Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Korxona va tashkilotlar uyushmasi (assotsiatsiyasi) mulki – ma’lum
maqsad yo‘lida uyushma tashkil etganlarning umumiy mulki. O‘z faoliyatini uyg‘unlashtirish, savdo-sotiq, ishlab chiqarish, boshqarishni tashkil etish uchun har xil yoki bir xil mulkka oid korxonalar va tashkilotlar ajratgan moddiy va pul mablag‘i hisobidan tashkil topgan, lekin ishtirokchilar mulkidan alohidalashgan umumiy mulk paydo bo‘ladi. Uni har bir ishtirokchi emas, balki uyushma tasarruf eta oladi. Bu mulk umumiy manfaat yo‘lidagina ishlatiladi. Ijtimoiy tashkilotlar mulki – ijtimoiy tashkilotlar (partiyalar, kasaba tashkilotlari, xalq harakatlari, turli fondlar va boshqalarga a’zo bo‘lgan va o‘z ulushini qo‘shgan kishilarning umumiy mulkidir. U badal puli, ajratmalar, xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar hisobidan paydo bo‘ladi, tashkilotlar nizomida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirishga xizmat qiladi. Intellektual mulk – iqtisodiy faoliyat mahsulotlarining tijorat maqsadida foydalanishga berilgan yagona huquqdir. Intellektual mulk ijodiy faoliyat mahsulotlari egalariga ulardan foydalanishdan yakka o‘zi moddiy manfaat ko‘rish uchun shart-sharoit ta’minlaydigan maxsus huquqiy himoyaning obyekti hisoblanadi. Diniy tashkilotlar mulki – dindorlar tashabbusi bilan vujudga kelgan tashkilotlarning mol-mulki. Bu mulk ham birgalikda tasarruf etiladi va u o‘tmishdan meros qolgan diniy tashkilotlarga qarashli bino-inshootlar bilan cheklanmay, dindorlardan tushgan mablag‘lar, korxona va tashkilotlarning xayriya yordami, diniy marosimlardan tushgan daromad hisobidan shakllanadi. Mazkur mulk obyekti – masjidlar, madrasalar, cherkovlar, kostyollar, sinagoglar va u yerlardagi asbob-anjomlar, kitoblar, marosim uchun zarur buyumlar, tashkilotlar ixtiyoridagi pul mablag‘i va boshqalardir. Uning subyekti dindor kishilar. Ular nomidan mulkni diniy tashkilotlar tasarruf etadi. Mazkur mulk faqat din yo‘lida ishlatiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunining 2012-yilda kuchga kirishi iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida oilaviy biznesni rivojlantirish orqali aholini foydali mehnatga jalb qilish 94 imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Oilaviy korxona va xo‘jaliklar borki, u yerdagi mol-mulk daromad topishni ko‘zlaydi, birgalikda o‘zlashtiriladi. Bir necha qondosh oilalar uyushmasi jamoa bo‘lib, uning doirasida mulkiy aloqa paydo bo‘ladi. Oila mulki obyekti oilaga qarashli mol-mulk bo‘lib, u mehnat vositalari bilan birga iste’mol buyumlaridan ham iborat. Oila mulki zaminida mikroiqtisodiyotning bir turi – oila xo‘jaligi amal qiladi. Mazkur qonunga muvofiq, oilaviy korxonalar oila yashab turgan turar joyda faoliyat yuritishi va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni shu yerda sotishi mumkin. Bundan tashqari oilaviy korxonalar tomonidan ishlab chiqarish faoliyati uchun foydalaniladigan turar joylarni noturar joylarga o‘tkazish ham talab qilinmaydi. Oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarsa (ishlab bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) kommunal infratuzilmalari (elektr energiyasi, kanalizatsiya, suv, gaz va issiqlik ta’minoti) haqini to‘lash aholi uchun belgilangan ta’riflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshiriladi. Mahalla jamoatchilik asosida o‘z-o‘zini boshqarish tizimi bo‘lib, u ma’lum hududda yashovchi barcha oilalarni birlashtiradi. Mahalla mulki – mahalla ahlidan iborat jamoa doirasida unga qarashli boylikning hamjihatlik bilan o‘zlashtirishdir. Mahalla ixtiyoridagi bino- inshootlar (kutubxona, idora binosi), marosimlarga xizmat qiluvchi asbob- anjomlar mahalla mulkining obyekti bo‘lsa, uning subyekti jami mahalla ahli hisoblanadi. Mahalla ahlining pul mablag‘lari, davlat (mahalliy hokimiyat) bergan mablag‘lar, mahallada joylashgan korxona va tashkilotlarning xayriya ajratmalari hisobiga mahalla mulki shakllanadi va o‘sib boradi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling