Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Mehnat unumdorligining ahamiyati
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2.5. Mehnat unumdorligining ahamiyati. Mehnat unumdorligi
qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik vaqtning qadri oshadi, chunki vaqt birligida shunchalik ko‘p mahsulot va xizmatlar yaratish va shu tufayli ko‘proq pul topish mumkin. «Vaqt – bu pul demakdir» degan iboraning ma’nosi ham shunda. Mehnat unumdorligi va turmush farovonligi to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Unumdorlikning farovonlikka ta’siri ikki yoqlama bo‘ladi. Birinchidan, unumdorlikning yuksalishi ehtiyojni qondiradigan mahsulot va xizmatlarni ko‘paytiradi. Qayerda unumdorlik yuqori bo‘lsa, shu yerda turmush darajasi ham yuqori bo‘ladi. Kambag‘allik va muhtojlikning asl sababi esa mehnat unumdorligining past bo‘lishidir, chunki oz yaratgan qo‘p iste’mol qilishi mumkin emas, chunki bunda yaratilgan ne’matlar yetmay qoladi. Ikkinchidan, mehnat unumdorligining ortishi ish vaqtini tejab, kishilarning bo‘sh vaqtini ko‘paytirib beradi. Bo‘sh vaqt esa jamiyatning 69 boyligidir. Iqtisodiyotdagi har qanday tejam vaqtning tejalishi demakdir. Agar mahsulot yaratish uchun zarur bo‘lgan vaqt muttasil qisqarib borsa, kam vaqt sarflangan holda ehtiyoj to‘laroq qondiriladi, chunki bu kam sarflab ko‘p ishlab chiqarishni bildiradi. Nafaqat ishlab chiqarishda, balki iqtisodiyotning boshqa jabhalarida, xususan, iste’mol borasida ham vaqt tejalishi talab qilinadi. Ehtiyojni qondirishga zarur vaqt qisqarishi bilan bo‘sh vaqt ortib boradi, bu esa inson rohat-farog‘atini ta’minlovchi vaqt bo‘ladi. «Yaxshi ishlagan – yaxshi yashaydi» degan qoidani farovonlikning bevosita mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lishi yuzaga keltiradi. Bu qoida ayrim ishlovchi, butun bir jamoa va hatto butun bir mamlakat xalqiga ham taalluqli bo‘ladi. Unumdorlikning ijtimoiy ahamiyatini unga mos ravishda farovonlikning ortib borishi isbotlaydi. Masalan, 2000-yilda dunyodagi iqtisodiyoti yuksak rivojlangan mamlakatlarda bir ishlovchi yaratgan mahsulot va xizmatlar 51,3 ming dollar, iqtisodiyot zaif mamlakatlarda esa 836 dollar bo‘ldi (Bu unumdorlikni bildiradi). Shunga mos ravishda birinchi guruh mamlakatlarida jon boshiga aholi iste’moli 14,8 ming dollar, ikkinchi guruh mamlakatlarida 236 dollar bo‘ldi. Bu farovonlik ko‘rsatkichidir. Mehnat unumdorligi korxonalar, sektorlar va mamlakatlar miqyosida jiddiy farqlanishini inobatga olib, unga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqiladi. Jumladan, ichki ishlar idoralari faoliyatidagi mehnat unumdorligi, shuningdek, ixtisoslikka qarab mehnat unumdorligini oshirishda vaqtning qadri, vaqt birligida qanchalik darajada samaraga erishish mumkinligi kabi masalalar bugungi kunda dolzarbdir. Yoshlarga insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun uzluksiz ravishda ishlab chiqarish bo‘lishi kerakligini va ushbu masalaning bevosita inson faoliyatida o‘ta muhimligini ta’kidlash joizdir. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mehnat unumdorligi o‘sishi: mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni obro‘mand qiladi; demokratik o‘zgarishlarni yanada samaraliroq etadi; Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligini oshiradi; xalqaro munosabatlarda ishtiroki va obro‘sini oshiradi; aholini ish bilan band etishni ta’minlaydi; aholi daromadlarini va turmush darajasini oshiradi; jinoyatchilikning kamayishiga xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling