Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
mustaqillikka qadar boshqariladigan bozor haqidagi ilmiy qoidani ilgari
surgan – ta’kid bizniki Sh. Qobilov). Davlat mulki bilan bir qatorda va u bilan teng huquqlilik asosida kollektiv, aksionerlik, oila, shaxsiy mehnat, shaxsiy mulk ham keng yoyiladi». Davlatimiz rahbari yuqoridagi talablardan kelib chiqib ijtimoiy vaziyatni mo‘tadillashtirish borasida 1990-yilning oktabrida, hali O‘zbekiston mustaqillikka erishmagan davrda O‘zbekiston Respublika- sida «Mulk haqida»gi qonunning qabul qilinishida tashabbus ko‘rsatgan. Bu Prezident Islom Karimovning jamiyatimizning iqtisodiy negizlari va iqtisodiy mustaqilligimizni mustahkamlashdagi dadil amaliy qadami edi. Bu MDH mamlakatlari ichida birinchilardan bo‘lib xususiy mulkning huquqiy maqomi, mulk subyektlarining vakolati va burchlarini qonuniy mustahkamladi. Mustaqillik arafasida Islom Karimov tashabbusi bilan yana bir muhim qadam tashlandiki, 1991-yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Shu bois bugungi kunda mustaqillik arafasida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar xalqimizga hayotiy muhim manfaatlarini yuzaga chiqarishda amaliy ko‘mak berdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy tamoyillaridan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan chuqur asoslab berilgan kuchli ijtimoiy siyosat aholi yalpi daromadlarining o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 85 Mazkur islohotlar natijasida 1990–2010-yillar (1991–2000-yillar bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri) davomida O‘zbekiston aholisining yalpi daromadlari aniq hisob-kitoblarga ko‘ra 8,6 barobar oshdi. Yalpi daromadlar tarkibida shu davrda mulk daromadlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar ko‘rinishidagi yangi daromad turlari paydo bo‘ldi. Tabiiyki, sobiq mustabid tuzum davridagi markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitida aholining bunday daromad manbalari shakllanishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmas edi. Yangi turdagi bunday daromadlar hissasiga 2012-yilda yalpi daromadlarning 51 foizi to‘g‘ri keldi. Yangi turdagi ushbu daromadlarning afzalligi shundaki, aholining tadbirkorlik sohasidagi faollashuvi oila yalpi daromadlarining jadal ravishda oshib borishi uchun rag‘batlantiruvchi bozor omillarini yaratadi, markazlashtirilgan iqtisodiyot sharoitida keng tarqalgan boqimandalik va daromadlarning bir xilda bo‘lishi darajasini pasaytiradi. O‘rtacha oylik ish haqi miqdorining bosqichma-bosqich oshirib borilishi yalpi daromadlar tarkibidagi, o‘tish davrining dastlabki yillarida bo‘lgani kabi, ulushi yanada pasayib ketishining oldini oldi. Hozirgi paytda aholining yalpi daromadlarida oylik ish haqining ulushi barqaror holat, ya’ni 30–32,1 foiz darajasida saqlab qolinmoqda. O‘zbekistonda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora- tadbirlarning qabul qilinishi, hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan o‘rta sinfni shakllantirish imkonini berdi. Ekspert xulosalariga ko‘ra, o‘rtacha daromadga ega bo‘lganlar, agar 1990-yilda aholining 18 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2001-yilda uy xo‘jaliklarini tadqiq etish natijalariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 24 foizga yetgani ayon bo‘ldi. 2010-yilda esa 60 foiz uy xo‘jaliklari o‘rtacha darajadan kam bo‘lmagan barqaror daromadga ega bo‘lgan. O‘tgan 21 yil mobaynida yurtimizda uy-joy hajmining ko‘rsatkichi qariyb 2 barobar oshgani, oilalarning 98,5 foizi o‘zining shaxsiy uy-joy yoki kvartirasiga, qishloqda yashayotgan oilalarning 97,5 foizi shaxsiy tomorqasiga ega bo‘lganini ayni shu maqsadda amalga oshirgan milliy dasturlarimizning natijasidir. 2012-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 54,5 foizni tashkil etganligining poydevori bundan 22 yil oldin qo‘yilganligini eslash va alohida qayd etib o‘tish joiz. Mulkiy munosabatlar har doim yuridik qonunlarda qayd etiladi. Busiz mulkchilik amal qilmaydi. Qonunchilik orqali mulkiy aloqa – bog‘lanishlar boshqarib boriladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida: «O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», – deb yozilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling