Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Professional ixtisoslashgan tashkilotlar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet404/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Professional ixtisoslashgan tashkilotlar – Xalqaro buxgalterlar 
jamiyati (Chikago), Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita, 
Marketing bo‘yicha xalqaro federatsiya (Parij) va boshqalar. 
Tarmoq tashkilotlari – Xalqaro reklama uyushmasi (Nyu-York), 
Ishbilarmonlik aloqalari bo‘yicha xalqaro uyushma (Akron, AQSh), 
Fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (Monreal) va boshqalar. 
Tayanch tushunchalar: 
Xalqaro savdo, jahon bozori, valuta bozori, valuta operatsiyalari, valuta 
ayirboshlash, valuta kursi, valuta konvertatsiyasi, xalqaro kredit, proteksio-
nizm, repatriatsiya, to‘lov balansi, tashqi qarzi. 
Savol va topshiriqlar:
1. Jahon bozori nima? 
2. Valuta bozori nima? 
3. Valuta qimmatliklariga nimalar kiradi? 
4. Jahon valuta bozorga xos xususiyatlarni sanab bering. 
5. Valutani tartibga solish deganda nimani tushunasiz? 
6. Valuta operatsiyalari tartibini qanday qonun belgilab berishini 
tushuntiring. 
7. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida qanday 
funksiyalarni bajarishini tushuntirib bering. 
8. Qaysi xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari yordam tariqasida 
qarzlar beradi? 
9. O‘zbekiston tashqi qarzining YAIM va eksportdagi ulushi qancha? 
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Jahon bozori – bu xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv asosida 
shakllangan va iqtisodiy munosabatlar orqali o‘zaro bog‘langan, alohida 
mamlakatlar milliy bozorlari majmuidan iborat. 
Xalqaro savdo – dunyodagi barcha mamlakatlar tashqi savdosining 
majmuidan iborat xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasi bo‘lib, tashqi savdo 
aylanmasi, eksport va import kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. 


 676
Tashqi savdo aylanmasi – ma’lum bir davrda (odatda bir-yilda) amalga 
oshirilgan eksport va import operatsiyalari umumiy summasi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling