Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Jamoa mulki – boylikning muayyan maqsad yo‘lida ayrim 
jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishidir. 
Bu mulk sharoitida o‘zlashtirish jamoadan tashqarida bo‘la olmaydi. 
O‘zlashtirishning sharti jamoaga kirishdir. Hamjihat o‘zlashtirish 
birlamchi, boshqa o‘zlashtirish ko‘rinishlari faqat u orqali bo‘lishi 
mumkin. O‘zlashtirish uchun mulk egasi bo‘lish kifoya etmaydi. Buning 
uchun ish faoliyatida birgalikda qatnashish zarurdir. Jamoa mulki 
mehnatsiz o‘zlashtirishni inkor etadi va korporativ-xususiy mulkdan 
farqliroq nafaqat mulkka, balki mehnatga ham hissa qo‘shishni talab 
qiladi. Shundagina o‘zlashtirish yuz beradi, ishlab chiqarish resurslari 
birgalikda ishlatiladi, ammo olingan natijaning bir qismi individual 


 92
o‘zlashtiriladi, lekin bu ham mulkdagi, ham mehnatdagi hissadorlikka 
qarab bo‘ladi. Natijaning qolgan qismi umumiy talab-ehtiyojlarni 
birgalikda qondirish, mulkni ko‘paytirish maqsadlarida o‘zlashtiriladi. 
Xususiy mulkdan farqliroq, jamoa mulki ekspluatatsiyani inkor etadi. 
Jamoa mulkining afzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining 
o‘zini mulkdor qiladi. Bu yerda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir 
kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
birikadi, ya’ni xodimlar o‘z ish kuchi bilan o‘zining mulki bo‘lgan 
vositalarni harakatga soladilar. Mulk xodimlarning o‘ziniki bo‘lganda 
moddiy javobgarlik va manfaatdorlik kuchli bo‘ladi. Mulk avaylab 
ishlatiladi va yaxshi samara beradi.
Jamoa mulki ham tarixan ko‘hna mulk, lekin xususiy mulk hukmron 
sharoitda yordamchi mulk shakli bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, Oktabr 
inqilobidan oldin O‘zbekistonda ekiladigan yerlar (hayot yeri deb atalgan) 
xususiy mulk bo‘lgan, dehqonchilikka yaroqsiz yerlar qishloq jamoasining 
umumiy yeri bo‘lib (paykal yeri deb atalgan), undan birgalikda 
foydalanishgan. Mulkiy monopoliya barham topib, mulkiy munosabatlar 
erkin demokratik tus olgan sharoitda jamoa mulki rivojlana boshladi. 
Aralash iqtisodiyotda jamoa mulki salmoqli o‘rin tutadi. 
O‘zlashtirish sharti mehnat qilish bo‘lganidan ekspluatatsiyaga, ya’ni 
o‘zga hisobidan boylik orttirishga o‘rin qolmaydi. Shu jihatdan olganda
hozirgi rivojlangan davlatlarda yovvoyi kapitalizmga xos ekspluatatsiya 
sekin-asta surib chiqarilmoqda. Bundan tashqari, u yerda o‘zga 
mehnatidan foydalanib, boylik orttirishga davlat nazorati orqali chegara 
qo‘yiladi. Yollanib ishlash ixtiyoriy bo‘lib, mehnat qilishda iqtisodiy 
majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi, har bir kishi mehnat sohasi va turini 
tanlay oladi, korxona egasi o‘z bilganicha ish haqini pasaytira olmaydi, u 
ishchi-xizmatchilarga me’yoriy ish sharoiti yaratib berishi, ularni har xil 
ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlashi shart. Jamoa mulki ichki unsurlari, 
uning turlaridan iborat. 
Kooperativ mulki jamoa mulkining asosiy turi, har xil 
kooperativlarga birlashgan kishilarning umumiy mulki, mulkdagi 
hissadorlikka asoslangan bo‘lib, guruhiy mazmunga ega. 
Ijaraga olingan korxona jamoasi mulki – ijarachilar jamoasi o‘zi 
ishlab topgan mulk. Bunday korxonada mulk ikki qismdan iborat: 1) 
korxona egasiga qarashli mulk; 2) jamoaga qarashli umumiy mulk. Shu 
ikkinchi mulk obyekti birgalikda ishlab topilgan pul yoki pulga olingan va 
jamoa tasarrufidagi hamda uning manfaati yo‘lida ishlatiluvchi moddiy 


 93
boylikdir. Uning subyekti faqat ijarachilar jamoasi hisoblanadi. Jamoa 
korxona egasi mulkidan ham foydalanadi, lekin uni tasarruf eta olmaydi. 
Korxona jamoasining mulki – ishchi va xizmatchilar jamoasi 
davlatdan yoki xususiy mulk sohibidan sotib olgan va umumiylashtirib
birgalikda o‘zlashtiriladigan mulk. Bu yerda mulk ikkiga ajralmaydi, 
hamma mol-mulk va pul mablag‘lari korxona jamoasi ixtiyorida turadi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling