Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-37
1. Qaysi gapda bir kishi haqida gap ketgan? A) Uning, nishonlik hamkasbning bittadan “Cobalt”i bor. B) Uning, nishonlik hamkasbning, bitta “Cobalt”i bor. C) Rustam akaning, nevropatalogning uylari o‘rtasida bizning hovli joylashgan. D) Rustam akaning va nevropatalogning uylari oralig‘ida bizning hovli joylashgan. 2. Zidlov bog‘lovchisi vazifasidagi bog‘lovchi vosita qaysi qo‘shma gap qismlarini bog‘lagan? A) “Kungaboqar” bir nechta ma’noli qismlarga bo‘linadi-yu, urg‘usi bitta bo‘ladi. B) “Qasddan” ma’noli qismlarga bo‘linmasa−ravish, bo‘linsa−ot. C) O‘qish emas, balki uqish kerak. D) Bordim-u, tezda qaytdim. 3. Dushmaningga yengilganing uning …ligidan emas, sening …ligingdan dalolatdir. (U. Xayyom) Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni tanlang. A) baxil-xasis B) kam-ko‘p C) dono-nodon D) go‘zal- xunuk 4. Hayotni qiyin deysiz-ku, ammo bugungi ishni ertaga qo‘ymang; oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi… Ushbu murakkab qo‘shma gap bo‘yicha to‘g‘ri fikrni toping. A) Egali va egasiz gaplar qatnashgan. B) Egasi ma’lum, egasi umumlashgan, egasi noma’lum gaplardan hosil bo‘lgan. C) Egasi ma’lum, egasi umumlashgan gaplardan hosil bo‘lgan. D) Atov va so‘z-gaplardan hosil bo‘lgan. 5. Jichcha quying, azizim, kelgan, ketgan bo‘lsa, yaxshi bo‘pti. (Sh. Xolmirzayev) Ushbu gapning funksional bo‘yog‘i qaysi so‘z(lar) yordamida aniqlanadi? A) yaxshi B) azizim C) kelgan, ketgan D) Jichcha, bo‘pti 6. Qaysi gapda otli birikma mavjud emas? A﴿ Tikansiz gul, sadafsiz dur, masbaqqatsiz hunar bo‘lmas. (Mashrab) B﴿ …Tulki o‘rmonda bir daraxt kesuvchi odamga ro‘para keladi. C﴿ Dadamning yig‘laganini hamon esimdan chiqarmaganman. D﴿ Tuzli suv bilan og‘izni chay. 7. Agar dardni sezayotgan bo‘lsangiz, demak, tiriksiz. Agar boshqalarning dardi uchun joningiz achiyotgan bo‘lsa, demak, … siz. (L. Tolstoy) Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. A) Rahmdil. B) Dardkash. C) Inson. D) Do‘st. 8. Quyidagi so‘zlardan qaysi biri faqat badiiy uslubga tegishli? A) Nigoh. B) Boqish. C) Qarash. D) Nazar. 9. Qaysi sinonimik qatorda „ortiqcha“ so‘z bor? A) Bemahal, bemavrid, bemalol, bevaqt B) Cho‘loq, oqsoq, lang C) Sarf, chiqim, xarajat, xarj D) Chora, iloj, tadbir, imkon, ep, yo‘l, amal 10. Fikrat – daryo, g‘aflat ko‘lmakdir, Daryo – hayot, ko‘lmak o‘lmakdir. Ushbu fikr muallifini aniqlang? A) Abdurauf Fitrat B) Erkin Vohidov C) Abdulla Oripov D) Abdulla Avloniy 11. Kuzdagi boychechak. Ushbu birikmada qanday moslik buzilgan? A) uslubiy moslik B) mantiqiy moslik C) grammatik moslik D) leksik moslik 12. Qaysi gapda so‘zlar bog‘lanishidagi moslik buzilgan? A) Titroqni bosishga chiranganidan peshanasi va yuzlarida sovuq ter tomchilari paydo bo‘ldi. B) Momoqiz o‘rog‘ini yerga qadab, ro‘molini boshiga yelvagay qilib o‘radi. C) Zarkosani etaklari ancha tekis, yilqilarni yozda boqish uchun juda bop yaylov edi. Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 24 D) U o‘ziga kelganida mashinaning qizil chiroqlari uzoqlashgan,yo‘l chekkasida to‘plangan odamlar ketgan 13. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘yib gapni to‘ldiring. Jigarrang jemper kiyib, kichkina qora sherst ro‘moli… dahani… bog‘lab olgan novcha, qotma bir ayol ostona… kira solib u bilan quchoqlashib ko‘rishdi A) -ning, -ni, -dan; B) -ni, -dan, -dan; C) -ni, -ga, -dan; D) -ga, -ni, -dan; 14. Ayoz kambag‘al, biroq shirinso‘z, baodob yigit edi. Shu gapdagi shirinso'z so‘zning zidi ishtirok etgan javobni belgilang. A) Maorif mudiri Xizirov Elmurodning talabiga qarshi qo‘pol gapirdi. B) Yo‘lchi yerning tosh bag‘rini yorib, to‘nka qo‘poradi. C) Shirin so‘z – qaymoqli ayron. D) Go‘ringda to‘ng‘iz qo‘pkur zolim mingboshi ikkita qilichday bolamni mardikorga jo‘natdi. 15. Sulton Mahmudning qiyofasidan obro‘li, martabali zot ekanini fahmladi. Ushbu gapdagi sifatlarning antonimi ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Ko‘p o‘tmay Abdurahmon madrasa ahli orasida ham beobro‘ bo‘lib qoldi. B) Bu muloyim tog‘ yigitining o‘sha kungi so‘zlari beozor qizning yuragida tug‘yon qo‘zg‘adi. C) Yo‘ldan urdi qaysi bir makkor? Ochig‘ini so‘zlagil, beor! D) Tun bo‘yi beorom to‘qiganim ul – tivit ro‘mol emas, kechir, onajon. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling