705
Proteksionizm – bu savdo siyosatining tarifli
va tarifsiz vositalaridan
foydalanish orqali ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoya qilishga qaratilgan
davlat siyosati.
Tashqi
savdoni tartibga solishning tarifli usullari – bu tarif kvotalari va
bojlarning belgilanishi (asosan import tartibga solinadi). Boshqa barcha usullar
–
tarifsiz.
Boj tarifi – tovarlarning ro‘yxati va ulardan boj olishga asos bo‘ladigan
stavkalar tizimi.
Boj – bojxona organlari tovarni import qilish yoki eksport qilish chog‘ida
undiradigan hamda import yoki eksportning sharti hisoblanadigan majburiy
badal.
Bojlar uchta asosiy funksiyani bajaradi:
1) fiskal;
2) proteksionistik;
3) muvozanatlash (ko‘ngilsiz tovarlar eksportining oldini olish uchun).
Bojlarning quyidagi turlari farqlanadi:
1. Olish (undirish) usuli bo‘yicha:
1) advalor – bunda boj undiriladigan tovarlar bojxona qiymatiga nisbatan
foizlarda
hisoblanadi;
2) o‘ziga xos bojlar – boj undiriladigan tovar birligi
uchun belgilangan
miqdorda hisoblanadi;
3) aralash – bojlarning advalor va o‘ziga xos turlarining uyg‘unlashuvi
(masalan, boj qiymatining 20 foiz, ammo tonnasiga 10 dollardan ortiq emas).
Advalor bojlarning qo‘llanishi tovarning boj qiymatini
subyektiv baholash
bilan bog‘liq bo‘lib, bu hol suiiste’molliklarga imkon qoldiradi. O‘ziga xos
bojlar standartlashtirilgan tovarlardan
olinadi va ustunlikka ega, chunki
muammoli boshqarish uchun oddiydir. Bojlar darajasi
tovarlar narxiga juda
bog‘liqdir.
2. Boj olish obyekti bo‘yicha:
1) import bojlar;
2) eksport bojlar;
3) tranzit bojlar («savdo urushi»ning vositasi sifatida foydalaniladi).
Do'stlaringiz bilan baham: