75
xususiyati ichki transaksion xarajatlar, ya’ni «ichki shaxsiy» o‘zaro
munosabatlardagi kamchiliklarni kamaytirish bilan bog‘liq.
Ichki aqliy kapital – insonning yangi bilimlar, ichki institutlar va shu
kabilar shaklida daromadli ichki nomoddiy qadriyatlar yaratish
qobiliyatida
namoyon bo‘ladigan qadriyat.
Inson kapitalining ichki tartiblashuvi – uning muayyan yaratuvchilik
vazifalarini bajarishda shaxs xislatlari va sifatlarining yaxlit
tizimini
faollashtirish qobiliyati.
Institutsional kapital – transaksion xarajatlarning kamaytirilishini
ta’minlovchi, binobarin yaratuvchilik jarayonini tezlashtirib umumiy daromad
keltirish xususiyatining o‘sishini ta’minlovchi norma va qoidalar tizimi.
Inson kapitalining integratsiyalovchi roli –
uning ishlab chiqarishning
mavjud omillarini texnologik birlashtirish hamda tabiiy va ashyoviy
kapitalning jalb etilgan elementlaridan foydalanishning eng yuqori
samaradorligini ta’minlovchi qulay ijtimoiy-iqtisodiy va institutsional muhitni
shakllantirish xususiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: