Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


 Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 
maqsadi va usullari 
Mulkiy munosabatlar taraqqiyotida xususiylashtirish ham zaruratga 
aylanadi. Mulkiy monopoliyadan mulkiy erkinlikka o‘tish muqarrarligidan 
xususiylashtirish zarurati kelib chiqadi. Ammo xususiylashtirish iqtisodiy 
jihatdan mulkni davlatlashtirishdan chekinishni, davlat mulkining boshqa 
mulklarga aylanishini bildiradi. U davlat mulki hisobidan nodavlat mulk 
shakllarini rivojlantirishdir. Yuqorida aytganimizdek, mulkiy munosa-
batlarga xos narsa erkin mulkdan monopol mulkka (bunga davlat mulki 
ham kiradi) va qaytadan monopol mulkdan erkin mulkka o‘tishdir. Shu 
sababli xususiylashtirish faqat hozir biz yashab turgan davrda yuz 
bermoqda desak, noto‘g‘ri bo‘ladi. O‘tmishda yer, suv, o‘rmon boyliklari, 
bino, inshoot va boshqalar davlat mulkidan chiqarilib, ayrim shaxslarga – 
ularning davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun, xususiy mulk sifatida 
berish mavjud bo‘lgan. Ammo u paytlarda xususiylashtirish davlat 
mulkining faqat xususiy mulkka aylanishidan iborat bo‘lgan va ayrim 
mamlakatlarda yuz bergan. Hozirgi xususiylashtirish umuminsoniy, 
umumdunyo hodisasi bo‘lib, monopollashgan bozor iqtisodiyotidan erkin 
bozor iqtisodiga o‘tish bilan bog‘liq. Bu hodisaning o‘z moddiy asosi bor. 
Ilgari ishlab chiqarish faqat katta miqyosda to‘plangan holda rivojlana 
olgan, chunki texnika-texnologiya shuni talab qilgan. Endilikda ishlab 
chiqarishning katta qismi ozchilik qo‘lida to‘planishi shart emas. 
Aksincha, mayda firmalar doirasida ham samarali ishlab chiqarishni 
yurgizish mumkin, chunki katta xususiy mablag‘ bo‘lmasa-da, uni qarz 
olib, hatto asbob-uskunani ijaraga olib tadbirkorlik qilish mumkin. Mayda 
tarqoq ishlab chiqarish raqobatga sharoit hozirlab, iqtisodiy o‘sishni 
rag‘batlantiradi. Mulkning davlat ixtiyorida bo‘lish zarurati kamaydi. Shu 
boisdan xususiylashtirish ommaviy tus olib, hamma davlatlarda yuz 
bermoqda, bozor iqtisodiyotiga o‘tib bo‘lgan mamlakatlarda ham amalga 
oshmoqda. 


 98
Xususiylashtirish mulkni demokratlashtirish sifatida davlat mulkini 
ko‘pchilik o‘rtasida tarqatib, mulkdorlarni ko‘paytirishni bildiradi. Uni 
amalga oshirishning bir necha yo‘llari mavjud:
1) davlat korxonalarini aksionerlar jamiyatiga aylantirib, uning molu 
mulki hisobidan chiqargan aksiyalarni xalqqa sotish. Aksiyani sotib olgan 
kishi mulkdorga aylanadi; 
2) ijaraga olingan davlat korxonasini ijarachilar jamoasi tomonidan 
o‘zi ishlab topgan pulga yoki qarzga sotib olib, uni jamoa mulkiga 
aylantirish. Bunda yangi mulkdorlar xalq emas, faqat korxona jamoasi 
bo‘ladi; 
3) davlat mulkini qiymatiga qarab chiqarilgan sertifikatlar yoki 
vaucherlarga binoan fuqarolarga bepul berish. Bunda mulk xalq o‘rtasida 
tarqatiladi, chunki vaucher va sertifikat korxona aksiyasini olish huquqini 
beradi;
4) 
davlat mulkini faqat tanilgan, ishning ko‘zini biladigan, 
mas’uliyatni zimmasiga ola biladigan tadbirkorlarga, boshqaruvchilarga 
(menejerlarga) sotish. Bunda ham ma’lum qatlamgina mulk sohibiga 
aylanadi; 
5) davlat mulkini xorijiy qarzni uzish evaziga chet el firmalari va 
fuqarolariga berish. Bunda milliy mulk hisobidan xorijiy mulk o‘sadi;
6) davlat mol-mulkini auksionlarda kimoshdi savdosi orqali sotish. 
Bunda ham faqat ma’lum toifadagi kishilargina yangi mulk sohibiga 
aylanadilar. 
Xususiylashtirish usullarini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. 
Agar ishbilarmonlikni rag‘batlantirib, mulkiy mas’uliyatni kuchaytirish 
nazarda tutilsa, xususiylashtirish saralangan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi. 
Mulkchilikda ijtimoiy adolatni ta’minlab, hamma uchun teng imkoniyat 
yaratish shart bo‘lsa, xususiylashtirish butun xalq ishtirokida o‘tkaziladi. 
Bunga Rossiyadagi vaucherizatsiya misol bo‘la oladi. Rossiyada 1992-yili 
har bir fuqaroga 10 000 rubllik vaucher tarqatildi, bu bilan har bir kishi 
davlat mulkida shu summaga teng hissaga ega bo‘ldi. O‘zbekistonda 
xususiylashtirish korxona jamoasi uchun ustuvorlik berish yo‘sinida 
boshlandi. Bunda korxona mol-mulki uning jamoasiga beriladi. Bundan 
maqsad xususiylashtirish jarayonida ko‘proq jamoa mulkini o‘stirish 
bo‘ldi, ammo iqtisodni liberalizatsiyalash uchun xalq xususiylashtirishiga 
ham yo‘l berildi. 
Agar xususiylashtirish chet el kapitalining kirib kelishiga yo‘l ochishi 
zarur bo‘lsa, davlat mulki xorijiylarga berish shaklida amalga oshirildi. 
Xususiylashtirish usullaridan ayrimlarining ustuvorligi boshqa usullarni 
ham qo‘llashni bildiradi. Masalan, O‘zbekistonda xususiylashtirish 


 99
korxona jamoasiga ustunlik beradi, lekin aksionerlash ham mavjud, unda 
chet el kapitali ham ishtirok etib, mulkni sotib olishi mumkin. 
Xususiylashtirish sharoitga qarab pulli, bepul yoki imtiyozli tarzda 
o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan qat’i nazar, bu tadbir xilma-xil 
mulkchilikni ta’minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat 
mulkining hamma shakllari va turlari rivojlanadi. Xususiylashtirish davlat 
mulki monopoliyasini tugatishga qaratilgan, ya’ni u antimonopol 
xarakterga ega mulk sohiblarini, binobarin, mustaqil tovar ishlab 
chiqaruvchilarni ko‘paytirib, sog‘lom raqobatga yo‘l ochadi. Xususiy-
lashtirishning pirovard maqsadi mulkiy mas’uliyatni ishga solish orqali 
iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash, xalq farovonligini oshirishdir. 
Davlat mulkining xususiylashtirilishi va kichik biznes rivojining 
rag‘batlantirilishi natijasida O‘zbekistonda yangi ijtimoiy qatlam – 
mulkdorlar sinfi paydo bo‘ldi. Bu qatlamning umumiy soni qariyb 6,5 
million kishini, jumladan, aksiyadorlar 1,4 million, xususiy fermer 
xo‘jaliklari egalari 80,6 ming, shuningdek, dehqon xo‘jaliklari va 
daromad keltiradigan boshqa mulk shakllari egalari (mas’uliyati 
cheklangan jamiyatlarning nizom jamg‘armasida o‘z ulushiga ega bo‘lgan 
shaxsiy korxonalar va boshqalar) 4,8 million nafarni tashkil etadi. 
Xususiylashtirish tufayli qimmatli qog‘ozlar va mulk bozori kabi yangi 
bozorlar paydo bo‘lib, ko‘p tarmoqli iqtisodiyotning shakllanishi va bozor 
munosabatlarini yanada rivojlantirishga asos bo‘ldi. 
1-jadval 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling