Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mulkchilik turli shakllarining vujudga kelishi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Mulkchilik turli shakllarining vujudga kelishi 
2.1. Prezident Islom Karimov jamiyatning iqtisodiy negizlarini 
mustahkamlash to‘g‘risida 
1990-yil 2-iyunda «Sovet O‘zbekistoni» gazetasi Prezident Islom 
Karimovning 1990-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy 
Komitetida respublikaning iqtisodiy mustaqillikka va bozor iqtisodiyotiga 
o‘tish masalalari xususidagi nutqini e’lon qildi.
Ushbu nutq bilan atroflicha tanishgan inson mustaqillik arafasidagi 
katta o‘zgarish – O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash 
va takomillashtirish, iqtisodiy mustaqillikka, o‘zini o‘zi idora etish, 
moliyaviy ta’minlashga erishish, aholi barcha tabaqalarining farovonli-
gini oshirish, cho‘kib borayotgan ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, 
xalqni ma’naviy yuksaltirish, demokratiyani, huquqqa asoslangan davlat 
qurilishini rivojlantirish, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi yo‘lida barcha 
sog‘lom kuchlarni birlashtirish kabi ezgu maqsadlarni ilg‘aydi. 
Quyida Prezident Islom Karimovning ushbu nutqidan iqtiboslar 
keltirishni joiz deb bildik: «Bugungi kunda, eng avvalo bir daqiqani ham 
boy bermasdan iqtisodiy masalalarni hal etish kerak. Biz uchun asosiy 
yo‘nalish, barcha vazifalarni hal etish kaliti – O‘zbekistonning real 
siyosiy suvereniteti va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashdir.
Mustaqillik respublikaga o‘z xalqining farovonligini yaxshilashdek 
hayotiy muhim masalalarni hal etish, vujudga keltirilgan imkoniyatlar va 
resurslarni to‘laligicha mustaqil ravishda rejalashtirish va ulardan foyda-
lanish, o‘z xalqining farovonligi yo‘lida va o‘zaro foydali negizda 
markaz, boshqa respublika va xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro 
munosabatlarni mustaqil o‘rnatish imkonini beradi». 
«Aniq iqtisodiy hisob-kitoblar siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka 
o‘tish ushbu vazifaning butun murakkabligi va nihoyatda qaltisligini 
hisobga olganda, ayni vaqtda bozor iqtisodiyoti joriy etilishi bilan oson 
kechishi mumkin emasligini ko‘rsatmoqda. Lekin faqat ana shu 
mustaqillik bugungi jamiyatimizda yo‘q bo‘lgan narsalarni – haqiqiy 
mehnat qilishga intilishni, samarali ish uchun moddiy omillarni berishga 
qodir. Bunda – o‘tmishda ham, hozir ham, kelajakda ham – butun 
muammoning mohiyati yashiringan. Ko‘p yillik achchiq tajriba, qanday 
tayoq ostida ishlamaylik – xoh u plan, xoh davlat buyurtmasi yoki davlat 
yo‘li bilan mahsulot yetkazib berish bo‘lsin – faqat arzimagan samara 


 83
keltirishini ko‘rsatib turibdi. Chunki bunday tizim insonning ijodiy 
tashabbusini falaj qiladi, undagi egalik hissini yo‘qotadi. O‘z ishidan 
norozilik keltirib chiqaradi».
«Bizga mustaqillik kerak. Binobarin, har doim, hamma davrda va 
barcha tuzumlarda mulk huquqi ham iqtisodiy, ham siyosiy 
mustaqillikning hal qiluvchi sharti bo‘lgan. Bu nima degani? Agar men 
nimagadir ega bo‘lsam, ana shu mulkdan o‘z manfaatlarim yo‘lida 
foydalanaman va uni tasarruf etaman, demak, men mulk egasiman. Xuddi 
shu yerda mening shaxsiy erkinligim, mustaqilligim va ayni vaqtda ja-
miyatda boshqa odamlar orasidagi o‘zaro aloqalarimning asosi bor. Ayni 
paytda egalik huquqi faqat moddiy boyliklargagina taalluqli emas. Bu 
aqliy qobiliyatga ham taalluqlidir. Mustaqil shaxslarning uyg‘unligi esa 
butun jamiyat mustaqilligining asosidir». 
«Agar iqtisodiy quvvatimizni tashkil etadigan barcha asosiy fondlar 
bugungi kunda 100 milliard so‘m hisoblansa, hozir amal qilayotgan 
tartibga ko‘ra, qariyb 30 milliard so‘m pul Ittifoq tobeligidadir. Ishlab 
chiqarishning asosiy fondlarida esa bu mutanosiblik yanada yomon. Bu 
sohada mablag‘larning beshdan ikki qismi Ittifoq tobeligida, shu 
jumladan sanoatda ana shu mablag‘larning deyarli 70 foizi, transportda 
hamda moddiy-texnika ta’minotida, ilm-fanda 30 foizga yaqini Ittifoqqa 
tegishli». 
«Eng muhim narsa nima? 
Birinchisi, respublika mulki mustaqil va u federasiyadan ajratilgan. 
Ikkinchisi, o‘lkamiz zamini, yer osti boyliklari, korxonalari va 
tashkilotlari O‘zbekiston SSRning mutlaqo o‘z mulki hisoblanadi. Ana 
shu boyliklarimiz mustaqilligimizni, respublikamizning madaniy va 
tarixiy qadriyatlarini ta’minlaydi. 
Uchinchisi, O‘zbekistonda mulkchilikning xilma-xil shakllarini 
rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Bu shakllar teng huquqli bo‘lishi kerak». 
Ma’lumki, sobiq Ittifoqdagi ishlab chiqarish munosabatlari 
mehnatkashlarning ijobiy tashabbusini tang ahvolga solib qo‘ygan edi. 
Mulkchilikning turlari qancha ko‘p bo‘lsa, uning egalari o‘zgarib tursa, 
inson omili faollashuviga olib keladi, chunki amalda mehnat jarayoniga 
va mehnat natijalarini taqsimlash usullariga qiziqish o‘zgarib boradi. 
Boshqacha qilib aytganda, mehnatning jadallashuvidan moddiy 
rag‘batlanish inson omilining rivojlanishida asosiy kuch tarzida namoyon 
bo‘ladi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mustaqillikka qadar «Mulk 
to‘g‘risida», «Tadbirkorlik to‘g‘risida», «Yer to‘g‘risida», «Kooperatsiya 
to‘g‘risida» va boshqa shu kabi qonunlarning qabul qilinishi ta’sirida 


 84
inson omilining ko‘pgina tomonlari erkin faoliyat yo‘liga kirganligini 
yana alohida qayd etish lozim. 
Davlatimiz rahbari yuqoridagi masala yuzasidan quyidagilarni 
ta’kidlaydi: «Bozor munosabatlariga o‘tish masalasi. Ana shunday 
maqsad va vazifalardan kelib chiqib, respublikada o‘tish davridagi resurs-
larimiz va imkoniyatlarimizdan samarali foydalanish, aholining ijtimoiy 
himoyasi, ayniqsa, kam ta’minlangan aholi ijtimoiy himoyasining 
ishonchli mexanizmi ishlab chiqilishi lozim. 
Bunda eng asosiy masala – mulkchilik muammosidir. Mulkchilik 
haqidagi tushunchamizni belgilab olmay turib, ishlab chiqarish 
munosabatlariga yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyati bo‘lmaydi, 
boshqacha qilib aytganda, respublikada mulkchilikning qanday shakllari 
bo‘lishini aniqlab olish darkor. 
Biz mulk shakllarining xilma-xilligini boshqariladigan bozorning hal 
qiluvchi omili, deb bilamiz (E’tibor qarating: davlatimiz rahbari 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling