga bozor 
islohotlarini o‘tkazish bosqichida yordam ko‘rsatadi. Bankning aksioner-
lik kapitali – 15 mlrd. yevro. YETTB XTTB hamda kreditorlarning Parij 
va London klublari bilan hamkorlik qiladi. 
Osiyo Taraqqiyot banki – Osiyo va Uzoq Sharq mintaqasiga 
bevosita qarzlar berish hamda texnik jihatdan ko‘maklashish orqali 
mazkur mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida 
1966-yilda tashkil etilgan bank. 
Ixtisoslashgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar: 
Sanoat rivojlanishi bo‘yicha birlashgan millatlar tashkiloti 
YUNIDO (Vena, 1967-y.). Sanoat rivojlanishi va hamkorligiga, 
rivojlanayotgan mamlakatlarning industrlashishiga, o‘tish davri iqtiso-
diyotidagi mamlakatlar sanoatining sog‘lomlashishiga ko‘maklashadi. 
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti – FAO (Rim, 
1945-y.) quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi: ocharchilikni tugatish
ovqatlanish va turmush sifatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik 
va baliqchilikni takomillashtirish, qishloq hududlarini rivojlantirishga 
ko‘maklashish.
Intellektual mulk xalqaro tashkiloti – VOIS (Jeneva, 1977-y.). 
Boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yordamida 
intellektual mulkning qo‘riqlanishiga ko‘maklashadi. 
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik – MAGATE (Vena, 
1956 
-y.). Atom energiyasidan harbiy maqsadlarda foydalanmaslik 
kafolatlarini o‘rnatadi va ta’minlaydi. 
Xalqaro Mehnat Tashkiloti – XMT (Jeneva, 1919-y.). Quyidagi 
maqsadlar uchun faoliyat ko‘rsatadi: to‘liq bandlikni ta’minlash, inson 
huquqlariga rioya etish, mehnatkashlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, 


 675
tadbirkorlar va mehnatkashlar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish. 
XMTning doimiy kotibiyati Xalqaro Mehnat byurosidir. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling