Shaxsning iqtisodiy madaniyati – uning ichki va tashqi transaksiyalar
tizimini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi aniq, «amaliy» qadriyatlar –
institutlari.
Inson kapitali faoliyatining eksternal xususiyati – ushbu kapitalning
borgan sari kamroq o‘z qadriyatini ekvivalent baholashning hamda bu bilan
bog‘liq tegishli xarajatlarning obyekti bo‘lish xususiyati; inson kapitalining
uning sohibidan ajralmasligi shaxs uchun o‘z insoniy kapitalini tegishli
shartnomada tartibga solinganidan ancha ortiq darajada amalga oshirish
imkoniyatini shakllantiradi.
Intellekt – insonda uning o‘zi takror ishlab chiqaradigan va axloq, adolat va
yuksak madaniyat darajasini yaratuvchi normalar sharoitida shakllanadigan,
gumanistik yo‘nalishdagi ma’naviy-axloqiy bilimlar, tafakkur, bilish va ijod qilish
qobiliyatlari tizimi.
Intellektual – intellekt sohibi, gumanistik yo‘nalishdagi ma’naviy-
axloqiy bilimlar, tafakkur, bilish va ijod qilish qobiliyatlari tizimiga ega
bo‘lgan inson.
Zamonaviy iqtisodiyotning intellektuallashuvi – xo‘jalik faoliyatining
yuksak axloqiy asoslarining shakllanish va rivojlanish jarayoni.
Intellektual ichki ishlab chiqarish – insonning gumanistik (noosferaga
oid) yo‘nalishdagi tafakkur, bilish va ijod qilish kuch va qobiliyatlarini
rivojlantirish borasidagi ongli va maqsadga qaratilgan faoliyati.
Intellektual ishlab chiqarish – intellektual kapitaldan intellektual
ne’matlar yaratish maqsadida ongli ravishda foydalanish jarayoni.
Intellektual ashyoviy qadriyatlar – intellektual ishlab chiqarish
jarayonida amalga oshirilgan innovatsion g‘oyalar, nou-xau, ixtirolar, texnik-
texnologik yangiliklar va kashfiyotlar.
Intellektual ichki mahsulot – quyidagilarni o‘z ichiga oladigan
mahsulotlar: a) intellektual insoniy kuchlarni boyituvchi noosferaviy (axloqiy-
iqtisodiy) yangi endogen bilim va ko‘nikmalar; b) inson intellektual ichki
ishlab chiqarishni o‘zi tashkil qilishi va amalga oshirishini belgilovchi norma
va qoidalardan iborat ichki institutlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |