Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
O‘zbekistonda mulkdorlar sinfining shakllanishi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
4. O‘zbekistonda mulkdorlar sinfining shakllanishi
va uning ahamiyati Prezident Islom Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997- yil) asarida mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanishi uchun belgilangan vazifalar bugunga kelib O‘zbekistonda jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining yengil kechishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘z vaqtida qilingan xulosalar quyidagi mazmunda edi. Bular: 1) mamlakatda chinakam o‘rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirda, islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo‘ladi. Iqtisodiy jihatdan sobitqadam va barqaror jamiyatni shakllantirish masalalarini ko‘rib chiqar ekanmiz, eng avvalo, tadbirkorlik va umuman mulkdorlar sinfi davlat va jamoat qurilishida, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab turish va mustahkamlashda qanday rol o‘ynashini nazarda tutish lozim. 104 Ayni o‘rta mulkdorlar sinfi shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyatining tayanchidir. Bu o‘rinda gap, agar mulk shakllari xilma-xilligi va birinchi navbatda xususiy mulk har qanday davlatning demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy asosi hisoblansa, real ishlab chiqarish vositalarining o‘rta mulkdorlaridan iborat kuchli qatlamning mavjud bo‘lishi uning siyosiy asosi ekanligi haqida bormoqda. Aholi orasida haqiqiy mulkdorlar o‘rta qatlamining ko‘pchilikni tashkil etishi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni orqaga qaytarish imkoniyatlarini bartaraf etishning kafolati hisoblanadi. Shu sababli biz iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonini respublikada o‘rta mulkdorlarning chinakam sinfini shakllantirishdek dolzarb vazifani hal qilish bilan bog‘lamoqdamiz. Odam o‘zini chinakamiga mulkdor deb his etmas ekan, o‘z huquqlari, pirovard natijalar va ishlab chiqarish samaradorligi uchun mulkdor sifatida kurashmaydi. Jamiyatda barqarorlikni saqlab qolish va himoya qilishga intilmaydi; 2) chinakam mulkdorlar sinfi ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni izchil amalga oshirish hisobiga, ham kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, qimmatli qog‘ozlar bozorini yaratish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish yo‘li bilan shakllantiriladi. Strategik jihatdan olganda, biz ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo‘ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka beriladi. O‘lkamizning o‘ziga xosligi, ishchi kuchining haddan tashqari ko‘pligi, rivojlangan qishloq xo‘jalik va xom ashyo bazasi, hatto aytish mumkinki, aholining an’analari, ruhiyati kichik va oilaviy biznesni, xususiy tadbirkorlikni faol rivojlantirishni obyektiv zarurat qilib qo‘ymoqda. Kichik biznes – jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo‘tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta tadbirkorlar sinfining paydo bo‘lishi demakdir. Bu – respublika bozorini zarur iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishdir. Bu – yangi ish o‘rinlaridir. Shuni hamisha nazarda tutish kerakki, faqat kichik va xususiy tadbirkorlikni keng, hamma joyda rivojlantirish hisobiga g‘oyat keskin muammoni – aholining (ayniqsa, ortiqcha mehnat zaxiralari mavjud bo‘lgan qishloq joylar va mintaqalarda) ish bilan bandligini ta’minlash vazifasini hal qilishga qodir bo‘lamiz. Xalqning tarixiy ildizlaridan, ruhiyatidan foydalangan holda ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari bilan boyitib qolmay, shu bilan birga, tashqi bozorlarda ham raqobatga bardoshli mahsulot chiqarishga qodir kichik korxonalarning keng tarmog‘ini vujudga keltirish mumkin. 105 Aslida yaqin kelajakda kichik va o‘rta biznes respublikaning ishlab chiqarish va eksport tuzilmasida iqtisodiyotning harakatchan, oson o‘zgartiriladigan sohasi sifatida yetakchi o‘rinni egallashiga erishish lozim. Biz uchun olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu siyosatni ro‘yobga chiqarishda aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari samaradorligi va mahsuldorligini yanada oshirish, ularga davlat yordamini ko‘rsatish muhimdir. Bunda biz kichik va o‘rta korxonalar ibtidoiy, eskirgan asosda emas, balki sifatli va zamonaviy texnika negizida barpo etilishi kerakligiga asoslanamiz. Buning uchun ularni rivojlantirishning yangi manbalari ham chet el investitsiyalarini keng jalb qilish hisobiga, ham ichki manbalar, bank kreditlari hisobiga doimo kashf etib borilishi darkor. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida kichik biznesni rivojlantirishga yordam beradigan huquqiy shart-sharoitlar va institutsional tuzilmalar vujudga keltirildi. Bular – Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond, «Madad» sug‘urta agentligidir. Shuningdek, konsalting, injiniring hamda lizing firma va kompaniyalar, biznes- inkubatorlar tarmog‘i shakllandi. Eng asosiysi, kichik va o‘rta korxonalar hozirniig o‘zidayoq amalda bo‘y ko‘rsatdi. Muhimi – kichik va o‘rta korxonalar iqtisodiyotning hamma sohalarida tashkil etilmoqda. 3) bozor tuzilmasi rivojlangan mamlakatlarning tajribasi haqiqiy o‘rta mulkdorlar qatlamining asosiy qismi aholining pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlar bozoriga, odamlar uchun foydali turli bank depozitlariga va omonatlarga jalb etish vositasida shakllanayotganidan dalolat beradi. Bino- barin, qimmatli qog‘ozlar bozorining ahvoliga qarab bozor munosabat- larining qaror topish jarayoni qay darajada jo‘shqin borayotganligi haqida fikr yuritish mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish hisobiga aholining bo‘sh turgan mablag‘lari aylanishga jalb etiladi. Bu ayni chog‘da iqtisodiyotni barqarorlashtirish sohasidagi muhim vazifani hal qilishga – pul muomalasini, demakki, milliy valutani mustahkamlashga yordam beradi. Eng asosiysi – aksiyalashtirish, fond bozorida qatnashish orqali aholida qimmatli qog‘ozlarning egasi bo‘lishga qiziqish, ular bilan muomala qilish ko‘nikmalari va madaniyati paydo bo‘ladi. Muhimi, ular shunchaki aksiyalarning egasi bo‘lganlik uchun emas, balki mol-mulk bir qismining real mulkdorlari hisoblanganlari hamda mulkdorlar sifatida korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lganliklari uchun ham aksiyadorlar deb 106 atalishi darkor. Odamlar qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga qodir bo‘lganlarida mulkdorlar sinfi amalda vujudga keladi. Yana bir gap. Respublikada qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini jadal shakllantirgan, bizning bozorimiz xalqaro fond va valuta bozorlariga chiqqan hamda qo‘shilib ketgan taqdirdagina, chinakamiga erishish mumkin. Yuqoridagi o‘z vaqtida qilingan xulosalar va belgilangan vazifalar ijrosi bugunga kelib mamlakatimizning iqtisodiy negizini mustah- kamlashda amaliy kasb etdi. Mamlakatimizda ko‘p ukladli iqtisodiyot tarkibida davlat, korporativ va xususiy mulkning tengligi, ayni paytda xususiy mulkning ustuvorligi aniq belgilab qo‘yilgani davlatimizning siyosiy va iqtisodiy tizimini, biz barpo etayotgan jamiyatning ma’no-mazmunini aniq va ravshan ko‘rsatib beradi. Biz mulk va mulkdorlar masalasini yechishda umume’tirof etilgan tamoyillar bilan birga, o‘zimizga xos milliy xususiyat va hayot tarzini inobatga olganmiz. Ayni shunday yondashuv va olib borayotgan siyosatimiz mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlashda, iqtisodiyotimizning ishonchli poydevori va tez sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashda mustahkam omil bo‘lib kelmoqda. Dunyodagi ko‘pgina taraqqiy topgan, bugungi kunda barqaror va badavlat yashab kelayotgan davlatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, avvalo o‘zining xususiy mulkiga ega bo‘lgan shaxs va bunday shaxslardan iborat bo‘lgan toifa, bu boylikni yanada ko‘paytirishga, o‘zini va oilasini boqishga, shu bilan birga, davlat va jamiyat zimmasida bo‘lgan ko‘pgina vazifalarni amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shadi. Va eng muhimi, o‘z yurtida tinchlik va osoyishtalikni saqlash va himoyalashda astoydil jon kuydiradi. Ko‘pchilikni tashkil etgan va bunday maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan toifa – ijtimoiy qatlamlarning o‘rta sinfi deb nom olgani ham bejiz emas, albatta. O‘zbekiston tanlagan va bugun amalga oshirayotgan taraqqiyot yo‘lida tobora kuchga kirayotgan ana shu o‘rta sinf, uning xususiyat va alomatlari haqida gap borar ekan, o‘ta muhim, hayotimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan bir tamoyilga alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Yurtimizning tarixiy-madaniy o‘ziga xosligidan, azaliy qadriyat- larimizdan kelib chiqqan va ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya qilgan holda, bizda o‘ta boylar ham va o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmasligi talab qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling