Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/48
Sana16.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1361064
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli

Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 
18 
11. Orasta so’zining ma’nodoshini belgilang. 
A) osoyishta B) chehra C) toza D) do’stlik 
12. Qaysi so’z shakldoshlik xususiyatiga ega emas? 
A) son B) ko’z C) taxt D) ter 
13. Tasviriy ifoda berilgan javobni aniqlang? 
A) mum tishlamoq B) burni ko’tarilmoq 
C) kumush tola D) issiq non 
14. Berilgan so’zlarning qaysi birida birinchi bo’g’inigina ochiq 
bo’g’in hisoblanadi? 
A) devoriy B) za’faron 
C) kitoblar D) ko’nglim 
15. Kunduz kunlari bog’larga sho’ng’ib ketamiz // sababi urush, 
bog’lar qarovsiz qolgan. Mazkur gapda // belgisi o’rnida qanday 
tinish belgisi qo’yiladi? 
A) tire B) vergul
C) nuqtali vergul D) ikki nuqta 
Majburiy fan. Ona tili. Variant-28 
1. Qaysi so’zda unli va faqat til oldi undoshlari qatnashgan? 
A) jodugar B) daryo C) deraza D) daraxt 
2. Qaysi so’z talaffuzida o’ tovushi torroq talaffuz qilinadi? 
A) bo’ri B) qo’ri C) xo’roz D) cho’l 
3. Qaysi so’z tarkibida burun tovushining ortishi kuzatiladi? 
A) obro’yim B) shundan C) minbar D) deyilmoq 
4. Arzimagan va befoyda narsalarga keragidan ortiqcha vaqt 
sarflash dono odam uchun nihoyatda og’irdir va bu uni mislsiz 
tashvishga soladi. Mazkur gapda to’ldiruvchilar soni nechta? 
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 
5. Sifatdosh qaysi gapda otlashib kelgan? 
A) O’qiganlarim shu edi. 
B) Barcha maqtanchoqlarning birdan-bir qismati shuki, ular 
ertami-kechmi pand yeyishadi. 
C) Kishi o’z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha 
yoqadi. 
D) Biron-bir foydali ish bilan mashg’ul bo’lmagan odam hech 
baxtli bo’lolmaydi. 
6. Payt ravishi qatnashmagan gapni aniqlang. 
A) Elchilar hozir o’z podshohining topshirig’ini bajarish uchun 
butun ayyorligini ishga solar edi. 
B) Ba’zan Hasanni ham birga olib ketadi. 
C) Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so’ng uning tarhini 
yaxshilab qog’ozga chizajagini aytdi. 
D) Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda yashaydi. 
7. Qaysi javobdagi so’zda egalik qo’shimchasi mavjud? 
A) angla B) to’quv C) shahrimiz D) undan 
8. Kirish so’z qo’llanilgan gapni aniqlang. 
A) To’g’ri, shu payt zalning to’ridagi sahnada musiqachilar 
gumbur-gumbur qilib, sozlarini chala ketishdi. 
B) Toshoyna tokchasidagi soat shoshilinch chiqillaydi 
C) Yangi rais majlis qildi. 
D) Bu g’unchalar… ertaga qanday gul bo’lib ochilishi 
noma’lum… 
9. Bir olimdan so’rabdilar: 
- Ukangni ko’proq yaxshi ko’rasanmi, do’stingnimi? 
- Ukamni, - deb javob beribdi u. – Agar do’st bo’lsa!.. 
Mazkur to’liqsiz gapda qaysi gap bo’lak(lar)i tushirib 
qoldirilgan? 
A) faqat kesim B) hol va kesim 
C) to’ldiruvchi va kesim D) ega va kesim 
10. Xushbo’y chiroyli qizil gul. Ushbu murakkab so’z birikmasi 
tarkibida nechta sodda so’z birikmasi qatnashgan? 
A) ikkita B) uchta C) to’rtta D) beshta 
11. Yasama sifatni belgilang. 
A) aqllilik B) serunum C) xabar D) maqtanish 
12. Qaysi javobdagi gapda olmoshning faqat bir ma’no turi 
uchraydi? 
A) Va shu on shukrona aytib qaytdim men. 
B) Men aytmagan so’zni aytajak kimdir. 
C) Sening qancha puling bor edi? 
D) Menga qanday yashamoqni o’rgatmagin sen! 
13. Ega qatnashmagan gapni belgiling. 
A) Noshud ketganda maqtanar, botir – qaytganda. 
B) Men yoz faslini yaxshi ko’raman. 
C) Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt. 
D) Urushning boshi – o’yin, oxiri – o’lim. 
14. Nechun kerak bo’ldi senga ko’z yoshim, Nechun kerak, 
rubob, senga shuncha g’am?! 
Mazkur parchada so’zlovchining nutqi kim yoki nimaga 
qaratilgan? 
A) g’am-anduhga B) kitobxonga C) rubobga D) dunyoga 
15. Lug’atlarning qaysi turida so’zlarning ma’nosi izohlanadi? 
A) imlo lug’atida B) izohli lug’atlarda 
C) tarjima lug’atlarda D) iboralar lug’atida

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling