qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy,
yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil
yetishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga
alohida e’tibor qaratildi.
2011-yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati
10 milliard 800 million dollardan ortiq kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi,
bu 2010-yilga nisbatan 11,2 foiz ko‘p demakdir. Investitsiyalarning yalpi
ichki mahsulotdagi ulushi 23,9 foizni tashkil yetgani mamlakatimizda
investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotimizning real sektoriga qariyb 2 milliard 900 million
dollar hajmida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, ularning 78,8 foizi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalari va ulardan
foydalanish borasida ijobiy sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda.
Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig‘i mamlakatimizning ichki
manbalari hisobidan – korxonalar va aholi mablag‘lari, investitsiya
jarayonlarida tobora faol ishtirok etayotgan tijorat banklari kreditlari,
shuningdek, davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar
mablag‘lari hisobidan shakllantirilmoqda.
Jami investitsiyalarning 73,5 foizidan ortig‘i ishlab chiqarish
quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirilmoqda. Investitsiyalarning qariyb
45,3 foizi zamonaviy, yuksak samarali asbob-uskunalar xarid qilishga
yo‘naltirilgani, ayniqsa, muhimdir.
Bundan ko‘rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida
mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-
quvvatlash choralarining izchil amalga oshirilishi barqaror va mutanosib
o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratdi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |