Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
ashaddiy dushmani Ahmad Tanbal... yon bosishi mumkin
emasday tuyilardi. Nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo'shimchalari qo'yilishi kerak? A) 2 o’rinda tushum, 1 o’rinda o’rin-payt B) 1 o’rinda qaratqich, 1 o’rinda tushum, 1 o’rinda jo’nalish C) 2 o’rinda qaratqich, 1 o’rinda jo’nalish D) 2 o’rinda tushum, 1 o’rinda qaratqich 11. Meniki-seniki deb tortishib, necha marta burni qonadi hamki, og‘zini tiyolmadi. Ushbu gapda necha o‘rinda fonetik o‘zgarish kuzatilgan? A) 3 B) 6 C) 4 D) 5 12. Qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi? A) su..bat, ..il-..il B) no‘..at, ..ayot C) ba..t, ogo.. D) ..il-..il, sho‘… 13. Quyidagi gaplarning qaysi birida ham affiksatsiya, ham kompozitsiya usulida yasalgan sifatlar ishtirok etgan? A) Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh bo‘ladi. B) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‘oyalar bilan uyg‘unlashib ketgan. C) Samig‘ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam. D) Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. 14. Qaysi gapda ma’nosi metonimiya usulida ko‘chgan so’z o‘rin holi vazifasida kelgan? A)Orzu kemalari xayol dengizi tomon y o ‘l oldi. B )O‘lkamizda tun o ‘z o'rnini tongga bo‘shatib berdi. C)Yakshanba kuni “Bobur”ga aylangani bormoqchimiz. D)Men "Gulliveming sayohatlari"ga juda qiziqib qoldim. 15. Qaysi so’zning paronimi ot so‘z turkumiga mansub emas? A) ganch B) afzal C) adl D) xiyla Majburiy fan. Ona tili. Variant-36 1. Tarkibida faqat til oldi undoshlari bo‘lgan qo‘shma sifat qaysi gapda mavjud? A) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‘oyalar bilan uyg‘unlashib ketgan. B) U juda shirinsuxan odam ekan. C) Qo‘shiqning diltortar navolari hammani o‘ziga rom qildi. D) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag‘ishlaydi. 2. Nutq madaniyligi buzilgan gapni belgilang. A﴿ Istiqloling muborak, jonajon O‘zbekiston! B﴿ Aylanma shamolga nisbatan o‘zbek tilida quyun, uyurma va girdbod so‘zlari qo‘llanadi. C﴿ Otning jilovini siltab, tezlashini qistadi. D﴿ Birida bo‘lmagan o‘nida ham bo‘lmaydi. 3. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) manfaat, tomom, badiy B) taasurot, tamon, badiiy C) taalluqli, navbat, tamom D) taaluqli, tomon, baxr 4. Paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud gapni toping. A) Asl maqsadingizni ayting. B) Amringizga muvofiq keldim. C) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. D) Adl teraklar qishloqning husniga husn qo‘shadi. 5. Qaysi gapda olmosh ega vazifasida kelgan? A) Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor sitam, zorlik menga. B) Dildoraning bari gaplari haqiqat edi. C) Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o‘tarkanman, allanima baloga turtinib ketdim. D) Hamma o‘z jigarini qidiradi. 6. “Xato qilyapsiz!” murojaati ijobiy ma’noda qo‘llangan qatorni toping. A) Siz yanglishyapsiz. B) Fikringiz mutlaqo noto‘g‘ri. C) Noo‘rin gapirmang. D) Haqiqatdan juda uzoqlashyapsiz. 7. Sulton Mahmudning qiyofasidan obro ‘li, martabali zot ekanini fahmladi. Ushbu gapdagi sifatlarning antonimi ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Ko‘p o‘tmay Abdurahmon madrasa ahli orasida ham beobro‘ bo‘lib qoldi. B) Bu muloyim tog‘ yigitining o‘sha kungi so‘zlari beozor qizning yuragida tug‘yon qo‘zg‘adi. C) Yo‘ldan urdi qaysi bir makkor? Ochig‘ini so‘zlagil, beor! Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 23 D) Tun bo‘yi beorom to‘qiganim ul - tivit ro‘mol emas, kechir, onajon. 8. Kelishik qo‘shimchalari xato qo‘llangan gapni aniqlang. A) Biz xazinadan odamlarga ulashaylik, ular shahar, qishloqlardan ko‘chatlar keltirishsin. B) Shahrimizni bir chetida yer ajrataylik, o‘sha yerga mevali ko‘chatlar o‘tqazaylik. C) Maxsus bog‘bonlar qo‘yaylik. D) Bog‘ mevaga kirgach faqir-miskinlarni chaqirib, ana shu mevalardan berib turaylik. 9. Uyushiq bo‘lak ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang. A) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. B) Olam keng, ellar ko‘p, yurtlar beshumor. C) Reja bajarilsa, dasturxon mo‘l bo‘lsa, yor-u do‘st, birodarlar qalin bo‘lsa, tantanalar qichgacha davom etadi. D) Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. 10. Vazifadosh bog‘lovchilar berilgan qatorni aniqlang. A) yo, hamda, yoxud, ba’zan B) xolos, bilan, ham C) -da, balki, ham, bilan D) bilan, goh, dam, va 11. Hozirgi yoshlarga aytar so‘zimiz // o‘tgan ajdodlarimizga munosib farzand bo‘ling. Ushbu gapda // belgisi o‘rnida qaysi tinish belgisi ishlatilishi lozim? A) tire B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) vergul 12. Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan? A) bezak, ziynat, hasham B) yov, g‘anim, yomonlik C) g‘azab, qahr, jahl D) sal, picha, ozgina 13. Otli so‘z birikmalari berilgan javobni aniqlang. A) asilzoda yigit, gul ekmoq B) dongdor qahramon, jigar-bag‘ri xun C) a’lo kayfiyat, ko‘ngli yarim D) azim shaharlar, yengil harakat 14. Qaysi javobda yuklamaning bir ma’no turi qo‘llangan? A) U xuddi otasiga o‘xshab gapiradi, hatto yuzi ham o‘xshaydi. B) Bu holat bahorda ham bilinmaydi, faqat yozda bilinadi. C) Qarshiligi-ku shundoq ham ko‘rinib turibdi! Axir sezmayapsizlarmi? D) Shu bugunoq borib hammasini aytib berishga ham tayyor edim. 15. Qaysi gaplar juftligida berilgan -siz shaxs-son qo‘shimchasi har ikki o‘rinda ko‘plik ma’nosini ifodalab kelgan? A) Nimaga bitta o‘zingiz turibsiz, qolgan yigirlar qani? Oyijon, bugun siz ham borasizmi, iltimos, bora qoling. B) Nimaga qarab turibsiz, hammangiz o‘z ishingizni davom ettiring. Shunaqa ham uxlaysizmi, turinglar, tush bo‘lib ketdi-yu. C) Kech bo‘lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, endi ketasiz. Akramjon, siz hammani yig‘asiz, keyin birga jo‘naymiz. D) Hozir mana сbu rasmni chizasiz, o‘g‘lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to‘ldiramiz. “Siz ham menga juda yoqasiz”, - dedi ustoziga. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling