4
4-mavzu. Afrika paleoliti
Afrika qit'asida birinchi odamlarning paydo bo'lishi. Paleolit davriga oid
tosh industriyalarining taraqqiyoti. Olduvey, ashel`,
levallua va boshqa paleolit
davriga oid industriyalar. Afrika paleolit davri madaniyatining o'ziga xos
xususiyatlari.
5-mavzu. Yaqin va O’rta SHarq paleoliti
Yaqin Sharqning tabiiy sharoitini pleystotsen davrida o'zgarib borishi.
Falastin, Suriya, Livan, Turkiya, Iroq, Eron, Afg'oniston
paleolit davri
yodgorliklari. Ularning davrlashtirish muammosi va xususiyatlari. Ibtidoiy
odamlarning Yevropiya qit'asiga tarqalish jarayonida
Yaqin Sharq mintaqasining
axamiyati.
6-mavzu. Yevropa paleoliti
Yevropa qit'asining ilk gominidlar tarafidan o'zlashtirishi muammosi.
Yevropaning ilk tosh industriyalari. Ashel` va klekton industriyalari. Arxantranlar
qoldiqlari. Must`e davriga o'tish jarayonlari, must`e davri industriyalarining turli-
tumanligi. Neandertal tipidagi odam. Yevropaning muzlash
davrlari va ularning
xronologiyasi. Yevropaning yuqori paleolit davri madaniyatlari.
7-mavzu. MDH xududlaridagi paleolit davri yodgorliklari
MDH davlatlarining ekologik sharoitlarining turli – tumanligi. MDH
territoriyasining ilk gominidlar o'zlashtirishlarining yo'nalishlari. Kavkaz, Qrim,
Janubiy Rossiya, Ukraina paleolit davri yodgorliklari.
Markaziy Osiyo va Sibir
paleoliti, Teshiktosh va Obiraxmat g'orlari va Osiyoda Homo Sapiens muammosi.
Do'stlaringiz bilan baham: