Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


butun hayot davomida har bir inson uchun


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

butun hayot davomida har bir inson uchun» konsepsiyasiga 
asoslangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini joriy etish borasida 
O‘zbekiston tajribasini o‘rganish 2012-yil 16–17-fevral kunlari Toshkent 
shahrida «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – 
mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiyalashning muhim 
sharti» mavzuida xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan yakuniy 
hujjat sifatida qabul qilindi. Aynan bilim bugungi kunda iqtisodiy 
taraqqiyotni belgilovchi kuch sifatida e’tirof etilmoqda. 
Yuqoridagilarning barchasi mamlakatimizda mehnat unumdorligining 
o‘sishiga, iqtisodiy o‘sishni izchil ta’minlashga, O‘zbekiston taraqqiyotini 
yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.


 74
Tayanch tushunchalar: 
Ishlab chiqarish omillari, moddiy-ashyoviy omil, shaxsiy-insoniy omil, 
informatsion omil, ishlab chiqarish omillarining birikish usullari, ishlab 
chiqarish sektorlari, natural va tovar ishlab chiqarish, iste’mol buyumlari va 
moddiy resurslarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat 
unumdorligi, mehnat unumdorligi omillari, ishlab chiqarish chegarasi, ishlab 
chiqarish darajasi, takror ishlab chiqarish, milliy boylik, iqtisodiy salohiyat. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Iqtisodiy faoliyat ehtiyojlarni qondirishning vositasi ekanligini tushun-
tiring. 
2. Iqtisodiy faoliyatning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida aks 
etishini qanday izohlaysiz? 
3. Iqtisodiy faoliyatning siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy 
faoliyatlardan farqini izohlang. 
4. Moddiy va nomoddiy sohalarning mohiyatini tushuntirib bering. 
5. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirishga 
qanday iqtisodiy va huquqiy omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
6. Ichki ishlar idoralarining xodimlari uchun mehnat unumdorligining 
ahamiyati qanday? 
7. Mehnat unumdorligi turli darajalarda bo‘lishining sabablarini tushun-
tiring. 
8. Ishlab chiqarish hajmi pasayishining oqibatlarini sharhlang. 
9. Insonlar ehtiyojlarining to‘liq qondirilmasligi bilan jinoyatchilik 
orasida qanday bog‘liqlik bor? 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling