Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Ishlovchilarining bilim saviyasi, mehnat malakasi va
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti, tabiiy resurslar ishlatilish sharoitining qulay bo‘lishi
- 2.4. Mehnat stimullarining kuchli bo‘lishi.
2.2. Ishlovchilarining bilim saviyasi, mehnat malakasi va
mahorati, ya’ni ishlab chiqarish shaxsiy inson omilining sifati. Bu omil mashinalashgan ishlab chiqarishda beqiyos ahamiyatga ega. Murakkab texnika-texnologiya yuksak saviya va malakani talab qiladi, aks holda uni samarali ishlatib bo‘lmaydi. Gap shundaki, ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omillari bir-biriga mos bo‘lishi kerak. Masalan, yangi texnikani ishlatish chuqur texnikaviy bilim va ish tajribani talab qiladi. 2.3. Ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti, tabiiy resurslar ishlatilish sharoitining qulay bo‘lishi. Bu ayniqsa, undirma sanoat va qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligiga jiddiy ta’sir etadi. Qazilmalar tarkibida foydali moddalar ko‘p va ular sayoz joylashgan bo‘lsa, shubhasiz ularni undirib olish kam sarf talab qiladi. Quvayt neft konlarida mehnat unumdorligi Rossiyaning shimolidagi konlarga nisbatan ancha yuqori. Buning sababi Quvayt tabiiy sharoitining qulayligidir. O‘zbekiston janubidagi paxtachilikda uning shimolidagiga nisbatan mehnat unumdorligi yuqori. Buning sababi ham tabiiy sharoitning har xil bo‘lishidir. Gap shundaki, tabiiy sharoitga qarab, bir xil mehnat har xil natija beradi. 2.4. Mehnat stimullarining kuchli bo‘lishi. Buni motivatsiya, ya’ni ish natijasiga qiziqish, undan manfaatdor bo‘lish hosil etadi. Motivatsiya unumli ishlashdan yaxshi daromad topish bilan cheklanmaydi, bu o‘z qobiliyatini ishga solish, dovruq qozonish, obro‘ orttirishni ham bildiradi. Ishlovchilar mehnat unumdorligini oshirishga qiziqqan joyda stimullar harakatga keladi, kishilar jonbozlik qilib mahsulot va xizmatlarni yaratishga ketadigan resurslar sarfini tejaydilar, natijada ish unumi ortadi. Mehnatni rag‘batlantirish o‘rniga mehnatga zo‘rlash bo‘lgan joyda unumdorlikni oshirishga intilish so‘na boradi, ishlab chiqarish natijasiga befarq qarash paydo bo‘ladi. Agar qul holatidagi ishlab chiqaruvchini olsak, u mehnatga zo‘rlanganidan unumdorlikni ko‘tarishga oshiqmaydi. Aksincha, mehnatni erkin tanlagan, undan manfaat topgan, ozod ishlab chiqaruvchi mehnat unumdorligini oshirishga intiladi, chunki Abu Rayhon Beruniy aytganidek: «Insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishdan iborat, shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi, inson o‘z xohishiga mehnat tufayli erishadi». Ishlab chiqarishning, umuman iqtisodiyotning naqadar rivojlangan- ligining asosiy ko‘rsatkichi mehnat unumdorligi darajasidir. Iqtisodiyotga baho berishda jamiyat, ya’ni mamlakat iqtisodiyoti miqyosidagi 68 mehnatning unumdorligi asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu jamiyat miqyosida sarflangan mehnat evaziga nima yaratilganligini bildiradi. Mehnat unumdorligini (U) aniqlash uchun bir yilda yaratilgan mahsulot va xizmatlarning pulga chaqilgan miqdori (Mq)ni ishlovchilar soniga (N) bo‘linadi. Buni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Mq= 3 mlrd. dollar, N=500 ming kishi bo‘lsa. Bu ko‘rsatkich mehnat unumdorligi darajasini bildiradi va jamiyatning ishlab chiqara olish qobiliyatini ifodalaydi. Eng yuksak mehnat unumdorligi XXI asrga kelib rivojlangan mamlakatlarda kuzatildi. Bu yerda 1999-yilda bir ishlovchi yiliga yaratgan tovar va xizmatlar 50 ming dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich AQShda 85 ming dollar, Yaponiya korporatsiyalarida 90 ming, qolgan korxonalarda 46 ming dollarni tashkil etdi. Bu unumdorlik darajasidir. Unumdorlik darajasi bilan uning o‘sish sur’atlarini farqlash kerak, chunki daraja yuqori bo‘la turib, sur’atlar past bo‘lishi mumkin va aksincha. Unumdorlikning o‘sish sur’ati uning yuksalish tezligi bo‘lib, foiz bilan ifodalanadi. Masalan, mehnat unumdorligi 10 yilda 57 foizga oshgan bo‘lsa, uning-yillik o‘sish sur’ati 4,6 foiz bo‘ladi. Ammo bu unumdorlik darajasini bildir-maydi. Iqtisodda shunday qoida borki, unumdorlik darajasi yuqori bo‘lsa, uning o‘sish sur’atlari nisbatan past bo‘lishi ham mumkin. Shu sababli unumdorlik o‘sish sur’atlari past mamlakatning iqtisodiy qudrati yuqori bo‘lishi mumkin. Aksincha ham bo‘ladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling