Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Intellektual noashyoviy tashqi qadriyatlar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Intellektual noashyoviy tashqi qadriyatlar intellektual ishlab 
chiqarish jarayonida yangi bilimlar, shuningdek institutsional va ijtimoiy 
kapital shaklida yaratilgan ne’matlar. 
Intellektual tashqi (ekzogen) kapital – inson intellektining intellektual 
tashqi ne’matlar yaratilishini ta’minlovchi faollashgan qismi.
Intellektual ichki (endogen) kapital – inson intellektining intellektual 
ichki ne’matlar yaratilishini ta’minlovchi muhim qismi. 


 77
Intellektual kapital – inson intellektining gumanistik yo‘nalishda 
foydalanilishi avvalo yaratuvchi bilimlar shaklida samara berishini 
ta’minlaydigan xususiyat va sifatlari tizimi. 
Axloqiy-iqtisodiy xo‘jalik yuritish – yaratuvchilik faoliyatining tabiiy 
kapital yo‘q qilinishi to‘xtatiladigan va insonning rivojlanishi haqiqatan ham 
gumanistik yo‘nalishga ega bo‘ladigan xususiyatini ongli ravishda va 
maqsadga qaratilgan holda ta’minlash. 
Intellektual qadriyatlar tizimi – intellektning, intellektual kapitalning 
(ichki va tashqi), shuningdek intellektual tashqi mahsulotlarning o‘zaro bog‘liq 
va rivojlanib boruvchi birligi. 
Yaratuvchi bilimlar – tabiat ashyosiga nisbatan qo‘llanishi takroran 
ishlab chiqariladigan resurslar asosida ijtimoiy yoki umuminsoniy boylikning 
o‘sishini ta’minlaydigan bilimlar. 
Aqliy kapital – unumli foydalanilishi yangi foydali bilimlar yoki dolzarb 
axborot shaklida samara berishini ta’minlovchi muayyan insoniy bilish, ijodiy 
xislatlar va sifatlar tizimi. 
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Ishlab chiqarish munosabatlari – ishlab chiqarish, taqsimlash
ayirboshlash, iste’mol munosabatlaridan iborat. 
2. Ishlab chiqarishda tovarlar va xizmatlar yaratiladi. Shu bois u 
birlamchi hisoblanadi.
3. Taqsimlash munosabati yaratilgan tovar (xizmat)lar, tarmoqlar, 
sohalar hamda resurs egalari o‘rtasida taqsimlanadi, taqsimlashda kishilarning 
manfaati yuzaga chiqadi, manfaat esa ehtiyojni bildiradi. Shu bois ham 
taqsimotning bosh tamoyili – bu adolatlilik tamoyilidir. Taqsimlash ishlab 
chiqarishning hosilasi hisoblanadi. 
4. Ayirboshlash munosabati – turli xil bozorlarda tovar (xizmat)lar pul 
vositasida ayirboshlanib, ishlab chiqaruvchidan iste’molchi qo‘liga o‘tadi.
Ayirboshlash usuli savdo-sotiqni bildiradi. 
5. Iste’mol munosabati ishlab chiqarish munosabatlarining so‘nggi 
bosqichi bo‘lib, ular shaxsiy va unumli iste’mol qilinadi. Iste’mol kishilarning 
kundalik ehtiyojlarini qondirish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish 
maqsadini ko‘zlaydi. Iqtisodiyot ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan 
yakunlanuvchi faoliyat sifatida doimo takrorlanib turishi zarur, bo‘lmasa, 
kishilik jamiyati yashay olmaydi. 


 78
4-MAVZU. MULKCHILIK MUNOSABATLARI

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling