Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


partiyasining IV qurultoyidagi ma’ruzasida: «Biz O‘zbekistonning


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013


partiyasining IV qurultoyidagi ma’ruzasida: «Biz O‘zbekistonning 
beqiyos salohiyati, uning yer osti va yer usti boyliklari bilan haqli 
ravishda faxrlanamiz va ularni yurtimizning taraqqiyoti, xalqimizning 
farovonligi uchun yanada ko‘proq xizmat qildirish harakatidamiz», – 
degan fikrlarini Vatan taraqqiyoti yo‘lida mavjud resurslardan oqilona 
foydalanishga da’vat sifatida anglash lozimki, resurslarga xo‘jasizlarcha 
munosabat jamiyatning iqtisodiy negizlariga putur yetkazadi. 
5.2. Ishlab chiqarish salohiyati va asosiy fondlar 
Xalq xo‘jaligining ishlab chiqarish salohiyati tabiiy va mehnat 
resurslari, asosiy kapital va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning o‘zaro ta’siri 
jarayonida shakllanadi. 


 110
Asosiy fondlar – to‘plangan binolar, inshootlar, mashinalar, asbob-
uskunalar, transport vositalari hamda ko‘p yil foydalaniladigan boshqa 
ishlab chiqarish obyektlarining qiymatdagi ko‘rsatkichidir. Asosiy 
fondlarning muayyan vaqtdagi real bahosini olish uchun ular bo‘yicha 
inventarizatsion qayta baholash o‘tkaziladi. Asosiy fondlar milliy 
boylikning eng o‘zgaruvchan tarkibiy qismi, ishlab chiqarish 
salohiyatining moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Asosiy fondlarga 
nomoddiy aktivlar (foydali qazilmalarni izlab topish xarajatlari, dasturiy 
ta’minot, texnologiyalar va boshqalar) ham kiradi. 
5.3. Ilmiy-texnikaviy salohiyat 
Ilmiy-texnikaviy salohiyat kadrlar, moddiy-texnikaviy, axborot va 
tashkiliy resurslar majmuidir. Ilmiy yutuqlar – ijtimoiy va iqtisodiy 
taraqqiyotning hal qiluvchi omili. 1990-yillardan boshlab jahonning 
yetakchi mamlakatlarida fanning ilmiy tuzilishi qayta tashkil qilina 
boshlandi: texnikaviy yo‘nalishlar: biologiya, genetika, tibbiyot, biofizi-
kaning ulushi ko‘payib bordi. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy 
xususiyatini fan va innovatsion faoliyatning moliyalashtirilishi tashkil 
etmoqda. Ilmiy texnikaviy salohiyatning eng muhim omilini fan kadrlari, 
xususan tadqiqotchilar tashkil qiladi. Fanning moddiy-texnikaviy bazasi 
(binolar, inshootlar, tajriba-eksperiment uskunalari, o‘quv dala markazlari 
va h.k.) bilan ta’minlanganligi katta ahamiyatga ega. Ilmiy-texnikaviy 
salohiyat mehnat unumdorligining ortishini, mamlakatning iqtisodiy 
o‘sishi va iqtisodiy xavfsizligini belgilab beradi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling