Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mulk shakllari – bu o‘zlashtirishning xarakteridir, ya’ni uning 
ko‘rinishi, qiyofasi, mazmunidir. O‘z mehnati evaziga o‘zlashtirish, 
o‘zgalar yaratgan boylikni tekinga o‘zlashtirish, yakka tartibda, jamoa 
bo‘lib, sherikchilik asosida o‘zlashtirish borki, ular mulkchilikning har 
xil shakllarini bildiradi. 
Dastlab, ibtidoiy tuzumda urug‘-jamoa mulki paydo bo‘lgan, so‘ngra 
xususiy mulk kelib chiqqan. Xususiy mulk turli ko‘rinishda 
ekspluatatsiyaga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda hukmron 
bo‘lgan. Xususiy mulkdan davlat mulki o‘sib chiqqan, monopollashgan 
davlat mulki yuzaga kelgan. Jamiyat taraqqiyoti monopoliyadan mulkiy 
demokratiya tomon boradi. Shu sababli bir mulk monopoliyasi o‘rniga 
turli mulklarning muvozanati vujudga keladi. Bu degani mulkiy 
monostruktura (tanho mulkchilik) o‘rniga mulkiy polistruktura (har xil 
mulkchilik) qaror topadi. Mulkiy polistruktura aralash iqtisodiyot tizimiga 
xosdir. Endi har bir mulk shaklini alohida-alohida ko‘rib chiqish 
maqsadga muvofiqdir. 
Xususiy mulk – ayrim kishilarga tegishli va daromad topishga 
qaratilgan mulk. Uning ikki ko‘rinishi bor: individual-xususiy mulk, 
korporativ-guruhiy mulk. Individual mulk bor joyda boylikni o‘zlashtirish 
alohidalashgan holda, ayrim mulkdor tomonidan amalga oshiriladi. 
Masalan, korxona individual mulk bo‘lsa, kelgan foydani faqat uning 


 90
egasi oladi. Korxonani ijaraga berish yoki aksioner jamiyatga aylantirish 
tanho mulkdor ixtiyorida bo‘ladi. Korporativ xususiy mulk deganda
boylikni individual tarzda o‘zlashtirish, lekin mulkdorlar sherikchilik 
asosida ma’lum guruhlarga birlashgan sharoitda o‘zlashtirish tushuniladi. 
Mazkur mulk hissadorlikka tayanadi. Mulkdor o‘zining individual 
hissasini pay (ulush) sifatida umumiy, ya’ni guruhiy ishga sarflaydi. 
Uning mulki alohida emas, boshqa sheriklar mulki bilan birgalikda 
ishlatiladi. Topilgan daromad o‘z ulushiga qarab individual tarzda olinadi. 
Bu yerda o‘zlashtirishning individual guruhiy shakli yuzaga chiqadi. 
Mazkur mulk shakli aksioner jamiyatlar faoliyatida ko‘rinadi. Ammo har 
qanday aksioner jamiyat emas, balki individual kapitallarni birlashtirishga 
asoslangan jamiyatlar korporativ xususiy mulk bo‘ladi. Gap shundaki, 
aksioner jamiyatda davlat va jamoa mulki ham bo‘lishi mumkin. Bunda 
korporativ mulk paydo bo‘lmaydi. Xususiy korporativ mulkning paydo 
bo‘lishiga sabab shuki, ishlab chiqarish ko‘lami ortib borgan sari 
individual boylik katta ishni boshlashga yetishmay qoladi, ya’ni serkapital 
sohalarga kapital solish uchun individual mablag‘ miqdori ozlik qiladi. 
Mablag‘larni birlashtirish zarur bo‘ladi, zaruriyat korporativ mulkchilikni 
taqozo etadi. Bundan tashqari, mulkdorlar soni ortib boradi, ayni vaqtda 
tadbirkorlikda xavf-xatar kuchayadiki, uni kichik mulkdor zimmasiga 
ololmaydi. Mayda mulklar birlashib, korporativ mas’uliyat paydo bo‘ladi. 
Xatar ko‘pchilik zimmasiga tushib, yengil kechadi. Bunday jarayon 
xususiy mulk rivojining yuqori bosqichlariga xosdir. 
Xususiy korporativ mulkning muhim ko‘rinishi monopolistik mulkdir. 
Monopolistik xususiy mulk – guruhga birlashgan yirik mulkdorlarning 
iqtisodiyotning u yoki bu sohasida tanho hukmronligiga tayangan holda 
o‘ta katta boylikning ozchilik tomonidan o‘zlashtirilishini bildiruvchi 
mulkdir. Uning namunasi bo‘lgan monopoliyalar ham korporativ tarkibga 
ega bo‘ladi. Ular amaliyotda korporatsiya deb nom olgan. Monopoliyalar 
hukmron sharoitda monopollashgan bozor mavjud bo‘ladi. Individual 
xususiy mulk XIX asrda gullab-yashnagan va u yovvoyi kapitalizm, 
tartiblashmagan bozor iqtisodiga xos bo‘lgan XX asrning birinchi yarmida 
monopolistik xususiy mulk rivoj topgan. XX asrning II yarmidan boshlab 
nomonopolistik xususiy mulkning korporativ shakli tez rivojlana boshladi. 
80-yillardan boshlab mayda aksioner jamiyatlar (bular erkin 
monopollashmagan korporativ mulk) tez rivojlanib bordiki, bu aralash 
iqtisodiyotga xosdir. 
O‘zbekistonda ham o‘tmishda xususiy mulkchilik rivojlangan. Oktabr 
inqilobidan oldin individual xususiy mulk keng ko‘lamda mavjud edi. 


 91
Turkiston o‘lkasida individual mulk sohibi bo‘lgan dehqonlar va kosiblar 
1 mln. kishini tashkil etgan. XIX asrning oxirlarida korporativ mulk ham 
paydo bo‘lgan. Masalan, «Besh-Bosh» (5 korxona egalarini birlashti-
ruvchi), «Ⱥɧɞɪɟɟɜɫɤɨɟ
ɬɨɜɚɪɢɳɟɫɬɜɨ», «ɉɨɥɟɥɹɯɨɜɫɤɨɟ
ɬɨɜɚɪɢɳɟɫɬɜɨ» nomli jamiyatlar amal qilgan. Totalitar sotsializm davrida 
xususiy mulk taqiqlangan. Bozor iqtisodiga o‘tish munosabati bilan 
O‘zbekistonda mulkiy erkinlik vujudga keldi. O‘zbekiston Respublika-
sining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi qonun (1990-yil oktabrda qabul 
qilingan) xususiy mulkka ruxsat berdi. O‘zbekistonda asosan mayda 
individual xususiy mulk bo‘lib, u yakka tartibda ishlovchilar korxonasi, 
kichik biznes vakillari, fermer xo‘jaliklari, tomorqa xo‘jaligi, yollanma 
mehnatga tayanib ish yurituvchi xususiy korxonalardan iborat. 
O‘zbekistonda korporativ xususiy mulkning ilk ko‘rinishlari mavjud 
bo‘lib, ularni ayrim fuqarolar mablag‘larini birlashtiruvchi jamiyatlar 
tashkil etadi. Xususiy mulkdan tashqari shaxsiy mulk ham borki, u ham 
individual o‘zlashtirishni bildiradi. Ammo u xususiy mulkdan farqliroq 
daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy ehtiyojni qondirishga 
qaratiladi. Asosan iste’mol buyumlari, ya’ni oziq-ovqat, kiyim-kechak, 
turar joy, transport vositalari shaxsiy mulk obyekti bo‘lib xizmat qiladi. 
Ular pul topishga emas, shaxsiy hayot kechirishga qaratiladi. Bu 
mulkning o‘sish manbai iste’molga ajratilgan daromad hisoblanadi. 
Shaxsiy mulkning ko‘pligi jamiyat boyligini bildiradi. Xususiy va shaxsiy 
mulk birgalikda fuqarolar mulki deb yuritiladi. Ular o‘rtasidagi chegara 
nisbiydir. Muayyan boylik shaxsiy mulkdan xususiyga aylanishi mumkin. 
Masalan, muayyan bir kishining topgan puli iste’mol tovarlari va 
xizmatlarni xarid etib, iste’mol qilishga ishlatilsa, u shaxsiy mulkka 
aylanadi. Agar uni aksiyaga aylantirib, daromad topilsa, xususiy mulk 
bo‘ladi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling