Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana16.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1361064
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli

fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Ushbu gapda 
qatnashgan sodda yasama so‘zlar soni nechta?
A) 4 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 3 ta
8. Saharlab, vijdonan, yillab, o’zicha kabi so’zlar qaysi so’z 
turkumiga mansub?
A) sifat B) ot C) ravish D) fe’l
9. Qaysi javobdagi juftliklarda ot va sifat yasovchi qo`shimchalar 
o`zaro omonimlik hosil qilgan?
A) to`lin - to`kin B) kelinchak – kuyunchak
C) supurgi – kuzgi D) qarsak - o`ksik
10. Qaysi gapda qo`shma fe`llar mavjud?
A) Kelajakning oltin kaliti turli sohalarda o`zini ko`rsata 
oladigan yoshlar qo`lida.
B) Shubhasiz, Vatanimizning kelajagi yorug` va ertasi porloq.
C) Bilim kaliti yordamida yo`llarida uchraydigan muammolarni 
yechib ketaveradilar.
D) Xalqimiz farzandlari bugun dunyoning eng taraqqiy etgan 
bilim dargohlarida ta`lim olib kelmoqdalar.
11. Berilgan qaysi gapda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq 
uslubiy xatolikka yo’l qo'yilmagan?
A) Kasallikka eng yaxshi davo mehnat ekanligining barchamiz 
yaxshi anglashimiz maqsadga muvofiqdir.
B) Hukmdor dehqonning vaqtning qanchalar qadrlashini ko'rib, 
uni afv qildi va unga tasannolar aytdi.
C) Xulqini tarbiya qilgan qiz bola oltinga qimmatli, injuga qadrli 
bir boylikdirki, bu kabi qizlarga barcha orzu qiladi.
D) O’sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib, shon-u 
shuhrat taratib, o‘qituvchilarimni, Otajon Azizovichni hayratda 
qoldirish niyatida safarga otlandim.
12. Ikki o'rinda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud bo‘lgan 
gap(lar)ni aniqlang.
1) Unga ming bir mushkul dardning A’yon bo’lib da’vosi, Bora-
bora odamlarning Ortaverdi ixlosi.
2) Fildek zo’r bo‘lsang-u she’rdek urishqoq, Nazdimda, jangdan 
sulh ming bor abzalroq.
3) Xira ko’zlar bilan sur’atga boqdi, U hamon o’shanday, 
sukutda hamon.
A) 1, 2 В) 3 C) 2, 3 D) 1
13. Vatan xoinlari hech qachon kechirilmas. Bu xoinlikning eng 
og‘ir gunoh sanalishini unutmang. Ushbu gapda tovush 
o‘zgarishi ro‘y bergan so‘z(lar)ning sintaktik vazifasini toping.
A) kesim B) to‘ldiruvchi va kesim C) to`ldiruvchi D) hol
14. Mashrab va bu shoirning asarlari bir-biriga hamohang edi. 
Berilgan gapda tobe bog‘lanishlar miqdori nechta?
A) 7 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta
15. Berilgan otlardan qaysi biri payt mazmunini ifodalaydi? 
A) toshkentlik B) bahor C) gul D) yaxshilik
Majburiy fan. Ona tili. Variant-31 
1.Qaysi javobda zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gap 
berilgan? 
A) Goh uyiga keladi, goh ishxonada tushlik qiladi. 
B) Zamira idishlarni tushirib yubordi, biroq Jasur bunga parvo 
ham qilmadi. 
C) Akang nega bunday qilayotganini sen bilmaysanmi yo senga 
ham aytmadimi? 
D) Eshik biroz ochildi-yu, xonaga sovuq shamol kirdi. 
2. “Ertaga singlingning o’g’li kasalxonadan chiqarkan, xola 
bo’lib bunday bir xabar olib borishga ham yaramaysanmi?!” 
Ushbu gapda nechta tovush tushishi hodisasi yuzaga kelgan? 
A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta 
3. 
Zomonlarda, saroyga, podishoh, karvonboshilar, kuzatip, 
badavlat, sovdagarlari, ichkarga, solig‘, deqqon, sabzovot, 
harsang, itora boshladi, shoxdan, a’zoi badani. 
Ushbu so’zlardan nechtasi noto’g’ri yozilgan? 
A) 7ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta
4. Qaysi qatorda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud emas? 
A) Kecha shubaga borib keldim, majlis ko’ngildagidek o’tdi. 
B) “Bobur” so’zining ma’nosi “she’r” degani… 
C) Bu ishingiz nur ustiga alo nur bo’ldi. 
D) Nimasiga tushunmaysiz, hamma rejalaringiz ularga a’yon 
bo’lgan, siz esa tuzoqqa tushgansiz! 
5. Qaysi qatorda yasama shaxs otlari berilgan? 
A) Abdulaziz, Go’zalbegim 
B) Beshiktervatar, xattot 
C) O’qituvchi, musofir 
D) Misgar, darvozabon 
6. Faqat jarangli til oldi undoshlaridan iborat so’zlar berilgan 
qatorni toping. 
A) Noila, Durdona 


Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 
20 
B) Mayna, larza, vafodor 
C) Allaqanday, dovdir 
D) Landavur, diltortar 
7. Qaysi qatorda majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan? 
A) Mening idishimdagi lag’mon bir tekis qilib cho’zilgandi. 
B) Bu boradagi hamma ishlar elektronlashtirilgani juda yaxshi 
bo’ldi. 
C) Ishdan kech kelgani yetmagandek bir boshdan yana bezandi. 
D) Derazaning ko’zi nima uchundir bo’yoq bilan bo’yalganiga 
hayron bo’lib turardi. 
8. Sonning qaysi ma’no turi chiqish kelishigi qo’shimchasi 
yordamida hosil qilinadi? 
A) Chama son B) Kasr son 
C) Dona son D) Taqsim son 
9. Qaysi javobda antonim so’zlar berilgan? 
A) ota-ona B) bahaybat – mitti
C) oy-quyosh D) kitob-daftar 
10. Bo’lishsizlik olmoshi qatnashgan sodda gap berilgan qatorni 
toping. 
A) U hech kimnikiga bormasdi, shuning uchun tanishlari kam 
bo’lsa kerak. 
B) Hech qachon menga bunday ohangda gapirmang, garchi olim 
bo’lsangiz ham! 
C) Bu masala bo’yicha har kim o’z fikrini ochiq bayon etishi 
mumkin. 
D) Sening kasofating ila mana bugungi bayram hech kimga 
tatimadi. 
11. Qaysi javobdagi birliklarning barchasi teng 
bog'lovchi vazifasida kela oladi?
A) -u, xuddi, hamda, agar 
B) -yu, chunki, bilan, na . . . na 
C) -ku, ammo, toki, yo .. . yo 
D) -da, balki, ham, bilan 
12. Sening bu ishlaringdan o’zingdan o’zga boxabar emas deb 
o’ylashing senga katta falokat olib kelishini o’ylab ko’r. Ushbu 
gapdagi olmoshlarning turlarini toping. 
A) Kishilik, o’zlik 
B) Belgilash, kishilik, gumon 
C) Bo’lishsizlik, ko’rsatish, o’zlik 
D) O’zlik, kishilik, ko’rsatish 
13. Men… u haqidagi xabarlar… aytmasligingiz… siz… o’tinib 
so’raganim esingiz… chiqdimi?! Nuqtalar o’rnida qaysi kelishik 
qo’shimchalari keladi? 
A) Jo’nalish, chiqish, tushum, qaratqich, chiqish 
B) Jo’nalish, tushum, tushum, chiqish, chiqish 
C) Tushum, chiqish, jo’nalish, chiqish, chiqish 
D) Chiqish, tushum, tushum, jo’nalish, chiqish 
14. Qaysi qatorda metonimiya usulida ma’no ko’chishi yuzaga 
kelgan? 
A) Bizning uyimiz olti tomdan keyin keladi, to’g’riga 
ketaverasiz. 
B) Ostonangizga tuyoq kirmaganiga ancha bo’lib ketdimi 
deyman… 
C) Qishgini topshirganimdan keyin uyga ketaman, tamom. 
D) Negadir mazam qochib, ko’z oldim qorong’ilashib ketdi. 
15. Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni toping. 
A) Baland, sho’x, qo’lansa 
B) Badbo’y, shilimshiq, nordon 
C) Sho’r, achchiq, badbo’y 
D) Shirin, xushta’m, chuchuk 
Majburiy fan. Ona tili. Variant-32 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling