Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin
16 12. Quyidagi gaplarning qaysi birida tinish belgisi bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan? A) Shuni yozgan yigitni bir ko’rarmikanman?! B) Agar ko’pni ko’rgan Kolizey g’ishtlaridan bir bo’lagini olib quloqqa tutsangiz, bu yerda bo’lib o’tgan tantanalar, gladiatorlarning buqa bilan olishuv paytidagi shovqin-suronlarni, odamlarning hayqiriqlarini eshitarmikansiz? C) Ukaginam bitta choy damlab kelmaysanmi? D) Ma’lum bir nuqtada ilm ko’chasidan burilmaganlarida edi, ayni fursatda qaysi bir ilmiy kengashda davrning muhim ilmiy muammosi bo’yicha bahs yuritgan bo’larmi edilar? 13. Berilgan gaplarning qaysi birida imloviy xatoga yo’l qo’yilgan? A) Kelmoq ixtiyor bilan, ketmoq ijozat bilan. B) Mehmon izzatda, mezbon xizmatda. C) Mehmonxonang tor bo’lsa ham, mexri diling keng bo’lsin. D) Suhbat sevmagan tegirmon qurdirar, mehmon sevmagan bo’lasini urar. 14. Qaysi gapda til oldi undoshi tushirib qoldirilgan? A) Eling senga cho’…sa qo’l, unga doim sodiq bo’l. B) Yurt boshiga ish tushsa, er yigit …ozir bo’lar. C) Xalq bor yerda …aqlik bor. D) El boqsa, ba…ting kular, el boqmasa, taxting kular. 15. Qaysi so’zda harfiy birikma qatnashgan? A) hissiy B) Is’hoq C) qadr D) akangiz Majburiy fan. Ona tili. Variant-25 1. kitob, do’stlik, sarf so’zlarida… A) jarangli undoshlar mavjud emas B) jarangsiz undoshlar mavjud emas C) til undoshlari mavjud emas D) chuqur til orqa undoshlari mavjud emas 2. Ikkinchi bo’g’iniga nisbatan birinchi bo’g’inida tovushlar miqdori kam bo’lgan so’zlarni belgilang. A) do’stlik, miting B) ingliz, ishchan C) kitob, qalbi D) ko’nglim, singil 3. Hamma nopok, hamma egri, yolg’iz siz to’g’ri. (O.Yoqubov) Ushbu gapda ochiq bo’g’inga oid so’zlar necha marta qatnashgan? A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 4. Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Mazkur gapdagi ikki nuqtaning ishlatilishi qaysi javobda to’g’ri izohlangan? A) qo’shma gap qismlari bir-birini izohlab kelgani uchun ikki nuqta qo’llanilgan B) umumlashtiruvchi bo’lak uyushiq bo’laklardan oldin kelgani uchun ikki nuqta ishlatilgan C) berilgan gaplarda ikki nuqta noo’rin qo’llanilgan D) birinchi gapning kesimiga ikkinchi gap tomonidan aniqlik kiritilgani sabab ikki nuqta ishlatilgan 5. Berilgan topishmoqlarning qaysi birida burun tovushi bilan bog’liq tovush o’zgarishi kuzatiladi? A) Temir qo’rg’on ichida qizil toychoq o’ynaydi. B) Bashi taroq, dumi o’roq. C) Besh aka-uka bir quduqqa tosh otar. D) Yetti tuynukli gumbaz, Shundan xabar ber, O’lmas. 6. Men insoniy axloqning asl mohiyatini anglab yetdim. Berilgan gapda nechta so’z birikmasi mavjud? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta 7. Berilgan so’z yasovchi qo’shimchalardan qaysi biri ot va sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanmaydi? A) –li B) –ch C) –don D) –a 8. Qaysi gapda ega uyushib kelgan? A) Noma va arizalarning ba’zisi mirzo, muftilarga havola qilinar edi. B) Haqiqiy olimning so’zi, o’yi, fikri va ishi bir xil bo’ladi. C) Yutib chiqish uchun ot chopqir, zotdor bo’lishi va yaxshi toblanib sovitilishi; chavandoz usta, epchil bo’lishi keraK. D) Qor sovug’i qo’llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab tursa-da, menga juda yoqimli tuyuldi. 9. Hokim so’zi ko’chma ma’noda qo’llanilgan so’z birikmasini aniqlang? A) temir intizom B) tuzsiz she’rlarim C) qaynoq fikrlar D) olimning olami 10. Ravish ishtirok etmagan gapni aniqlang. A) Hali Vali, Soli sholi o’rdi. B) Erkin ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. C) Nor narvondan narida. D) Tushdan keyin keldim. 11. Quyidagi javoblarning qaysi birida so’z qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolik yuz bergan? A) Birinchi xodim bilan yondosh yo’lga chiqqan ikkinchi xodim masalaga o’zgacha yondashdi. B) U qaytganida bergan ma’lumot quyidagicha edi: “Biz oyoq abzali tikamiz”. C) Ancha yillar avval nufusi baland bir fabrikaning direktori ikki xodimini Afrika bozorlarini o’rganish uchun yubordi. D) Topgan poydamizdan ham judo bo’lmaylik. 12. G’urub yong’ini qoplar, Samo yuzi anordek, Bulutlar atlas kabi… Ushbu parchadagi ajratib ko’rsatilgan so’zning ma’nodoshi qaysi javobda to’g’ri keltirilgan? A) zamin B) osmon C) bulut D) dengiz 13. Quyida berilgan juftliklarning qaysi birida shakldosh so’zlar ishtirok etmagan? A) Tohir Malikning o’zga sayyoraliklar haqida yozgan asarlari ko’pchilikka ma’lum. Bolada boyagi qo’rquvdan asar ham qolmadi. B) O’ng qo’li bilan asta peshanasidagi terni artdi. Abdurahim pishgan qirmizi olmalarni savatga terdi. C) Koinot bizga o’z sirlarini ochmoqda. Boshqa sayyoradan kelgan sirli mehmonlarning kosmik kemasi kumushsimon sir bilan qoplangan edi. D) Ahmad o’zga sayyoralik – yot odamlarga termilib qoldi. Ominaxon darslarini tayyorlab bo’lgach, o’zi uchun yot bo’lgan unsurlar haqida bayon etuvchi kitob mutolaasiga berildi. 14. O’zaro antonimlik hosil qilmagan so’zlar juftligini aniqlang. A) ilg’or – qoloq B) oldingi – burungi C) tez – sekin D) o’tmish – kelajak 15. Iboraning ma’nosi noto’g’ri izohlangan javobni aniqlang. A) ko’zini bo’yamoq – aldanmoq B) o’takasi yorilmoq- qo’rqmoq C) ko’zi to’rt bo’lmoq – intizoq bo’lib kutish D) og’zidan bol tommoq – shirinsuxan bo’lmoq Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling